Boshlang’ich sinf ona tili darslarida grafik organayzerlardan foydalanish



Download 374,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana20.04.2022
Hajmi374,7 Kb.
#565632
1   2
Bog'liq
2019-29-03 17-54-52 Sirinov Muzaffar Kucarovic

shkolanauki.ru
 
 
 
 
4-sinfda: Gapdagi otlarni toping va jadval asosida tahlil qiling. 
Boshingga qilich kelsa ham, to'g'ri so'zla! (Maqol) 
Bu kabi mashg’ulot turlari dars vaqtini tejash bilan bir 
qatorda bir qancha qulayliklarga ham ega. Jumladan, undan 
darsning kirish qismida o’tgan mavzuni takrorlash yoki 
mavzu yakunida uni mustahkamlash uchun, shuningdek, 
nazorat ishi sifatida foydalanish mumkin. Yana bir 
ahamiyatli jihati shundaki, o’qituvchi bir qolipdan bir necha 
bor, hatto, yil davomida ham foydalanishi mumkin. Buning 
uchun tahlilga beriladigan materialni o’zgartirishning o’zi 
kifoya. O’quvchiga bir-biridan farqlanuvchi turli materiallar-
ni berish esa topshiriqning o’zaro ko’chirilib bajarilishiga 
(ayniqsa, yonma-yon o’tiruvchi o’quvchilarga) imkon 
qoldirmaydi va o’quvchilarda mustaqil fikrlashni yanada 
oshirishga xizmat qiladi. Real natijalar olinadi. Ushbu 
mashg`ulot turi o’zida ta’lim jarayonida qo’llanuvchi induksi-
ya, diduksiya va analogiya metodlarini bir vaqtda jamlay 
oladi. Chunki, grafik organayzerlarni bajarish jarayonida 
o’quvchi o’rgangan qoidalarini amalda qo’llaydi (diduksiya), 
tahlil jarayonida umumiy xulosalar chiqaradi (induksiya), 
misollardan o’zaro o’xshash jihatlarini aniqlaydi (analogiya). 
Odatda, maktab darsliklarida takrorlash va mustahkam-
lash uchun mashqlar aynan bir qoidaning o’zlashtirilishi 
uchun beriladi. Bir qoida uchun ma’lum miqdorda mashqlar 
berilganidan keyingina navbatdagi qoida uchun yangi 
turdagi mashqlar berila boshlaydi. Grafik organayzerlarda 
esa o’quvchi o’ziga xos kombinatsiya tashkil qilgan qoida-
larga duch keladi. Qoidalarni bir-biridan aniq farqlay 
boshlaydi. Bunda ma’lum bir mavzu yuzasidan berilgan 
qolipda so’ralgan narsalarni boshqa mavzular uchun beri-
ladigan jadvallarda uchramasligini kuzatish jarayonida 
o’quvchi, hatto, topshiriqni noto`g`ri bajarganida ham qanday 
xususiyat nimaga tegishli bo’lishi mumkinligini aniq biladi. 
Qoidalarni bir vaqtda amalda har doim ham to’g’ri qo’llay 
olmasligi mumkin, lekin ularni chalkashtirib yubormaydi. 
Jadvalni to’ldirish jarayonida o’quvchi barcha qoidalardan 
birday foydalanadi. Berilgan matn tarkibidan qolipga joy-
lashtirish lozim bo’lgan so’zni topishning o’zidayoq 
darsliklardagi mashq turlaridan birini bajargan bo’ladi. 
Grafik organayzerlar bir qarashda o’ziga xos klasterga yoki 
variantli test topshiriqlariga ham o’xshaydi. Birinchi sinfdan 
boshlab ushbu topshiriq turining sodda ko’rinishlarini ishlab 
o’rgangan o’quvchilar bilan yuqori sinflarda ishlash 
o’qituvchi uchun ancha oson kechadi. Chunki, ular olgan 
bilim va ko’nikmalarini oson, tez va to’laroq eslaydilar va 
xotiralarida tiklaydilar. 
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan qator qulayliklari hisobga 
olinib hozirda boshlang’ich sinf ona tili darsliklaridagi barcha 
mavzularni o’z ichiga qamrab olgan grafik organayzerlar 
majmuasini ishlab chiqish yuzasidan izlanishlarimiz davom 
etmoqda. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. T.G‘afforova, E.Shodmonov, X.G‘ulomova. ONA TILI. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. 
“SHARQ” Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, Toshkent, 2013-yil.
2. K.Qosimova, S.Fuzailov, A.Ne’matova. ONA TILI. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. Cho’lpon 
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2012-yil. 
3. S.Fuzailov, M.Xudoyberganova, Sh.Yo’ldosheva. ONA TILI. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik. 
“O’QITUVCHI” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2012-yil. 
4. R.Ikromova, X.G’ulomova, Sh.Yo’ldosheva, D.Shodmonqulova. ONA TILI. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 4-sinfi 
uchun darslik. “O’QITUVCHI” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2013-yil. 
5. U.Masharipova, H.Boqiyeva, Z.Umarova, M.Aripova. Ona tili va uni o‘qitish metodikasi. Toshkent, 2013-yil. 
6. M.Asqarova, R.Yunusov, M.Yo‘ldoshev, D.Muhamedova. O‘zbek tili praktikumi. “IQTISOD-MOLIYA” nashriyoti, 
Toshkent, 2006-yil.

Download 374,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish