Бошланғич синф ўқувчиларини тарбиялаш ва уларга таълим бериш бу қийин жараён ҳисобланади. Синф раҳбари билимли, тарбияли, малакали, ўз касбини севадиган, ташкилотчи бўлмаса, ўқувчиларни сал эътиборсиз қўйса, таълим ва тарбиядан кўзланган мақсадга эришиб бўлмайди. Новаоийнинг фикрича, баъзан бир киши битта болага тарбия беришга ожизлик қилади. Энди синф раҳбарини оладиган бўлсак, у бир эмас бир қанча ўқувчиларга таълим ва тарбия беради. Бу аснода ўқитувчидан юксак салоҳият талаб этилади. Ўқитувчи ҳар бир бола билан шуғулланишга вақт топишга ҳаракат қилиши керак. Бирон бола назардан четда қолмаслиги ва уларнинг барчасини дарсга жалб этишда ўз маҳоратини ишга солиши даркор. Бунда ўқитувчи, албатта, ўқувчининг ота-онаси ёки тарбияси учун масъул бўлган шахслар билан ҳамкорликни яхши йўлга қўйиши керак. “Ўқувчиларнинг ахлоқий хислатлари, унинг ютуқлар ва камчиликлари шаклланишида, энг аввало унинг таълим ва тарбия олиш жараёнида ижтимоий уй шароити, теварак-атрофи ҳам аҳамият касб этади. Ўқувчиларни ўргатиш дастури уларни фақат мактабдагина эмас, балки шу билан бирга уй шароитда, оилада ҳам ўрганишни назарда тутмоғи даркор”[1, – b.109]. Ўқитувчи жуда яхши дарс ўтиши, ўқувчиларни жалб эта олиши мумкин. Аммо оилада ҳам бола билан шуғулланадиган шахс бўлмаса, боланинг рисоладагидек дарсларни ва тарбияни ўзлаштира олмайди. Биз таълимни тарбиядан ажрата олмаймиз. Чунки комил инсонни тарбиялашда бирини устун, бирини паст қўйиб бўлмайди. Л. Н. Толстой шундай ёзади: “Тарбия, биз ўқитиш, тарбиялашни хоҳламас эканмиз, муракаб ва қийинчилигича қолади. Агарда бошқаларни биз фақат ўзимиз орқали тарбиялашимиз мумкинлигини тушуниб олсак, унда тарбия масаласи йўқолади ва ҳаёт тўғрисидаги масала қолади: Ўзим қандай яшашим керак!”[3, –b.244]. Тарбия қийин масала. Уни йиллар мобайнида шакллантириб борилади. Бошланғич синф раҳбари эса асосий тарбияни бола шахсида шакллантиради. Айниқса, ўқитувчининг ўзи катта тарбия мактабини ўтайди. Бола устозининг юриши, туриши, муомала маданиятига қараб кўп нарсаларни ўрганади. Чунки бола ўқитувчисини дунёдаги энг яхши ва буюк инсон деб билади. Агар ўқитувчи тарбияли ва билимли бўлмаса, унинг берган тарбияси мавҳум бўлиб қолади. Ўқитувчи асосан ота-оналар билан ҳамкорликда алоқани мунтазам ўрнатиб бориш керак. Бунинг учун биз бир нечта талабларни ўз олдимизга қўйамиз: Ота-оналар билан ҳар ойда бир мартадан мажлис ўтазиш. Бунда ота-оналар болаларининг ўзлаштириши ва хулқ-атвори ҳақида маълумотларга эга бўлади. Ўқитувчи ҳар бир боланинг алоҳида ташкил этилган кундалигини жорий этиш керак. Бунда ўқитувчи ҳар кунлик ўқувчининг билими ва ҳулқ-атвори ҳақидаги ўзгаришларни ёзиб боради. Буни ҳар кунлик ота она тасдиқлаб имзо қўйиб боради. Бунда ота-онанинг яқиндан ҳамкорлигини йўлга қўямиз. Асосан икки шартни қўйишимиздан мақсад бола назоратини кучайтириш ҳисобланади. Ўқитувчи таълим ва тарбиявий ёндашувда ўзи алоҳида юқори натижага эриша олмайди. Албатта, боланинг мактабда, уйда назоратини кучайтириш унинг камолоти сари боришда порлоқ йўл ҳисобланади. Шу ўринда шуни таъкидлаб ўтиш жоиздир: “Болалар, ота-оналар ва ўқитувчилар ўртасидаги ўзаро муносабатлар масаласига алоҳида эътибор бериш лозим. Бу учлик марказида бола, яъни ўқувчи туради, мактаб ва оила эса унга икки томондан таъсир этади. Айни вақтда бола мактаб билан оиласидаги алоқани таминловчи восита ролини ҳам бажаради”[1, –b.103]. Бола мактабдаги маълумотни ота-онасига бошқача қилиб етказиши мумкин. Шунинг учун ота-она ва ўқитувчи орасида англашилмовчилик келиб чиқмаслик учун ўзаро кундалик
дафтар тутиш мақсадга мувофиқ ҳисобланади. Агарда икки томоннинг ҳамкорлиги яхши йўлга қўйилса, бола таълим ва тарбия ўрганиш жараёнида қийналмайди. Бу жараёнда ўқитувчидан юксак салоҳият ва тиришқоқлик талаб этилади. “Тарбия жараёнини ташкил этишда ўқитувчи томонидан қўлланиладиган методлар ҳам муҳим аҳамиятга эга бўлиб, улар ижтимоий жамият томонидан таълим муассасалари олдига қўйилган ёш авлодни ҳар томонлама баркамол, эркин, ижодкор, мустақил фикр эгаси этиб тарбиялаш вазифалари билан белгланади”[3, –b.135]. Синф раҳбари тарбия методларини ҳам яхши билиши ва татбиқ эта олиши керак. Методлар ёрдамида ўқитувчининг иши анчайин енгил ва унумли бўлади. ўқувчиларда зерикиш сезилмайди. Тарбияни таълимдан ажратиб бўлмайди. Шунинг учун иккисини бир жараёнда ташил этиш талаб этилади. Бунда синф раҳбари ўзига хос ёндашувда ишга киршмоғи даркор.
Interfaol ta’lim vositasida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirishda o‘qituvchining faoliyatida eng muhim narsa – bu uning nutqi va o‘quvchilar bilan muloqatidir. Nutq - bu og‘zaki kommunikatsiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayonidir. Har bir pedagogning maqsadi - pedagogik mahorati bilan o‘z individualligini yorqin namoyon etish, interfaol ta’lim vositasida mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish, uning sifatida oldindan o‘quvchilarni ta’lim-tarbiya samaradorligini ko‘ra bilishidadir. U kommunikatsiyaning mazmuni hisoblanishi narsaga ham, munosabatga kirishganlarga nisbatan ham taalluqli bu his- hayajonli munosabatda o‘zgacha nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi. Nutqsiz kommunikatsiya vositalariga qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo - ishora, ohang, pauza va shu kabilar kiradiki, bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba’zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi. Har bir dars muammoli tarzda bo‘lishi bilan tanqidiy asosda o‘qitilishi, o‘quvchilarda o‘rganishga, shuningdek tanqidiy fikr yuritilgan o‘quv adabiyotlarga nisbatan qiziqishini orttiradi, ular qator fikrlar asosida o‘z fikrini mustahkamlashga harakat qiladi, ma’ruza o‘qigan pedagog bilan muloqot qilish uchun intiladilar, o‘z fikr- mulohazalarni ifoda qilish yo‘llarini topadilar. Demak, o‘quvchi o‘z bilimini tanqidiy fikrlar asosida oshirib boradi va har qanday holatda ham fikr-mulohaza yuritish qobiliyatini namoyon etadi. O‘quvchilarning mustaqil izlanuvchanlik faoliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar kichik guruhlarda hamda individual shaklda olib borilishi lozim. Individual shakl asosan ijodiy topshiriqlarni bajarishga yo‘naltiriladi. Har bir o‘quvchi o‘zining individual xususiyatlariga ega, bu uning o‘quv faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogning bu xususiyatlarni o‘rganishi va inobatga olishi o‘qitish sifatini oshirish hamda har bir o‘quvchining ijodiy qobiliyat-larini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilarning darslardagi va tajriba mashg‘ulotlari vaqtida dars jarayonidagi ishini, mustaqil ish va topshiriqlarini bajarishini kuzatadi, ularning bilimi, nazorat ishlarini tekshiradi, maslahatlarda, darsdan tashqari vaqtlarda ular bilan ishlaydi. O‘quvchining kuchli va ojiz tomonini bilib olishga, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganishga, uning xarakteri hamda irodaviy sifatlarini yaxshi bilib olishga harakat qiladi, ularning hayotiy va mehnat tajribalarini, muassasaga kelishdan oldingi faoliyati xususiyatlarini o‘rganadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bir xil mavzuda olib boriladigan guruh ishida bir necha guruhlarga bir xil topshiriqlar beradi hamda topshiriq va mashqlarni echish sharoitlari ham bir xil bo‘ladi. SHunday qilib har xil echimlar guruh ishi tugaganidan so‘ng bir-biri bilan taqqoslanishi mumkin. Ko‘pincha bunday hollarda raqobat holati yuzaga keladi. Echim topilishi vaqtida esa raqiblikka o‘xshash holatlar vujudga keladi. Bu erda muhim narsa shuki, guruhlardagi o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari imkon qadar bir xil bo‘lishi kerak. Har xil mavzuda olib boriladigan guruh ishida beriladigan ish topshirig‘i bir necha qismlarga bo‘linadi. Faqat bu qismlar birlashtirilgandagina topshiriqning mazmuni aniq ko‘rinadi. Har bir guruh bu holda qisman topshiriq oladi va mustaqil ravishda uning ustida ishlaydi. Bunday yondashuvda bir guruh o‘quvchilari faqat o‘zlariga berilgan topshiriqlarni bilishadi xolos, ya’ni boshqa guruhlar ishlari haqida deyarli xabarlari bo‘lmaydi. Shuning uchun ham natijalar qisman birlashtirilishi zarur.
O‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirishda elektron ta’lim resurslaridan maksimal foydalanish muhim ahamiyatga ega. O‘quv va didaktik materiallarga qo‘shimcha tarzda tasviriy-vizual vositalar (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar) ham kiradi. Ular umumiy va keng qamrovli tasavvurlarni vujudga keltirishni osonlashtiradi. Predmet vositalari tasvir va matnlarni yozib olish, saqlash imkonini beradi. Ularga doska, flipchart, kodoskop (proektor) kamera va kompyuterlar kiradi. Tajriba ishi sohasiga tegishli kerakli tajriba uskunalari, namunalar, jihozlar va asboblar nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot paytida didaktik funksiyaga ega bo‘lsa, o‘quv vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, soha va usullarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi o‘quv va ko‘rsatmali vositalarni ishlata olishni, ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv materiallari bir paytning o‘zida didaktik materiallar sifatida, ya’ni o‘qitish va o‘rganish uchun ishlatiladi. Agar o‘quv va didaktik materiallar yetarli bo‘lmasa, u holda o‘qituvchi tomonidan ularning tanlanishi hamda nazariy yoki amaliy mashg‘ulotlar maqsadiga moslashtirib tayyorlanishi kerak. O‘quvchilarning faolligi ularning o‘quv materialni egallab olishida o‘quv, tajriba xonasi sharoitlarida topshiriqlarni bajarishdagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Faollik-ta’lim sharoitida o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ishharakat usullarini turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qo‘llanishga imkon beradi.
Bola hayoti va rivojlanishining har bir davri muayyan etakchi faoliyat turi bilan tavsiflanadi. Bola psixologiyasida etakchi faoliyat deganda, asosiy aqliy jarayonlar va shaxs xususiyatlarining shakllanishi ro‘y beradigan, ushbu yoshga xos bo‘lgan aqliy neoplazmalar paydo bo‘ladi. Shunday qilib, go‘daklik davrida (1 yoshgacha) faoliyatning etakchi turi to‘g‘ridan-to‘g‘ri emotsional aloqa, erta bolalikda (1 yoshdan 3 yoshgacha) - subyektiv faoliyat, maktabgacha yoshdagi - o‘yin, boshlang‘ich maktab yoshida - o‘qish, o‘spirinlik - tengdoshlar bilan aloqa. Boshlang‘ich sinflarda o‘yinning mohiyati shundaki, unda bolalar hayotning turli tomonlarini, ayniqsa kattalar o‘rtasidagi munosabatni aks ettiradilar va atrofdagi voqelik to‘g‘risidagi bilimlarini yaxshilaydilar. O‘yin - bu bolaning haqiqatini bilish vositasi. Taniqli bolalar psixologi D. B. Elkonin o‘yinning ijtimoiy mohiyatini shunday ta’kidladi: u kengaytirilgan syujet va rolli o‘yinning tuzilishini tahlil qiladi va o‘yinning birligini - bola o‘ynaydigan rolni ta’kidlaydi. Rol bilan bog‘liq o‘yin harakatlari bular ma’nosi bor harakatlardir, ular majoziy ma’noda tushuniladi. Boshlang‘ich sinf lar uchun o‘yinning yana bir tarkibiy qismi bu qoidalar. Ularning sharofati bilan, bolada zavqlanishining yangi shakli paydo bo‘ladi - u qoidalar talab qilganidek harakat qilayotganidan xursand bo‘ladi. Psixologik rol o‘ynashning rivojlangan shaklining mazmuni ob’ekt emas va undan foydalanish emas, balki odamlar o‘rtasidagi munosabatlar. Psixologik o‘yin natijasi bolani kattalarning hayoti va faoliyatini chuqurroq tushunishga undaydi. Shunday qilib, psixologik o‘yin - bu inson faoliyati ma’nolarida yo‘naltirilgan faoliyat. - shaxsiyatning dunyo bilan o‘zaro munosabati; - bolaning sub’ektiv faoliyati sifatida o‘zgaradigan va rivojlanadigan maxsus faoliyati; - bolaga ijtimoiy tayinlangan va u tomonidan sotib olingan faoliyat turi (yoki dunyoga munosabat); - assimilyatsiyaning maxsus tarkibi; - bola ruhiyatining rivojlanishi davomida amalga oshiriladigan tadbirlar; - bolalar hayotini tashkil etishning ijtimoiy-pedagogik shakli. Psixologik o‘yin - bu murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa, maktabgacha yoshdagi davrning etakchi faoliyati bo‘lib, jismoniy, aqliy va shaxsiy sohalarda muhim neoplazmalar beradi, umumiy aqliy rivojlanishga ta’sir qiladi. Boshlang‘ich maktab yoshiga kelib, o‘yin faoliyati o‘z rolini yo‘qotmaydi, ammo o‘yin mazmuni va yo‘nalishi o‘zgaradi. Bu vaqtda qoidalar va didaktik o‘yinlar katta o‘rin egallay boshlaydi. Ularda bola o‘z xatti-harakatlarini qoidalarga bo‘ysunishni o‘rganadi, uning harakatlari, e’tiborlari va diqqatni jamlash qobiliyati shakllanadi, ya’ni maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun ayniqsa muhim bo‘lgan qobiliyatlar rivojlanadi. Boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilar ro‘lli o‘yinlarni o‘ynashda, ularni haqiqiy hayotda jalb qiladigan rollarni o‘ynashga moyildirlar: odatda jasorat, faxrlanish va boshqa tuyg‘ularning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan taqqoslaganda, yosh o‘quvchilar ko‘proq syujetni, rollarni taqsimlashni muhokama qilishadi. Ziddiyatli vaziyatlarda bolalar o‘zlarining faoliyatini tahlil qilish, harakatlar va imkoniyatlarni baholash qobiliyatiga ega. Umuman olganda, o‘yin syujetlarini ishlab chiqish har kuni ishlab chiqarish maydonchasi bilan o‘yinlarga, so‘ngra ijtimoiy-siyosiy voqealarni aks ettirgan syujetlarga o‘tadi. 1-sinfda o‘yinda maktabga katta o‘rin beriladi - bolalar bir-birlariga qo‘g‘irchoqlarni o‘rgatishadi. 3-sinfda maktabga oid o‘yinlar yo‘qoladi. 1 va 2-sinf bolalarida oilaviy hayot bilan bog‘liq o‘yinlar davom etmoqda. Improvizatsiya o‘yinga kiritiladi. Yosh o‘quvchilarda individual o‘yinlar, shuningdek, 2-3 kishidan iborat kichik guruhlarda keng namoyish etiladi. Ritmik o‘yinlar, teatrdagi o‘yinlar odatiy holdir. Qoidalar va sport o‘yinlari 3-sinfda katta o‘rin egallay boshlaydi. Bolalar qanchalik katta bo‘lsa, o‘yinda ko‘proq raqobat kuchayadi. Bu bolalarda jamoada harakat qilish, sinf sharafi uchun kurashish qobiliyatini rivojlantiradi. Boshlang‘ich maktab yoshida, shuningdek, tashqi harakatlar nuqtai nazaridan o‘yinlardan - tasavvur, ongda o‘yinlarga o‘tish mavjud. Shunday qilib, bolalar tashqi harakatlar qilmasdan kosmik sayohat qilishlari mumkin. Ya’ni ideal o‘yin, tasavvur o‘yini allaqachon shakllangan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, bugungi kunda boshlang‘ich maktab yoshidagi o‘yin katta o‘rinni egallashda davom etmoqda, deb ayta olamiz. O‘yin va o‘qish ikki xil faoliyatdir, ular orasida sezilarli sifatli farqlar mavjud. N.K. Krupskaya, «maktab o‘yin uchun juda oz joy egallaydi, shu bilan darhol bolaga kattalar usullaridan foydalangan holda har qanday faoliyatga yondashishni majbur qiladi» deya u o‘yinning tashkiliy rolini kam baholaydi. Psixologik o‘yindan jiddiy izlanishlarga o‘tish juda keskin, erkin o‘yin va tartibga solinadigan maktab faoliyati o‘rtasida to‘liq bo‘lmagan bo‘shliq mavjud. Bu erda bizga o‘tish shakllari kerak. Didaktik o‘yinlar ham shunday ishlaydi. K.D. Ushinskiy o‘yin shaklida o‘rganish qiziqarli, ko‘ngilochar bo‘lishi mumkinligini va lekin hech qachon ko‘ngil ochmasligi xam mumkinligini ta’kidladi. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, maktab yoshidagi bolalar uchun o‘yinning ahamiyati kam. O‘qituvchining vazifasi boshlang‘ich sinflarda o‘yin harakatlaridan o‘quv faoliyatiga o‘tish jarayonini silliq va hatolarsiz bajarishdir.
Qadim va navqiron o‘zbek xalqi doimo ziyoga,ilm-hunar egallashga intilgan.Xalq donishmandligida yoshlarni ilmli, hunarli qilib tarbiyalashga va kattalar tajribasini ularga singdirish masalasiga katta o‘rin berilgan.Bu donishmandlik manbai bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida xalqimiz hayotining manzaralari, turmush tartibi, qadimgi urf-odatlari va marosimlarini o‘zida aks ettirgan dostonlar, ertaklar, latifalar, tez aytishlar, topishmoqlar, maqollar yosh avlodga ta’limtarbiya berishda, oilada bola tarbiyasida juda muhim vosita bo‘lib xizmat qilib kelgan.Bugungi kunda ham xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish dasturlar va qo‘llanmalar yaratishda hozirgi kun pedagogika fanining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodiga keng o‘rin berilgan.Shular orasida tez aytishlar alohida ahamiyatga ega.Tez aytishlar o‘quvchilar nutq malakasini takomillashtirib,burro-burro so‘zlashga, aytmoqchi bo‘lgan fikrini to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatadi. Tez aytishlar 1-2-sinf o‘qish darsligida har bir matn oxirida keltirilgan bo‘lib, tez aytish matnlari ham har bir mavzuga uzviy ravishda aloqador. O‘qituvchi tez aytishlarni mashq qildirganda, avvalo, uni suhbatdan boshlashi lozim.Masalan, mana bunday: 2-sinf darsligining 50-sahifasida “Oltin kuz-hosiling yuz” bo‘limidagi quyidagi tez aytishga qaraymiz. Olma shoxida olmaxon. Olmani olma, Olmaxon. 1.Kuz faslida qaysi mevalar pishib yetiladi? 2.Bog‘ingizga olma daraxti ekkanmisiz? 3.Olma qanday rangda boladi? 4.Tez aytishdagi ikkita joyda kelgan “olma “ so‘zlari bir xil ma’noni bildiryaptimi? Ushbu savoljavobdan keyingina tez aytishlar mashqiga ko‘chilsa, darsdan ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Xalq og‘zaki ijodining eng boy va rang-barang janrlaridan biri bo‘lgan ertaklar bolalar hayotini chetlab o‘tolmagan, hatto turli yoshdagi bolalar uchun ham alohida, maxsus ertaklar yaratilgan. Bunga “Ur, to‘qmoq”,”Zumrad va Qimmat”, “Tulki bilan turna”, “Donishmand yigit”, “Susambil” kabilarni misol keltirish mumkin. Ertaklarning tili sodda, ravon bo‘lgani uchun ham har qanday yoshdagi o‘quvchi uni oson tushuna oladi. Mardlik, epchillik,mehnatsevarlik, halollik, vafodorlik, saxiylik kabi fazilatlar ulug‘langan. Bu ma’naviy merosimizdan farzandlarimizni to‘laligicha bahramand qilishimiz kerakki, ular yoshlikdan ertaklarni sevsinlar, ularni o‘qib mustaqil fikr yuritsinlar, o‘zlarining sevimli qahramonlariga o‘xshashga intilsinlar. Ertaklardan nafaqat darsda , balki sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham keng foydalanilsa, darsda o‘zlashtirilgan axloqiy tushunchalarni mustahkamlash va ularga muvofiq axloqiy odatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, o‘qituvchi xalq og‘zaki ijodidan ta’lim jarayonida unumli foydalana bilishi kerak.
Boshlang‘ich ta’lim bu –o‘quvchining hayotni bilish, o‘rganish, tadqiq etish bilimining poydevoridir. Shu nuqtayi nazardan olib qarasak, boshlang‘ich ta’limning ahamiyati benihoya ustun. Ya’ni o‘quvchini o‘qitish emas o‘qishga o‘rgatish muhim masaladir. Birinchi sinf o‘quvchilariga alifboni o‘rgatish davomida shuni kuzatish mumkinki, asosiy zehnli bolalar kitobni yod olib qo‘yishadi. Ko‘pincha ota-ona yoki ustozlar bundan xavotir olishadi ko‘rko‘rona o‘qiyapti deb. Aslida bolaning xotirasi kuchli ekanligi va kelajakda katta yutuqlarga ega bo‘ladigan bolalar shunday qilishadi. Bu ham bir iqtidorning ko‘rinishi. Bunday vaziyatda bola bilan ishlash, uni to‘g‘ri yo‘naltirish o‘qituvchining vazifasidir. O‘tmishdan bizga ma’lumki, Imom al-Buxoriy minglab hadislarni yoddan bilgan,ya’ni ustozlarini diqqat bilan eshitib hadislarni yod olib qolgan. Alisher Navoiy esa kichik maktab yoshidanoq Fariduddin Attorning “Mantiq-ut tayr” asarini sevib o‘qib, ota-onasi yoshiga munosib emas deb olib qo‘yishganda, yod olganligini xotirasida muhrlanib qolganligini bundan o‘zi benihoya xursand bo‘lganligini eslab o‘tishimiz mumkin. Boshlang‘ich ta’lim tizimida mantiqiy o‘qish, ya’ni matnni to‘g‘ri, tushunib, tez-me’yorida o‘qish, va adabiy o‘qish mukammal o‘zlashtirilganidan so‘ng ifodali o‘qishga o‘tiladi. Bu yod olingan she’riy asarlarni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi. Ifodali o‘qishning muvaffaqiyati o‘quvchilarning asar mazmuni, g‘oyaviy-badiiy hususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega bo‘lishi bilan bog‘liq. Ohang va intonatsiya she’riy asarlarni ifodali o‘qishda qay darajada muhim bo‘lsa, nasriy asarlarni o‘qishda ham muhim talablardan biridir. Nasriy asarlarni ifodali o‘qishdan oldin unda qanday g‘oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda Normurod Norqobilning «Xarita» hikoyasini ifodali o‘qishdan oldin o‘quvchilarga O‘zingizni qayerda eng xotirjam xis qilasiz? Vatan deganda nimani tushunasiz? Kabi savollar beriladi? O‘quvchi o‘z tushunchalarini bayon etadi. Asarni o‘qish jarayonida xis qilishadi. O‘quvchiga asarlardan xulosani mustaqil chiqarishga o‘rgatish zarur. O‘qituvchi ularning fikrlashini nazorat qilishi, noto‘g‘ri izoh berishganda ham urushmasligi va qayta o‘qishni taklif qilishi zarur. Sinfda 20 tadan 30 tagacha ba’zi hollarda undan ko‘p o‘quvchilarni o‘qitish mumkin. Barcha bola indivudial xususiyatga, psixik ruhga va oilaviy muhitga ega. Bularning barchasi fikrlash, tushunish qobiliyatida va xulosa qilish jarayonida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining ijodkorligi, mahorati tufayli o‘quvchi ongining shakllanishi, hayotsevarligi, vaziyatga to‘g‘ri baho berishi rivojlanadi. Ifodali o‘qish oldiga qo‘yilgan bu talab M. Abdurashidxonovning «Har kim ekkanin o‘rar», Sh.Sa’dullaning «Laqma it», A.Oripovning «Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi» kabi she’riy hikoyalarini o‘qishga ham xosdir. Badiiy o‘qish ifodali o‘qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so‘z san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o‘quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san’atkorona o‘qishni talab etadi. Badiiy o‘qishda asar qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to‘la anglab etilgandagina ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o‘qishga tayyorgarlik ko‘rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o‘quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo‘llaniladigan usuldir. O‘qish darslarida reproduktiv metoddan ham foydalaniladi. Masalan, o‘qituvchi dastlabki darslarda o‘zi asar matnini qismlarga bo‘ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo‘lgan muhim fikriga o‘quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko‘rsatadi, o‘quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, o‘quvchilarga ko‘maklashadi. Bularning bari o‘quvchilar uchun bir ko‘rsatma vazifasini o‘taydi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchining ko‘rsatmalari yordamida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni o‘zlari mustaqil ravishda bajaradilar. Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan “Fikriy hujum”, “Yalpi fikriy hujum”, “Fikrlarning shiddatli hujumi”, “6x6x6”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Qora quti”, “Beshinchisi (oltinchisi, ettinchisi ...) ortiqcha”, “3/3, (4/4, 5/5...)”, “Rasmlarning joyini top”, “Qizil va yashil chiroq”, “Videtopishmoq”, “Yumaloqlangan qor” o‘yini, “Zakovatli zukko”, “Qarama-qarshi munosabat”, “BBB”, “Zig-zag”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Juftlikda ishla”, “O‘zaro (bir-birini ) o‘qitish”, “O‘zaro savol-javob”, “Sinkveyn”, “Uch pog‘onali intervyu”, “Arra”, “Mo‘jizalar maydoni”, kabilardan foydalanish yaxshi samara beradi. Sinkveyn namunasi: “Xarita” hikoyasi uchun. O‘quvchida sinkveyn yozish natijasida fikrlarni jamlash, umumlashtirish, xulosalash kabi tafakkuri rivojlanadi. 1. Vatanim 2. Vatan –bebaho 3. Vatanni sevmoq- iymondandir. 4. Vatanimning tinchligi uchun jonim fido. 5. Faxrim
Boshlang‘ich ta’limda integratsiyalash bola dunyoni bilishi va tasavvur qilishda bir tomonlama emas, balki har tomonlama rivojlanishga erishiladi. CHunki bola dunyoga matematik, biolig, sportchi, rassom, so‘z ustasi, kashfiyotchi, usta, chevar ko‘zi bilan qarashni o‘rganadi. Dunyoni yaratish, uni bir butunligiga tasavvur qilishni tushunadi. Bunga albatta dars orasida o‘yin faoliyatidan foydalanishi yaxshi natija berib, bolani ruhan tetiklashtiradi. Bizga o‘yin turlari ma’lum, ulardan o‘z vaqtida va oqilona foydalanish o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Masalan, “Sanash o‘yini” orqali bolani xotirasi mustahkamlanadi, tez fikrlaydi. O‘yinda 1, 2, 4 o‘z o‘rnida aytiladi, faqat 3- o‘rniga olma, 5- o‘riniga esa qaldirg‘och deyish kerak. Agar bola so‘z o‘rniga raqam aytib yuborsa (4, 5 deb) o‘yindan chiqib turadi. SHunday qilib o‘yin oxirida qolgan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi va rag‘batlantiriladi. “Gullar terish” o‘yinida stol ustiga qog‘ozdan yasalgan gullar qo‘yib qo‘yiladi, har bir guruhdan o‘quvchilar chiqib, gulni oladi va gulni orqasiga yozilgan misolni ishlashi, savolga javob berishi kerak bo‘ladi. Qaysi guruhdan 5 daqiqa ichida ko‘p gul to‘plashsa, g‘olib hisoblanadilar, gullarni hisobchi hisoblaydi.Didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanish: Maktabga ilk qadam qo‘ygan bolalarni o‘qish jarayoniga qiziqishlarini oshirish murakkab hisoblanadi. SHu bois ham mashg‘ulotlarni didaktik o‘yin texnologiyalari bilan boyitib borish ham o‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini ortiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Darslarda foydalaniladigan didaktik o‘yin texnalogiyalari o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish darslik va qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasbga yo‘llash didaktik o‘yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo‘ljalni to‘g‘ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa yasashga zamin tayyorlaydi. Didaktik o‘yin texnologiyalari ta’lim – tarbiya jarayoniga didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Didaktik o‘yinli darslar o‘quvchilarning bilim olish faoliyati, o‘yin faoliyati bilan uyg‘unligi, mazmuni va mohiyatiga ko‘ra syujetli – rolli o‘yinlar, konferensiyalar va o‘yin mashqlarga ajratiladi. Har bir didaktik o‘yinli darslarning didaktik maqsadi, o‘ziga xos xususiyatlari ta’lim tarbiya jarayonida tutgan o‘rni, mazmuni ishlab – chiqilib, amaliyotga joriy etilgan. Boshlang‘ich sinflarda ayniqsa o‘qish darslarida didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanish, o‘tilayotgan mavzuni bolani ongida muhrlanib qolishi uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. CHunki bola biror ertak yoki hikoyadagi hodisa va voqealarni o‘zi ishtirokida tasavvur qilsa, mavzuni tushinishi ham osonlashadi. Masalan, hayvonlar haqida biror ertakni olaylik, o‘quvchilarga ertakni o‘qib berish va o‘qitish orqali darsni yakunlash mumkin, lekin ertakni sahnalashtirish, unda bolalarni o‘zlarini ishtirok ettirish yanada qiziqroq bo‘ladi. Buning uchun bolalar ertak uchun hayvonlar niqobini o‘zlari tikishlari, yasash ishlarini bajarishlari mumkin bo‘ladi. Demak, bola ertakni o‘qiydi, unga tayyorlanish uchun hayvonlar ovozini o‘xshatadi, rollarga kiradi, rasmlar chizadilar, badiy mehnat bilan shug‘ullanadilar, umuman olganda mustaqil ijod qiladilar. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki integratsiyalashgan, eng qiziqarli dars tashkil etiladi. Xo‘sh, bunday darslar qanday samara berishini ta’savvur qiling! Shunday qilib, boshlang‘ich sinf mashg‘ulotlarini integratsiyalash jarayonida didaktik o‘yin texnologiyasidan foydalanish yuqori samara berishi aniq. Ta’lim –tarbiya jarayonini integratsiyalash te’nologiyasini ishlab chiqishda, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning bilim va tahsil olishga bo‘lgan qiziqishlarini ortiradi, bilish faoliyatini oshiradi, ta’lim-tarbiya jarayoninig yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi.
https://hozir.org/maruza-boshlangich-sinflarda-oqish-darslarini-tashkil-etish-va.html
Do'stlaringiz bilan baham: |