Кўникмалар, -
К.К.Платоновнинг таъкидлашича,-
барча компонентларни ўз таркибига
киритган ҳолда, қуйидаги шароитларда муваффақиятли таркиб топади
:
ўқув фаолияти мақсадини аниқ белгилашда, аниқроғи натижаларга эришишда ҳатти-
ҳаракатлар ва машқ мақсадларига йўналтирилса (машқ жараёнида ҳатти-ҳаракатлар
кўрсаткичига қандай эришишига қаратилса);
фаолият мақсадига йўналтирилган ҳатти-ҳаракатларнинг тўғри ва кетма-кетлигини
англашилса;
сўнгги натижа, яъни образга эришиш техник ижроси ҳақида яққол тасаввурга эга бўлса;
тасаввурдаги образга эришиш натижаларига таққослаш, ҳатти-ҳаракатларнинг ижро
сифатини мунтазам назорат қилса;
хато ва камчиликларни тезда аниқлаш, керакли пайтда ҳатти-ҳаракатларнинг
такрорланмаслиги учун зарур тузатиш ва ўзгартиришлар киритилса;
ўқув фаолиятининг аниқ маслаклари ва машқ мақсадларига эришиш учун
ўзлаштирилаётган ҳатти-ҳаракатларни такомиллаштиришда ўз муваффақиятларини тўғри
баҳоласа”. (106)
Л.Ф.Спирин ва М.Л.Фрумкинлар бўлажак педагоглар эгаллаши зарур бўлган педагогик
кўникмаларнинг типологиясига кўра мазмун жиҳатидан яқинроқ таъриф беришади. Улар
касбий-педагогик кўникмаларни ажратиш ва классификациялашда ўқитувчи ва ўқувчи
фаолиятини бошқариш босқичларининг циклларини инобатга олиб кўрсатишди. (134)
Юқорида зикр этилган фикр-мулоҳазалардан келиб чиққан ҳолда, бошланғич таълим
педагогларининг эгаллаши зарур бўлган касбий-педагогик кўникмаларнинг тахминий
мажмуини қуйидагича изоҳлаш мумкин:
227
болаларнинг ёш ва индивидуал психологик, ҳамда ўзига хос хусусиятларини билиш
кўникмалари;
мактабгача ёшдаги болалар билан ҳамкорликда фаолият олиб бориш кўникмалари;
режа асосида мақсадли фаолиятни уюштириш кўникмалари;
амалий ташкилий ишларни олиб бориш кўникмалари;
фаолият натижаларини тўғри таҳлил қилиш ва тарбияланувчи объектнинг ҳолати ҳақида
янги маълумотга эга бўлиш кўникмалари ва шу кабилар.
Таъкидлаш жоизки, зикр этилган касбий-педагогик кўникмалар мажмуи бошланғич
таълим педагогларининг амалий фаолиятида учун зарур бўлган касбий характерга эга бўлган
барча кўникмаларни қамраб олмаган. Бироқ, педагогларнинг касбий маҳоратини
такомиллаштириш тизимини яратиш учун асос сифатида қабул қилиш мумкин.
Мазкур муаммо доирасида ўрганилган махсус ва педагогик-психологик адабиётлар
таҳлилидан маълум бўлишича, талабаларини касбий фаолиятга тайёрлаш жараёнида барча
касбий-педагогик кўникмалар ҳақида эмас, балки уларни таълим муассасаларида таҳсил олиш
жараёнида шакллантириш мумкин ва зарур бўлган кўникмалар ҳақида фикр юритиш мақсадга
мувофиқдир.
Айни шу фикр-мулоҳазага таянган ҳолда, биз олий таълим муассасаларнинг таълим-
тарбия жараёнида таҳсил олаётган талабаларда шакллантириш мумкин ва зарур бўлган
“меъёрий модель” (нисбий меъёрий модель) кўникмаларнинг асосини шакллантириш
мақсадга мувофиқ деб биламиз.
Тадқиқот методологиясининг айни шу тамойил асосида назарий ва амалий жиҳатдан
уюштирилиши, биз кўзлаган мақсадларга мос келади. Тадқиқотларимиздан маълум бўлишича,
мазкур меъёр ёки даража талабаларнинг касбий кўникмаларни ақлий ва амалий жиҳатдан
ўзлаштириши учун қийинчилик туғдирмайди ва педагогик фаолиятини муваффақиятли олиб
бориш учун хизмат қилади. Шу боис, мазкур меъёрни талабага унинг битиргандан сўнг
педагогик фаолиятини самарали юритиш учун асос сифатида қабул қилиш мақсадга
мувофиқдир.
Шаклланган касбий кўникмалар эса педагоглар фаолиятида кейинчалик янги
кўникмаларни ўзлаштиришга асос бўлади ва ўз таъсирини кўрсатади. Масалан: ўз касбига
доир маълумот ва материалларни тўплаш ва таснифлаш кўникмасини қуйидаги кўрсаткичлар
билан изоҳлаш мумкин:
ўз касбининг профессиограммаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга бўлиши;
ўз касбининг сир-асрорларини эгаллаш учун мунтазам ўз устида ишлаши, назарий ва
амалий фаолиятини илмий уюштириши; уларни кетма-кет ва изчил амалга ошириб бориши,
бунда ҳам юксак мақсадларга йўналтирилиши;
педагогик фаолиятини илмий-техник ва тараққиёт тамойиллари асосида уюштириши;
ўз касбининг психологик, психофизиологик ва шахсий сифатларининг ўзига хос
хусусиятлари ҳақида илмий маълумотга эга бўлиши ва шу кабилар.
Фикримизча, айни шу сингари касбий кўникмалар иш фаолиятининг дастлабки
пайтларида муваффақият келтирувчи ва кейинчалик бошқа кўникмалар учун замин бўлувчи
кўникмалар даражасини ташкил этади.
Тажрибалардан маълум бўлишича, бошланғич таълим соҳаси педагог ва тарбиячилари ўз
касбининг хусусиятига кўра муаяйн касбий кўникмаларга эга бўлиши зарар, зеро шу
кўникмалар таълим муассасалари амалий фаолиятининг самарасини белгилаб беради.
Шу нуқтаи назардан, қонуният ва илмий далилларга асосланган касбий кўникмаларнинг
тизими ва структураси, соҳа мутахассислари, профессор-ўқитувчилар, методистларнинг
педагог шахсий сифатларини шакллантиришга хизмат қилиши керак. Зеро, бу кўникмалар
бўлажак педагогларнинг ўз касбига бўлган қизиқишларини янада ривожлантиришга, муҳим
касбий кўникма ва малакаларни ўзлаштиришга астойдил хизмат қилсин.
Айни пайтда, мазкур кўникмалар педагогик фаолиятнинг юксак маҳорат сирларини
эгаллаш силсиласида зарур бўлган ўзга кўникмаларни шакллантириш ва ривожлантириш учун
ҳам асос бўлади деб, тахмин қиламиз.
228
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MIQDORLARNI O‘RGATISHDA
AMALIY ISHLARNI TASHKIL ETISH
Xakimova D.A. –151-maktab boshlahg‘ich sinf
o‘qituvchisi Toshkent shahar Yashnobod tumani.
Hozirda o‘qituvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik mahoratga, yuksak
ma’naviy – axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur bilimlarga ega bo‘ishi, ta’lim – tarbiya
ishlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan samarali foydalanishi davr talabi
hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli miqdorlarni
ham o‘rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas.
Miqdorlarda turli ob’ektlarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan.
Miqdor bu narsa yoki hodisaning biror xossasi bo‘ib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shu
xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko‘proq darajada ega ekanligini aniqlash
mumkin.
Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘ib, o‘quvchilarning maktabda butun o‘qish davrida
shakllantiriladi.
Boshlang‘ich maktabning vazifasi shundaki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning intuitiv
tushunarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning
o‘chash bilan bog‘liq bo‘gan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘ishi kerak.
Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, sig‘im, massa, yuza, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar
beriladi. Bolalar uzunlik jismning davomiyligini, narsaning o‘chamlarini tavsiflaydigan xossasi
ekanligi haqidagi tasavvurlarni maktabgacha bo‘gan davrdayoq hosil qilganlar. Bolalar uzunroq-
qisqaroq, keng-tor, baland-past, yo‘g‘on-ingichka munosabatlarini to‘g‘ri aniqlay oladilar.
O‘qitishning navbatdagi vazifasi – o‘chash ishining moxiyatini ochib berish, uzunlikning turli o‘chov
birliklarining ahamiyatini ko‘rsatish va o‘chov asboblaridan foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Tayyorgarlik bosqichining birinchi darslaridayoq o‘qituvchi «miqdor» tushunchasini rivojlantirish
imkoniyatiga ega. «Miqdor» so‘zining o‘zi ko‘pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki bu so‘zni
ular kam eshitadilar. O‘qituvchining vazifasi narsalarning xossasi taqqoslanayotganda bu
taqqoslashni miqdor jihatdan ifodalash mumkinligini, miqdor haqida so‘zlash mumkinligini har doim
ko‘rsatib borishdan iborat.
«Uzun. Qisqa» mavzusi bo‘yicha dars parchasini keltiramiz.
Darsning maqsadi. Uzunlik tushunchasini jismning o‘chamlarini tavsiflaydigan xossasi sifatida
shakllantirish.
Ish narsalarning uzunliklarini ko‘z bilan chamalab va ustiga qo‘yish usuli bilan taqqoslashdan
boshlanadi.
Amaliy ish. Gorizontal tortilgan ipga eni bir xil, lekin rangi va uzunligi turlicha bo‘gan lentalar
ilingan. Bolalar qaysi lenta uzunroqligini, qisqaroqligini, bir xil uzunlikda ekanligini ko‘z bilan
aniqlaydilar. Lentalarni ip ustida siljitib, o‘qituvchi ularni ustma-ust tushiradi. Bolalarning e’tiborini
shunga qaratadi: lentalarning uchlari ustma-ust tushgan bo‘sa, endi ularning oxirlariga qaraymiz va
qaysi holda «uzunroq», «qisqaroq», «bir xil uzunlikda» deb aytishimizni aniqlab olamiz.
Mustahkamlash uchun frontal amaliy ish o‘tkaziladi.
Bolalarga uchtadan qog‘oz tasmalar tarqatiladi (ikkitasi bir xil, uchinchi tasma esa uzunligi
bo‘yicha bu ikkitasiga teng emas). Bu qog‘oz tasmalarni uzunligi bo‘yicha qanday taqqoslash
mumkin?
Tasmalarni bir-birining ustiga shunday qo‘yingki, qaysi tasmalar bir xil, qaysi tasma esa uzunroq
ekani ko‘rinib tursin. Keyin tasmalarni ustma-ust tushirish mumkin bo‘magan holat yaratiladi.
Buning uchun uzunligi turlicha bo‘gan ikkita tasma doskaning turli qismlarida turli balandliklarda
o‘rnatiladi. Uchinchi tasmani o‘qituvchi qo‘ida ushlab turadi. Qaysi tasma uzunroq? Bolalar bilan
birgalikda o‘qituvchi bunday xulosaga keladi: uchinchi tasmani birinchi tasmaning ustiga qo‘yish
kerak, ular ustma-ust tushdi, demak, bu tasmalar teng. Keyin uchinchi tasmani ikkinchi tasmaning
229
ustiga qo‘yiladi, u uchinchi tasmadan uzunroq ekan. Qaysi tasma uzunroq, ikkinchi tasmami yoki
birinchi tasmami?
Bunday xulosa chiqariladi: agar birinchi tasmaning uzunligi uchinchi tasmaning uzunligiga teng
bo‘sa, ikkinchi tasmaning uzunligi esa uchinchi tasmaning uzunligidan katta bo‘sa, u holda birinchi
tasmaning uzunligi ikkinchi tasmaning uzunligidan kichikdir. Shunga o‘xshash ish va xulosani
uzunligi bo‘yicha bir xil, biroq rangi bo‘yicha turlicha uchta cho‘p ustida ham bajaramiz.
So‘ngra frontal ish o‘tkaziladi. Bolalarga bir nechta bir xil kanop kesmalari tarqatiladi (I variant
– 3 ta kesma, II variant – 4 ta kesma). Bolalar kesmalarning uzunliklari bir xil ekaniga ishonch hosil
qiladilar. Keyin kesmalar tugun qilib bog‘lanadi. Bolalar hosil bo‘gan kesmaning uzunligi bog‘langan
kesmalar uzunliklari yig‘indisiga teng ekanligini, II variantdagi kesma esa uzunroq ekanini
payqaydilar, chunki bunda kalta kesmalar ko‘proq edi. I va II variantdagi kesmalarni ustma-ust
qo‘yib, bu xulosa tekshiriladi.
Bolalar darslikdagi vagonlar ulangan poezd tasvirlangan mashq ustida ishlab shunga o‘xshash
xulosaga keldilar. O‘qituvchi bolalarning e’tiborini vagonchalar bir xilligiga qaratadi. Shuning uchun
vagonchalarni sanash va qaysi poyezd uzunroqligini aytish kifoya.
Bu uquvlar sekin mustahkamlashishi sababli bunga o‘xshash mashqlarni keyingi darslarga
muntazam kiritib borish kerak. Masalan, keyingi darsda frontal amaliy ish o‘tkaziladi. Bolalar ichiga
turli uzunlikdagi 5-6 ta qog‘oz tasma (cho‘plar, lentalar) solingan konvertlar oladilar.
Topshiriq: eng uzun tasmani, keyin qisqaroq tasmani va eng qisqa tasmani toping.
Navbatdagi darslarda «uzunlik» tushunchasi kengaytiriladi. Bo‘yi, eni, qalinligi, balandligi
so‘zlari kiritiladi.
O‘qituvchi: Sinfimizdagi doskaga qarang. Bu doskaning (uzunligi) bo‘yi (qo‘i bilan chapdan
o‘ngga tomon ko‘rsatadi). Doskaning o‘chamini yana qanday ko‘rsatish mumkin? (Yuqoridan
pastga.) Demak, doskaning o‘chamlarini ikki yo‘nalishda ko‘rsatish mumkin. Ularni
chalkashtirmaslik uchun doskaning eni (kengligi) deb gapiriladi.
O‘z ish o‘rningizga qarang. Qo‘ingiz bilan partaning uzunligini (bo‘yini), partaning enini
ko‘rsating. Darslikning bo‘yini, enini ko‘rsating. Darslikning yana qanday o‘chamini ko‘rsatish
mumkin? O‘qituvchi darslikni ikkita barmog‘i bilan ushlab ko‘tarib ko‘rsatadi (qalinligini). Daftar
va darsligingizni solishtiring. Qaysi biri qalin? Qaysi biri yupqa?
Xulosa: narsalarning o‘chamlari haqida gapirilayotganda bu o‘chamlarni turli yo‘nalishlarda
ko‘rsatish mumkin. Turli yo‘nalishlardagi uzunlik turlicha ataladi: bo‘yi, eni, balandligi, qalinligi. Bu
so‘zlar uchun qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bormi? «Teskarisiga» o‘yinini o‘ynaymiz. Men
rasmlarni ko‘rsataman va narsalarni bir so‘z bilan taqqoslayman, siz esa bu taqqoslashni qarama-
qarshi ma’noli so‘z bilan aytasiz.
1.
Qizil qalam ko‘k qalamdan uzun (narsalar ko‘rsatiladi).
2. Qayrag‘och archadan baland
3. Sharf kamardan keng (narsalar ko‘rsatiladi).
4. Kundalik daftar darslikdan yupqa (narsalar ko‘rsatiladi).
5. Daryo irmoqlardan keng.
6. Yo‘ so‘qmoqdan uzun va hokazo.
Darslik bo‘yicha ishlash bu tushunchalarni mustahkamlaydi. Atrofingizga qarang va xossalarini
yangi so‘zlar bilan taqqoslash mumkin bo‘gan narsalarni ayting.
Yakunlab, o‘qituvchi bunday deydi: «Biz bugun yangi tushuncha — miqdor bilan tanishdik.
Narsalarning xossasini taqqoslash mumkin bo‘gan holda miqdor haqida gapiriladi. Narsalarning
o‘chamlari haqida gapirilganda miqdorni turli so‘zlar: bo‘yi, eni, balandligi, qalinligi deb aytiladi.
Agar narsaning bir yo‘nalishdagi o‘chami haqida gapiriladigan bo‘sa, ko‘pincha «bo‘yi», uzunligi
so‘zini aytadilar.
230
BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI JORIY
ETISH
Masharipova U. – BTM kafedrasi dotsenti, TDPU,
Xakimova N.– Yakkasaroy tumani 144-maktab o‘qituvchisi, Toshkent..
Umumiy o‘rta-ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun, jumladan
uzluksiz matematik ta’lim tizimi jarayonida pedagogik tajribani o‘rganish va yoyish, zamonaviy
pedagogik texnologiyalarning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish zarurdir.Boshlang‘ich
sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyadan foydalanib dars o‘tilsa, o‘qitish jarayonni
takomillashadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning muhim xususiyatlari:
1.
Ilmiylik
2.
Amaliylik
3.
Tavsifiylik
1. Ilmiylik ilmiy-nazariy hamda amaliy g‘oyalarni shakllanish jarayonining mohiyatini
ifodalash, o‘quv – tarbiya maqsadi, mazmuni, shakl metod va usullarini ilmiy jihatdan asoslash,
pedagogik jarayonning umumiy loyihasini ishlab chiqishdir.
2. Amaliylik texnologiyaning amaliyotdagi tatbiqi hamda samaradorlik darajasi bilan aniqlanadi.
3. Tavsifiylik rejalashtirilgan pedagogik faoliyat natijalarini yoritishdir.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida
muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ular tomonidan egallangan bilim,
ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda
ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.
Interfaol metodlarning qo‘llanishi majburiy matematika darsi jarayonini beixtiyor psixologik
o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, barcha o‘quvchilarni bir oz bo‘lsa-da, o‘z fikrlarini keng ommaga
izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo‘lmasdan, faol ishtirok
etishga undaydi. Interfaol metodlarning mohiyati o‘qitish jarayonida o‘quvchi faolligini oshirish,
o‘quvchini pedagogik faoliyatning markaziy figurasiga aylantirishdan iboratdir. Maqsadi –
demokratik jamiyatning faol fuqarolarini tarbiya qilish. Bunday metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi
o‘quvchini o‘z fikrini shakllantirishga, ifodalashishga, maqbul yo‘lni tanlash va buning uchun
ma’suliyat his etishga o‘rgatadi. Shu bilan birga bolalarda o‘zaro hurmat, ma’suliyat, halollik, e’tibor
va tirishqoqlik xususiyatlarini tarbiyalashga ham harakat qilinadi.
O‘quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan usullarni to‘g‘ri tanlash va
savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsda mavzuga qo‘yilgan maqsad aniq
belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li, usuli puxta ko‘rib chiqilishi lozim. O‘qituvchi har bir
foydalanadigan interfaol usuli o‘quvchiga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri
tashkil qilishi kerak. Demak, siz qo‘llanmoqchi bo‘lgan interfaol usulini tanlab bo‘lgach, o‘zingizga
kerakli rasm, tarqatma material, ko‘zgazmalardan keragini tayyorlab, konvertga solib qo‘yib,
mavzularni o‘rgatishda ishlatishingiz mumkin.
Amaldagi odatiy darsda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga ma’lumot berish, o‘quvchilar
vazifasi esa, bu ma’lumotni yod olishdan iboratdek bo‘lib qoladi. Keyingi darsda esa, oldingi darsdagi
“saboq”larni xotirada tiklash va amalda qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Agar o‘quvchilar bilimlarni axborot sifatida qabul qilib olmay, ularni o‘rganishga o‘rtoqlari bilan
birgalikda harakat qilsa-chi?, uni eshitishsa, u ham boshqalar fikriga quloq solsa, birgalikda umumiy
xulosaga kelinsa, bu jarayon o‘qituvchi tomonidan maslahatlar, takliflar orqali bildirmay boshqarib
borilsa-chi? Ta’limning samaradorligi o‘quvchining bilim olishdagi faolligiga bog‘liq proporsional
ravishda oshib borgan bo‘lar edi. Quyida 1-sinf “6 soni bilan tanishtirish” mavzusidagi dars
ishlanmani namuna sifatida keltirdik.
Darsning maqsadi:
1) o‘quvchilarning 1, 2, 3, 4, 5 sonlari haqida egallagan bilimlarini puxtalab borish;
231
2) 6 soni haqida bilim berib, misol, masala ishlash.
Darsning jihozlanishi:
a) 1-sinf «Matematika» darsligi;
b) 1-sinf «Matematika daftari»;
d) didaktik materiallar;
e) mavzuga mos rasm; geometrik shakllar.
Darsning borishi:
1. o‘quvchilar diqqatini darsga jalb etish.
2. «O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida:
a) «O'ylab topi» o‘yinini o‘tkazish. Bu o‘yin quyidagicha o‘ynaladi. Men bir son o‘yladim, ana
shu oylagan sonimga 1 ni qo‘shgan edim 5 hosil bo‘ldi, men o‘ylagan sonni toping; men bir son
o‘yladim, shu o‘ylagan sonimdan 4 ni ayirgan edim 1 hosil bo‘ldi; men bir son o‘yladim, shu o‘ylagan
sonimga 2 ni qo‘shgan edim, 4 hosil bo‘ldi, men o‘ylagan sonni toping. o‘yin shu tariqa bir necha
marta takrorlanadi;
b) kartochka yordamida savol-javob o‘tkazish.
4+1=?
3+2=? 5-4=?
2+3=?
2+2=?
Ana shu kartochkadan birinchisiga og‘zaki masala tuzdirish: Birinchi likopchada 4 ta behi,
ikkinchi likopchada 1 ta behi bor. Ikkala likopchada nechta behi bor?
Topishmoqli masala tuzdirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |