Бошланғич таълим кафедраси



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

“Temirni qizig‟ida bos” deganlaridek, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng 
talim tizimi, xususan, boshlang‘ich ta‘lim tizimiga juda katta e‘tibor va o‘zgartirishlar 
kiritildi. 
Boshlang‘ich 
sinfda 
o‘tiladigan 
darslarda 
zamonaviy 
ta‘lim 
texnologiyalaridan foydalanilib kelinmoqda. Jumladan, 1-sinf savod o‘rgatish 
davrida ―Alifbe‖ hamda ―Yozuv‖ darslari o‘zaro parallel va ketma-ket olib borilishi 
va bu dasrlarda ko‘rgazmali mulьtimedia vositalaridan unumli foydalanish bola 
diqqatining beqarorlashuvini oldini oladi. So‘zda ma‘no o‘zgartiruvchi tovushlarning 
harfiy ifodasi yozuv darslarida o‘rgatilsa, uning og‘zaki shakli esa ―Alifbe‖ darsida 
o‘qitiladi. O‘qish va yozish bir paytning o‘zida o‘zlashtiriladi. Ta‘limdagi bu kabi 
qulayliklar ta‘lim sifatiga ijobiy ta‘sir qilishi shubhasiz, ammo uning sifatini 
pasaytiruvchi jihatlar ham yo‘q emas.
Bilamizki, boshlangich ta‘lim - ta‘lim tizimining asosi hisoblanadi. Asosni 
mustahkam va ishonchli qo‘ya olsakkina, kelajak imoratlarini, baland binolarini 
yaratishimiz mumkin. Puxta o‘ylangan reja va metodlar yordamida bu maqsadga 
erishish anchayin osondir. Ammo shuni unutmaslik kerakki bu reja, metodlarni 
qo‘llash uchun yaxshi tashkillashtirilgan butun bir jamoa zarurdir. Sinfdagi 


517 
o‘quvchilarni bir maqsad yo‘lidagi jamoa sifatida shakllantrish esa bu jarayonning 
boshlang‘ich nuqtasidir. Bolalar uchun jamoa shakli notanish bo‘lmaydi, chunki ular 
bog‘chada kichik guruhlarga bo‘lingan holda tashkil etilgan tizimning qatnashchisi 
bo‘lib ulgurgan hisoblanadi. Yana o‘yin faoliyatida jamoa nimaligini anglab yetgan 
bo‘lishadi.
Bu boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun biroz yengillik beradi. Ammo 
quvonishga hali erta, chunki bola uchun birvarakayiga notanish bo‘lgan muhit, 
kamiga notanish jamoa.
Xo‟sh, nima qilish kerak? 
Buning uchun o‘qituvchi bola psixologiyasini mukammal bilimdoni hamda 
malaka egasi bo‘lishi kk(tajriba hali mavjud bo‘lmagan hollarda). Shuningdek, o‘zaro 
jamoaviy o‘yinlar, umumiy savol-javoblar uyushtirilishi ham maqsadga muvofiqdir. 
Bunda tayyorgarlik davri ham juda muhimdir. Bolaga bu davrda maktab qoidalari, 
tartib intizomlari, o‘quvchining burch – majburiyatlari haqida boshlang‘ich 
tushunchalar beriladi. Yana ―sinf‖, ―sinfdosh‖, ―sinxona‖, ―tanaffus‖ va boshqa 
so‘zlar ma‘nosi ham o‘zlashtiriladi.
Bo‘lajak pedagog sifatida,amaliyot jarayonida boshlang‘ich sinflarda shu 
jarayonni kuzatish imkoniyati tug‘ildiki, bu menda yangi fikr hamda metod 
tug‘ilishiga sababchi bo‘ldi. Ya‘niki, amaliyot jarayonida shu narsa e‘tiborimni 
tortdiki,aksariyat maktablarda 1-sinfga qabul qilinadigan o‘quvchilar sonining 
ko‘pligi bo‘ldi. Dars jarayonida o‘qituvchi diqqat beqarorligiga ega bo‘lgan 
o‘quvchini shuncha tengdoshlari orasidan ilg‘ashi qiyin,bu esa ko‘proq barcha 
o‘quvchilar bilan birgalikda shug‘ullanishiga sabab bo‘ladi. Uyga vazifalarni 
tekshirishda mashqlar javobi og‘zaki o‘qib qo‘yiladi. O‘zlashtirishi va diqqati sust 
bo‘lgan o‘quvchilarga esa vaqt yetishmovchiligi to‘siq bo‘ladi. 
Mashhur chex pedagogi Yan Komenskiy sinfda o‘quvchilar soni 20-22 tadan 
oshmasligini ta‘kidlaydi. Bu sonlardan oshib ketdimi ta‘lim sifatiga va bola bilimiga 
salbiy ta‘sir ko‘rsatishi haqida to‘xtalib o‘tadi. Bu fikrlar barcha fanlar uchun o‘rinli 
emasdir, lekin ona tili darslari uchun muhimdir. Aksariyat davlatlarda boshlang‘ich 
ta‘lim tizimida kichik guruhlar asosida bo‘lib o‘qitishga o‘tilgan. Buni men barcha 
o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan fanlar uchun o‘rinli deyolmayman. Ammo boshlang‘ich 
sinflarda ona tili o‘rgatish darslari uchun bu usul juda ham kerakdir. Kuzatishlarim 
davomida, savod o‘rgatish jarayonida umumiy jamoa bo‘lib,butun bir sinf shaklida 
darslarni tashkil etish yaxshi,lekin 1- sinfning 2-yarmidan ona tili darslari 
boshlanishini inobatga olsak, sinf ichida sinf tashkil etish juda yaxshi hisoblanadi. 
Buning uchun o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalaridan xabardor bo‘lgan holda, 
aralash tarzda ikkiga yoki uchga bo‘lish kerak. Shunda o‘zimda va boshqalarda 
quyidagi savollar tug‘ilishi tabiiy:
Xo‘sh, bu sinflarda o‘qitish qanday tashkillashtiriladi? 
Dars shakli qanday bo‘ladi? 
Ta‘lim beruvchi o‘qituvchi ikkala sinfga ham o‘zi dars beradimi? 
Ikki o‘qituvchi o‘qitishida farqlar kuzatilsa nima bo‘ladi? 
Bu boshqa fanlarga ta‘sirini o‘tkazmaydimi? 
Ta‘limning bu shakliga bag‘ishlangan alohida metod va usulllar bormi? 


518 
Bunda ona tili darslari ikkala guruhga ham bir vaqtning o‘zida tashkil etiladi. 
Dars shakli o‘quvchilar uchun tanish bo‘lgan hamda o‘qituvchi olib boradigan 
shakllarda bo‘lgani ma‘qul (boshida, albatta). Endi ta‘lim beruvchilarga to‘xtalsak, 
bunda assissent o‘qituvchining bo‘lishi juda ahamiyatlidir. Bo‘lmagan taqdirda 
boshqa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining jalb qilinishi maqsadga muvofiqdir. Bu 
boshqa fanlar o‘zlashtirilishiga salbiy ta‘sir bermasligi kerak, chunki bola notanish 
bo‘lgan jarayon va narsalarga doimiy qiziqish bilan qaraydi. Darslardagi bu kabi 
rang-barangliklar ularning qiziqishlarini yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Masalan, 
sinfda o‘quvchi soni 32 ta bo‘lsa, ularni asosan shu paytgacha shakllangan sinf 
ro‘yxati asosida taqsimlagan ma‘qul. 16 tadan o‘quvchi shaklidagi sinf o‘qituvchi 
uchun biroz yengillik beradi. Ular bilan shug‘ullanishi uchun vaqtni to‘g‘ri 
taqsimlash imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. E‘tibor ortganidan xursand bo‘lgan 
o‘quvchilar o‘zlashtirishi esa sezilarli darajada ortishi tabiiy. Cunki ularning uyga 
vazifa va topshiriqlarni bajarishlari muntazam nazorat ostida bo‘ladi. Har bir bo‘lim 
yuzasidan takrorlash va mustahkamlash darslarida esa sinfni yana birlashtirgan 
ma‘qul, chunki bunda kamchiliklar, tuzatilishi kerak bo‘lgan xatolar yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Ikki o‘qituvchi o‘qitishidagi farqlar ham ko‘rinib qoladi. Bunda 
o‘qituvchilarning malakasi teng bo‘lishi farqlarni yo‘qqa chiqaradi. Umumiy tashkil 
etilgan darslarda o‘zaro fikrlar almashiniladi. Bu usul boshqa fanlarga ham ijobiy 
natijasini beradi deb o‘ylayman, sababi o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar ham 
boshqa fanlarni o‘rganishga qiziqishi paydo bo‘ladi yoki ortadi. Albatta, bunda 
o‘zgacha va yangi metodlardan foydalanish kerak. Masalan, 1- sinfning ona tili 
darsligi ―Tovushlar va harflar‖ mavzusi bilan boshlanadi.
Bunda 1-mashq audio yozuvdan eshitib tinglanadigan mashq hisoblanadi:

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish