Bog'liq Ta`limning interaktiv metodlaridan foydalanish.
Boshlang'ich sinf matematika darslarida interaktiv metodlardan foydalanish. Reja: Ta`limning interaktiv metodlaridan foydalanish.
Ta`limiy o’yinlar (rolli, maqsadli va bilim beruvchi o’yinlar).
Ta`limning interfaol metodlaridan foydalanish.
O‘quvchilarni matematika kursini o‘rganishga tayyorlash.
TA`LIMNING INTERAKTIV METODLARI Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri bu - interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan o’quvchilarni fikrlashga undaydi.Kerakli xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi.O’qituvchining asosiy vazifasi bu erda o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat. Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o’qituvchi o’quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to’g’ri xulosani aytib o’tib ketadi.Natijada o’quvchi xatosini o’zi tushunib oladi.Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi holatlarning oldini oladi.
Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro hurmatga asoslanadi.O’qituvchi qanday bo’lmasin o’quvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o’quvchilarni bir-birlarini tinglashga o’rgatadi. e`tirozlar, qo’shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo’shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so’zlar orqali bildiriladi.Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o’quvchi o’zini hurmat qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda hech qanday tayziqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi.Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni ham hurmat qilishga o’rganadi.
Interaktiv metodlar o’quvchilarda doimiy faollikni ta`minlaydi.O’quvchilar dars davomida bo’sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo’ladilar.Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. Interaktiv meiodlardan foydalanishda o’qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim.Darsni texnologik loyihalash uchun esa o’qituvchi interaktiv metod strategiyalari va usullari bilan tanish bo’lishi lozim. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta`limtarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu 5 tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir. Zamonaviy dars berish metodlaridan asosiysi “interaktiv” metod bo’lib, hozirda uning chala tarjimasi ko’p hollarda “interfaol” deb yuritiladi, “interaktiv” atamasi aslida inglizcha “interaktiv” so’zidan olingan bo’lib, “o’zaro ta`sirlashish” ma`nosini bildiradi va biror faoliyat yoki metodda o’zaro bahs-munozara, fikrlash asosida faoliyat yoki hamjihatlik bilan hal etish tushuniladi. Ammo biz ayrim o’quv qo’llanmalarini varaqlaganimizda “o’qitishning interaktiv metodlari” termini qo’llanishini ham guvohi bo’ldik. Ta`lim berish jarayoni bevosita o’qitish metodi bilan uzviy bog’liqdir. Metodika sizning qanday texnik vosita yoki kitoblardan foydalanayotganingiz emas, balki sizning ta`limingiz qanday tashkil etilishidadir. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodi ta`lim oluvchi va o’qituvchining o’qitish jarayonidagi o’zaro aloqa shaklidir. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi jarayon aslida o’quvchini u yoki bu bilim ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini ko’rsatib turadi.Agar keng ko’lamda oladigan bo’lsak, o’qitishning birinchi kunlaridan to shu kungacha o’qituvchi va o’quvchi orasidagi keng ma`noda uch xil bog’lanish shakllangan bo’lib, u o’z tasdig’ini topgan. Ko’rinib turibdiki, uslubiy yondashuvda o’qituvchining barcha metodini uch guruhga bo’lishiimiz mumkin:
1. Nofaol metod.
2. Faol metod.
3. Interaktiv metod
Ko’rsatib o’tilgan har bir uslubiy yondashuv o’ziga xos xususiyatga ega. Quyida biz uslubiy yondashuvlarni ko’rib chiqamiz.Shu bilan birga asosiy diqqatimizni o’qituvchining interaktiv usullariga qaratamiz.
Nofaol uslubiy yondashuv-bu o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi bog’liqlik shaklidir. Bunda o’qituvchi darsning asosiy xarakatlanuvchi figurasi hisoblanadi, o’quvchilar esa nofaol eshituvchi sifatida namoyon bo’ladi.Mazkur metod darslardagi tezkari mustaqil savoljavoblarda, nazorat ishlarida, test va boshqa usullarda aks etadi.Nofaol metod o’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirishlaridagi eng samarasiz usul hisoblanadi, lekin uning o’ziga xos ijobiy tomoni mavjud.Bu xildagi darslarga ko’p mehnat talab qilinmaydi.Chegaralangan vaqt oralig’ida katta miqdordagi o’quv 6 materialini topishga imkon beradi. Bu dars turi oliy o’quv muassasalarida keng tarqalgan bo’lib, keng yoyilgan shakli ma`ruzadir.
Faol uslubiy yondashuvda o’qituvchi bilan o’quvchi bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’ladi.Dars jarayonida o’quvchi nofaol tinglovchi emas, balki darsning faol ishtirokchisiga aylanadi.Agar nofaol dars metodida asosiy xarakat qiluvchi figura o’qituvchi bo’lgan bo’lsa, bu metodda o’quvchi va o’qituvchi teng xuquqqa egadir.Nofaol darslar o’qitishning avtoritar uslubiga ega bo’lgan bo’lsa, faol metodlar demokratik uslubga egadir.Faol va interfaol yondashuvlarda esa umumiylik ko’proq ko’zga tashlanadi.Umuman olganda interaktiv metodni ko’proq zamonaviy faol metodlarning shakli sifatida ko’rishimiz mumkin.Faol metodlardan farqli o’laroq, interaktiv metodlar o’qituvchi va o’quvchining o’zaro aloqasini, balki o’qitish jarayonida ularning o’zaro bir-biri bilan faol munosabatda bo’lishlariga yo’naltirilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Quyida biz mazkur metodni atroflicha ko’rib chiqamiz: Interaktiv (“inter”-vzaimniy, “akt”-deystvie-“o’zaro ta`sir” ma`nosini bildiradi) uslubiy yondashuvda o’quvchilar bilish va o’rganish jarayoniga butunlay sho’ng’ib ketadilar, ular o’zlari bilgan va o’ylayotganlari xususida bahslashishilari ham mumkin.Interaktiv darslarda maqsadga erishish uchun etarli zamin yaratadi.O’qituvchi dars rejasini tuzadi (qoida bo’yicha interaktiv mashq va topshiriqlar o’quvchi o’zlashtirayotgan material bilan o’zaro bog’liq bo’ladi).O’quvchilar bajaradigan interfaol darsdagi interaktiv mashq va topshiriqlar uning asosiy tarkibi hisoblanadi.
Oddiy mashq va topshiriqlardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni bajarish jarayonida o’rganilgan material nafaqat mustaxkamlanadi, balki yana yangilari ham olinadi.Shuningdek, bu mashq va topshiriqlar interaktiv yondashuvga mo’ljallangan bo’lib, zamonaviy pedagogikada ham uning boy zahirasi to’plangan, shulardan quyidagilarni ajratib olamiz:
1. Ijodiy topshiriq.
2. Kichik guruhlar bilan ishlash.
3. Ta`limiy o’yinlar (rolli, maqsadli va bilim beruvchi o’yinlar).
4. Jamiyatdagi zahiralardan foydalanish (mutaxassis taklif etish, ekskursiyalar). 7
5. Ijtimoiy loyihalar va auditoriyadan tashqari beriladigan ta`lim metodlari (ijtimoiy loyihalar, radio va gazetalar, fil’mlar, sahna asarlari, qo’shiq va ertaklar).
6. Razminka.
7. Yangi materialni o’rganish va mustaxkamlash (interfaol ma`ruza, ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, video va audio materiallar, “o’quvchi-o’qituvchi rolida”, “har bir kishi har bir kishiga o’rgatadi”), mozayka (ajurali arra) savollardan foydalanish).
8. Murakkab va muzokara talab savol va muammolarni yechish (“fikr maktabi”, “pozitsiyani egalla”, “POPS” loyihalashtirilgan texnikalar, “bir o’zing, ikki kishi birgalikda”, “pozitsiyani o’zgartir”, “karrusel’”, “televizion tok shou uslubida munozara”, debatlar, simpozium).
9. Muammo-yechim (“yechimli daraxt”, “aqliy hujum”, “kazuslar tahlili”, “kelishuvlar va mediatsiya”) va xokozo. Ijodiy topshiriqlar deganda biz shunday topshiriqlarni tushunamizki, bunda ishtirokchilardan nafaqat oddiy axborotni qabul qilish, balki unga ijodiy yondoshish ham talab etiladi.Chunki, berilgan topshiriqlar katta yoki kichik hajmdagi o’rganilmagan elementga qoidaga ko’ra bir necha yondashuvni talab etadi.
Matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o‘quvchilarni umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘yadi.
Umumiy metodika boshlang‘ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy metodlarini o‘rgatadi. Xususiy metodika matematika o‘qitishning asoslangan metodlarini va o‘qitish formalarini, shuningdek o‘quv faoliyatini tashkil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi. Ma’lumki o‘qitish tarbiyalash bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Ushbu metodika o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini o‘rgatadi. Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
1) O‘qitish asosi bo‘lgan matematika bilan;
2) Pedagogika;
3) Psixologiya;
4) Boshqa o‘qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...).
Boshlang‘ich matematika o‘qitish kursi o‘quv predmetiga aylangan. Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasining o‘qitish vazifalari: "Science and Education" Scientific Journal August 2020 / Volume 1 Issue 5 www.openscience.uz 130
1) ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi,
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berishi kerak;
3) o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatishi kerak;
4) ta’limni insonparvarlashtirish;
5) matematika o‘qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o‘zining qadrqimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko‘rsatib beradi;
6) o‘qitish metodikasi I–IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan V–VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog‘lab o‘qitishni ko‘rsatadi.
Boshlang‘ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo‘yilgan “o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasb-hunarga yo‘naltirish, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish” kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat. Shunday qilib, boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika boshlang‘ich kursi matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
2. Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim.
b) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish lozim bo‘ladi; Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madaniyatini to‘g‘rishakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak.
d) o‘quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o‘rgatish.
Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. Boshlang‘ich matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash. "Science and Education" Scientific Journal August 2020 / Volume 1 Issue 5 www.openscience.uz 131 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish,
b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish.
Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan.
d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish. O‘quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak. O‘qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‘quvchilarning o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo‘ljallangan) o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir. Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini "Science and Education" Scientific Journal August 2020 / Volume 1 Issue 5 www.openscience.uz 132 bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi. Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday o‘rgatuvchi mashina o‘qituvchining intuisiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira olmaydi. Shunday qilib, didaktik materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‘qituvchini o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir.
O‘quvchilarni matematika kursini o‘rganishga tayyorlash.
I–IV sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo‘yicha qanday darajada tayyorgarligi borligiga bog‘liq. Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o‘quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o‘quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O‘qituvchi quyidagi tartibda o‘quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi:
1. Nechagacha sanashni biladi?
2. Nechagacha sonlarni qo‘shishni biladi?
3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?.