O‘qituvchi kasbi
O‘qituvchi- kasbi sharafli kasb. O‘qituvchi bizga bilim beruvchi inson. O‘qituvchidan olgan
bilimi bilan inson kelajakda komillik yo‘lini topadi. Buning uchun, albatta, o‘qituvchi berayotgan
bilimni chuqur egallash lozim.
Bilim olib chinakam,
O‘rganamiz harf, raqam.
Hammaga berar ta’lim,
O‘qituvchi -muallim.
Haydovchi kasbi
Haydovchi erta tongdan kun botgunga qadar odamlarni o‘z manzillariga bexatar yetib olishlari
uchun xizmat qiladi. Haydovchi kasbi doim ziyraklik, hushyorlikni talab etadi. Haydovchi mashina,
avtobus, tramvay, yuk mashinalarini boshqaradi.
Mashinada, poezdda,
Tramvayda -temir izda
Ziyrak, mohir haydovchi,
Tashir yuk va yo‘lovchi.
Quruvchi kasbi
Quruvchi – uy va binolar quradi. Quruvchi qurgan uylarda yashaymiz, binolarda o‘qiymiz,
mehnat qilamiz. Quruvchilar qurgan uy, ular mustahkamligi, shinamligi bilan shahrimiz ko‘rkiga
ko‘rk qo‘shadi. Demak, quruvchilik sharafli kasb.
Suvoqchi, g‘isht teruvchi
Tomni yorib beruvchi.
Ko‘p ishlarni biluvchi
Ular bari –quruvchi
Baliqchi kasbi
Baliqchi - baliq mahsulotlarini dasturxonimizga yetkazib beradi. Baliq inson salomatligi uchun
zarur oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi.
Baliqchi fursat kutar,
Baliqchi baliq tutar.
Baliq tutish vaqti bor,
Bunga berar e’tibor.
Tashlar qarmoq yoki to‘r
Ov bo‘lishi uchun zo‘r.
Izlar baliq ko‘p joyni
264
Daryo, ko‘l yoki soyni.
Qayiqda daryo kezar
Yaxshi ov joyin sezar.
O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal
etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o‘zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan
kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar
o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to‘g‘ri
shakllanishiga,kasb-hunar tanlashida, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni
amaliyot ishlab chiqarish bilan bog‘lanishiga zamin yaratadi.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MEHNAT DARSLARIDA APPLIKATSIYA
ISHLARI ORQALI IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
Xodiyeva D.P. – BTP kafedrasi dosenti
Gafforova M. – 3- kurs talabasi, TDPU.
O‘quvchilarni ilk yoshligidan boshlab ona tabiatga qiziqish va muhabbatni, undagi go‘zalliklarni
ko‘ra bilishni tarbiyalash kerak. Tabiiy materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbur
qiladi. Kuzatishlar esa badiiy ijodiy qobiliyatlarni, konstruktorlik g‘oyasini, tushunchalarning
aniqligini uyg‘otadi.
Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini, turli asboblardan foydalanishni
talab qiladi va ularni ishlatish bilim, ko‘nikma, malakalarini beradi.
Turli tabiiy materiallarni to‘plash o‘qituvchi qo‘ygan maqsadga bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar
ko‘rib chiqilgan va batafsil muhokama qilingan yoki o‘zlari uylab topgan tasvir uchun material
to‘playdilar.Va aksincha, avval qandaydir materialni to‘plab, keyin qanday ish bajarishni aniqlashlari
kerak.
Tabiiy materiallarni o‘quvchilar dastlab o‘qituvchi rahbarligida sayr vaqtida to‘playdilar. Tabiiy
materillarni to‘plash jarayonida o‘quvchilar atrofdagi o‘simliklar dunyosi, hashoratlar bilan
tanishadilar, daraxtlar, gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, tabiiy materiallni qachon va qanday
to‘plash va qanday saqlash lozimligini bilib oladilar. Tabiatni qo‘riqlash va unga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lish, uni asrash masalalariga alohida e’tibor berish har bir o‘quvchining burchidir.
Mehnat darslarida tabiiy materiallardan: quritilgan barglar, gullar, poliz ekinlari- qovun, tarvuz,
qovoq urug‘lari, mevalar – olcha, o‘rik, shaftoli danaklari va shu kabilar: baliq tangalari va qanotlari,
jo‘xori va makkajo‘xori sutalari, paxta chanog‘i, yong‘oq po‘sti va shu kabilardan keng foydalaniladi.
Tabiiy materillarni to‘playotgan har bir o‘quvchi tabiiy materiallarni tartibli yig‘ish va tayyorlash
lozimligini bilishi, barg to‘plash jarayonida daraxtlar, butalar shoxini qupollik bilan sindirish, gul va
shu kabilarni uylamasdan to‘plash tabiatga nisbatan vahshiylik ekanligini yodda tutishi lozim.
Gullarni qo‘l bilan sindirib bo‘lmaydi, aks holda poyasi zararlanishi mumkin.
O‘simliklarni to‘plashda gazeta, gerbariy papkasi, qaychi, paxta bo‘lishi kerak. Gazeta
daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib bilan joylanadi.
Quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar har qanday namlikdan holi bo‘lishi kerak, aks holda
o‘simlik quritilganda unda dog‘larning izi qoladi. Quritilayotgan o‘simlikning tabiiy rangini asrab
qolishning eng muhim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, quyosh nurida tez
quritib olishdir. O‘simliklarni quritish 3 sutkadan oshmasligi kerak.
Gerbariy ramkalarida quritish. Gerbariy ramkalarida quritilgan o‘simliklarning ko‘pchiligi
o‘zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda o‘simlik yumshoq qog‘oz yoki gazeta orasiga solib
qo‘yiladi. Har bir varaq qog‘oz va o‘simlik o‘rtasiga yana bir necha qavat qog‘oz yoki gazeta
qo‘yiladi, chunki quritilayotgan o‘simlik o‘zidan namlik chiqaradi. Shundan so‘ng papka ikkita
tursimon ramka o‘rtasiga qo‘yilib, ochiq havoga qo‘yiladi. Agarda havo harorati kechqurun va
kechasi juda pasayadigan bo‘lsa, quritilayotgan o‘simlik issiq va quruq joyga olib qirqiladi.
Pressda quritish. Orasiga o‘simlik solingan qog‘ozlar gerbariy papkasi o‘rniga ikkita faner listlar
o‘rtasiga joylanib, og‘ir narsa bostirib qo‘yiladi. Og‘rilik pressga qancha o‘simlik joylashtirilganiga
265
bog‘lik bo‘ladi. Mayda nozik o‘simliklar kam og‘irlikni va quritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi.
2-3 soatdan so‘ng qog‘oz almashtiriladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi.
Issiq dazmol bilan quritish. Issiq dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar quritiladi.
Qavat-qavat gazeta yoki yumshoq qog‘oz orasiga o‘simlikni qo‘yib, ustidan dazmol yurgiziladi.
So‘ngra ustki qavatidagi gazetani olib, quritilayotgan o‘simlik shamollatiladi va quruq joyga suriladi,
so‘ngra gazeta yopib yana dazmollandi. O‘simlik 2-3 minutda quriydi va u o‘zining tabiiy rangini
yo‘qotmaydi. Agarda quritilgan o‘simlik ko‘tarilganda o‘zining tanasini ushlab tursa, u yaxshi
quritilgan hisoblanadi. Agar u sinib maydalanib ketsa, demak, u ortiqcha quritib yuborilgan
hisoblanadi.
Loy-Loy narsalar yasashdagi asosiy material hisoblanadi, chunki u istalgan joyda topiladi, arzon
va qayishqoqdir. Narsalar yasaladigan loyda boshqa narsalar tosh, qum va shu kabilar bo‘lmasligi
kerak. Chunki ish qo‘lda bajariladi. Shuning uchun ish boshlashdan oldin loyni tekshirib ko‘rish
kerak. Loy shirali va shirasiz bo‘ladi. Shirasiz loyning tarkibida ko‘p qum bo‘lib, unda yopishqoqlik
xususiyati yomon bo‘ladi. Loyni aralashmalardan tozalab, ustiga suv qo‘yib, 5-6 soat saqlanadi.
So‘ngra suvi to‘kib, qo‘lga yopishmaydigan quyuqroq xamir holatiga kelguncha yaxshilab ishlanadi.
Plastilin–narsalar yasashda qo‘llaniladigan materialdir. U sun’iy plastik massa bo‘lib, loydan
hech qachon qurimasligi va doimo ishlatishga tayyorligi bilan farqlanadi. Plastilinning har xil – oddiy
va murakkab turlari bo‘lib uni tayyorlashni bir nechta usullari bor.
Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo‘shib bir turli massa hosil bo‘lguncha
aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanadigan massa qo‘lga yopishmaydigan holatga kelguncha qo‘shiladi.
Ikkinchi variant–quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin qo‘shib, qo‘lga
yopishmadigan quyuq massa hosil bo‘lgancha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq
bo‘yoq massasini qo‘shib va puxta aralashtirib bo‘yash mumkin.
Uchinchi variant -1 qism to‘prog‘iga 1/5 qism ilitilgan mum hamda plastilin qo‘lga
yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qo‘shib aralashtiriladi.
Barglar. Barglar o‘yinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qo‘shimcha material hisoblanadi.
Ular turli shakl va ranglarda bo‘lishi mumkin. Eman daraxtlarning yirik barglarini bolalar kemalarga
yelkan sifatida ishlatishadi. Barglardan kapalak qanoatlari, baliq so‘zgichlarini (bu o‘yinchoqlar
g‘udda va bargdan yasaladi) yasashda qo‘llash mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli bo‘lganida
terish yaxshi.
Darsda foydalaniladigan tabiiy materiallar o‘qituvchi rahbarligida ekskursiya jarayonida
to‘planadi. Ekskursiyani uyushtirishdan oldin bolalarga bo‘lajak ish namunasi ko‘rsatiladi. Bolalar
uni diqqat bilan ko‘rib, mashg‘ulot jarayonida foydalaniladigan tabiiy materiallar ya’ni, bargning
shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so‘ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi.
Ekskursiya yo‘nalishi, tabiiy materiallarni to‘plash uchun mo‘ljallangan joylar aniqlanadi.
O‘quvchilar e’tiborini va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan ob’ektdan mehnat darslarida ishlarni
bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy muhim belgilari, elementlari va xususiyatlarini ajratishga,
to‘planayotgan materialni to‘g‘ri baholashga yo‘llaydigan savollar ro‘yxati tuziladi.
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko‘tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar,
barglar, ularning ranglari, shakllari bolalarni ajablantiradi. Ular tabiatning butun go‘zalligini, uning
ranglarini, to‘kilgan barglar hidi va ular o‘zining elastiklik xususiyatini yo‘qotganligini, qattiqlashib,
sinuvchan bo‘lib qolganligini ko‘radilar.
Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e’tibori
barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda o‘simliklarda sodir bo‘layotgan
ichki jarayonlar qisqa va tushunarli bayon etib beriladi: o‘simlik yangi sharoitlarga moslashib, qish
fasliga tayyorgarlik ko‘rayotganligi bilan tanishadilar.
Bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan qushlar, kapalak, ninachilarga, ularning asosiy
belgilariga jalb qilinadi, Uchib yurgan qushlar ularning tuzilish formalarini mehnat darslarida qushlar
applikatsiyasini tayyorlash uchun to‘plangan barglar material xizmatini o‘tashi to‘g‘risida suhbat
o‘tkaziladi.
O‘quvchilar barglarni to‘plar ekanlar ularning ranglarini, shakllarini qiyoslashni o‘rganadilar, bu
ularning ko‘zatuvchanligi va diqqat qilish qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan
266
barglar oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. SHundan keyin bolalarga
barglarning mehnat mashg‘ulotlarigacha rangini yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday
ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini insonning
yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya oxirida suhbatga yakun yasaladi,
ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga uylarida qushlar
tasviri tushirilgan rasmlarni, su’ratlarni ko‘rishni, ularning tanasi va qanotlarining shakliga, rangiga
alohida e’tibor berish topshiriladi.
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bolalar quritilgan barglardan qush
applikatsiyasini zo‘r ishtiyoq bilan bajaradilar, agarda applikatsiyani o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari
to‘plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi. Bunday dars,
mashg‘ulot quyidagi sxemaga ega bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |