Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni oila va oila a`zolarini hurmat qilishga o`rgatish, insoniylik fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning bog`lanishli nutqini mustaqil fikrlash va o`z fikrini izchil bayon qilish ko`nikmasinirivojlantirish.
Darsning turi: Mustahkamlash darsi.
Darsning metodi: Suhbat, “Muzyorar”, “5-ortiqcha” ta`limiy o`yini.
Darsning jihozi: Mavzuga mos rasm, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
O`quvchilarning darsga tayyorgarligi va sinf tozaligini nazorat qilish.
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga brrilgan 329- mashq sharti asosida tekshiriladi. O`quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar tahlil qilinadi, eng mazmunli tuzilgan gap egasi rag`batlantiriladi.
“5- ortiqcha” ta`limiy o`yini. O`qtuvchi so`z turkimini takrorash maqsadida o`tkazadi.
Namuna: So`z turkumlari qatoridagi so`zlardan bitta ortiqchasini toping.
1. Maktab, kitob, kundalik, keldi, bola. (Ot)
2. Chiroyli, moviy, qizil, ikkita, shirin. (Sifat)
3. O`quvchi, to`rtta, beshinchi, yuzta, o`nta. (Son)
4. Bordi, keldi, o`tirdi, uxladi, chiroyli. (Fe`l)
O`quvchilar javobi umumlashtiriladi va rag`batlantiriladi.
Husnihat daqiqasi:
“ J ” harfi yozdiriladi. Javlon, Jasur, Jannat kabi so`zlari yozdiriladi. Jiblajibon- chiroyli qushcha. Kabi gaplar o`quvchilarga yozdiriladi.
III. Mustahkamlash.
-Oila deganda nimani tushinasiz ?
-Oilada kimlar yashaydi?
“ Muzyorar” ta`limiy o`yini.
Bunda o`quvchilar oila a`zolarining nomini ketma-ketlikda aytadilar.
Namuna: 1- o`quvchi: Bobo,
2- o`quvchi:Bobo, buvi,
3- o`quvchi: Bobo, buvi, ota,
4- o`quvchi: Bobo, buvi, ota, ona,……
Darslik bilan ishlash. O`quvchilar 330- mashq shartini o`qiydilar va matndan nima qildi? nima qiladi? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlarni topadilar.
BIZNING OILA
Oilada besh kishi turamiz. Otam, onam, ukam, singlim va men.
Otam zavodda muhandis. Onam maktabda o`qituvchi. Men 3- sinfda o`qiyman.Qodirjon bog`chaga boradi. Men darsdan keyin uy ishlariga yordamlashaman. Gulnora gullarga suv quyadi. Onam xursand bo`ladilar.
O`quvchilar berilgan savollarga yozma javob beradilar.
1.Oilada necha kishi turasiz?
2.Oilangizdagilar nima ish qiladilar?
3.Siz uy ishlariga qanday yordam berasiz?
Darslikdagi 331-mashq sharti o`qituvchi tomonidan tushintiriladi.
Rasm yuzasidan suhbat o`tkaziladi.
-Rasmni diqqat bilan kuzating
-Rasmda kimlar tasvirlangan?
-Siz ularni qanday oila deysiz? Nima uchun?
O`quvchilar javobi umumlashtiriladi. Insho muvaffaqitatli bo`lishi uchun quyidagi izchillikda ish olib boriladi:
a) rasmni diqqat bilan kuzatish;
b)rasmning oldi, o`rta va orqa qisimlarida nimalar tasvirlnganini aniqlash;
d) voqea hodisa tasvirlanayotgan joyni tasvirlash;
e) ishtirok etuvchilarga ism qo`yish;
f) ishtirok etuvchilarning xatti-harakatini tasvirlash;
g) xulosalash;
Rasm asosida o`quvchilar bilan birgalikda reja tuziladi va reja asosida qayta hikoya qildiriladi.Rasm asosida tuzgan hikoyalariga sarlavha topib insho yozadilar.
Namuna: “Ahil oila”, “Mening baxtli oilam”.
Reja:
1.Mening oilam.
2.Kechki dasturxon atrofida.
3.Oilam bilan faxrlanaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |