Bosh tarxni loyihalashda xavfsizlik talablarini ta`minlashi umumiy tushunchalar va hujjatlar


Loyihalashda zilzilaviy talablarni ko‘rish



Download 0,69 Mb.
bet6/6
Sana21.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#688997
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AYNAQULOV 2

2.3. Loyihalashda zilzilaviy talablarni ko‘rish

Zilzila paytida binolarning qulashi mislsiz falokatlarga olib keladi, shu boisdan ularning seysmik mustahkamligiga jiddiy e’tibor talab etiladi. Bino loyihalanayotganda hisob va hayot sinovlaridan o ‘tgan m a’lum konstruktiv choralar amalga oshirilsa, inshootning zilzilaga qarshiligi ortadi. Tabiiyki, bunda qurilishning tannarxi qimmatlashadi.


Quyida inshootlarning seysmik mustahkamligini oshirishga sarf ctiladigan qo‘shimcha xarajatlarning hajmini ixchamlashga qaratilgan umumiy ko'rsatmalar bayon etiladi. Seysmomustahkam binolarni loyihalashningumumiy qoidalari Zilzilaga bardoshli binolar loyihasini tuzayotganda ularning plandagi ko‘rinishi simmetrik bo`lishiga hamda massa va bikrliklarning bir tekisda taqsimlanishiga erisliishga intilmoq zanir. Devorlar va ramalarning binoning bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlariga nisbatan simmetrik ravishda joylashtirish lozim. Shu yoM bilan buralma tebranishlarning oldi olinadi yoki ularning rivojlanishiga chek qo‘yiladi.
Bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar bino plani uzra uzluksiz ravishda tutashib ketishi kerak. Planda ajralgan (uzilgan) devor o‘zi tutashgan ikkinchi devorga ziyon yetkazishi mumkin. Agar biror sababga ko‘ra devorning uzlukli bo`lishi talab etilsa, u holda uning konstruktiv davomini rama ko‘rinishida olsa bo‘ladi.Binoning plani iloji boricha sodda bo`lgani m a’qul. Planda aylana, muntazam ko'pburchak. kvadrat yoki to‘gbri to‘rtburchak shaklidagi binolar zilzila kuchlariga qarshilik ko‘rsatishda murakkab shaklli binolardan ustun turadi. Agar me’morchilik yoki ekspluatatsiya talablariga ko‘ra planda murakkab shakldagi bino barpo etish lozim bo`lsa, u holda binoni antiseysmik choklar vositasida oddiy shaklli qismlarga ajratish kerak. Oddiy shaklli binolarning devorlari va konstruktiv elementlari turli yo‘nalishlarda o‘zaro teng yoki bir-biriga yakin mustahkamlik hamda bikrlikka ega bo`ladi; shu sababli gorizontal seysmik kuchning istalgan yo‘nalishida bunday binolar teng qarshilik ko'rsatadi. Bunday binolar buralma tebranishlarga ham yaxshi bardosh beradi. Toshkentdagi san’at saroyining tomosha zali planda aylana shaklda bo`lanligi sababli, episentrga yaqin joylashgan bo`lishiga qaramay, 1966- yil zilzilasiga juda yaxshi bardosh bergan. Bino yoki uning alohida qismlarining uzunligi nonuaga ko‘ra cheklangan bo`ladi Normada ortiqcha uzunlikdagi binoning ayrim boMaklari tebranishning filtrli fazalariga tushib qolsa, seysmik ta ’sir kuchayib ketadi. Shu sababli uzun binolar antiseysimk choklar yordamida kichik qismlarga (otseklarga) ajratiladi. Tejamkorlik nuqtayi nazaridan antiseysmik choklar temperature va cho'kma choklar bilan qolshib yuboriladi, ya'ni tem peratura choki bir vaqtning o ‘zida ham antiseysmik, ham cho‘kma chok vazifasini o ‘taydi.
Cho‘kma choklardan farqli o`laroq, antiseysmik choklarni binoning butun balandligi bo‘ylab ajratish emas: poydevorlarni uzmay yaxlit qoldirish mumkin. Binoning konstruktiv yechimiga qarab, antiseysmik choklarni qo‘sh devor yoki qo‘sh ustun (kolonna) ko'rinishida olinadi. Antiseysmik choklaming kengligi (eni) binoning balandligi va bikrligiga bog`liq. Balandigi 5 m gacha bo`lgan binolarda chokning eni 3 sm dan kam bo`lmasligi kerak. Baland binoda chokning eni har 5 m da 2-sm dan kengaytirib boriladi. Bundan tashqari chokning bino maksimal siljishlarining ikkilangan qiymatidan kichikroq bo`lishi kerak. Antiseysmik choklar ajratilgan qismlarning bemalol siljishiga (tebranishiga) imkon bermogi lozim. Aks holda qo‘shni qismlar o‘zaro urilib. qattiq sliikastlanishi mumkin. Antiseysmik choklar orasidagi masofa hamda binolarning balandligi qurilish normalarida belgilangan. Bir otsek chegarasida binoning balandligini birday olish maqsadga muvofiqdir. Ayrim qismning balandligini kattaroq olish, shu qism massasining ortishiga va o‘z navbatida seysmik kuch miqdorining ortishiga olib keladi; bu esa o ‘sha qism elementlarining ko‘ndalang kesim oMchamlarini kattalashtirishni talab etadi.
Umuman, seysmik kuchlar miqdorini kamaytirish uchun bino konstruksiyalarming vaznini kamaytirish lozim. Buning uchun konstruksiya elementlarining ko'ndalang kesimini kichikroq (mustahkamlikka putur yetkazmagan holda) olib, yengil qurilish materiallaridan foydalaniladi. Binoning asosida hosil bo`ladigan maksimal ichki kuchlar (ko‘ndalang kuch, eguvchi mament) miqdorini kuchraytirish maqsadida seysmik kuchlar teng ta’sir etuvchisini mumkin qadar pastroqdan o‘tishiga erishish zarur. Bunga binoning yuqori qismlarini yengil materiallardan ishlash, og‘ir jihozlarni pastki qavatlarga ko‘chirish yo`li bilan erishsa bo`ladi. Keyingi yillarda yig‘ma temir-beton konstruksiyalar binokorlikda keng ko`lamda qo`lanilmoqda. Zilzila kuchlariga qarshilik ko'rsatishda yigma elementlarning tutashgan choklari nozik joy hisoblanadi. Shu boisdan uzel va choklar puxta ishlanishi lozim. Choklar sonini kamaytirish maqsadida, yong`in elementlar o`lchamlarini kattaroq olish tavsiya etiladi.
Seysmik tumanlarda barpo etiladigan binolar asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning xiliga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1) devorlari yuk koMaruvchi binolar (gisht yoki tosh devorli; yirik blokli, yirik panelli, monolit beton yoki temir-bctonli, yog‘ochli binolar); hajmiy temir-betonli elementlardan tashkil topgan yig‘ma binolar ham shu guruhga kiradi; ?) bikr diafragmali va sinch oralig‘idagi toMdirgichlari seysmik kuchlarni qabul qilishda ishtirok etadigan karkasli (sinchli) binolar;
3) seysmik kuchlarni qabul qilishda karkas ishida kam ishtirok etadigan osma panelli karkasli binolar; devorlari o ‘z ogMrligini o ‘zi koktarib turadigan karkasli binolar ham shu toifaga kiradi. Birinchi guruhni tashkil etgan binolarning bikrligi katta va oxirgi guruhdagilarniki, aksincha, kichik ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Mazkur bandda bayon etilgan um um iy talab va loyihalash qoidalari barcha tipdagi binolar uchun taalluqlidir. Vazifa - iqtisodiy jihatdan asoslangan, yer qimirlaganda odam lar va qim m atbaho jihozlarning xavfsizligini ta ’minlay oladigan konstruktiv yechimni tanlashdan iborat. Tabiiyki, turli konstruktiv sistemalar har qaysisi o ‘ziga xos tom onlaribilan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun navbatdagi bandlarda konkret konstruksiyali binolarga qo‘viladigan xarakterli talablar bilan tanishib o‘tamiz.


XULOSA
Ma’lumki hozirgi rivojlanayotgan zamonda bino inshootlari sohasida ham katta yutuqlar va katta o`zgarishlar bo`lmoqda, bunga misol qilib Respublikamizning har bir shahrida ulkan-ulkan binolar qad ko`tarmoqda va . Shunday ekan bu osmon o`par binolarni qurish jarayonida birinchi navbatda binolarni qurishda avvalo loyihalashda zilzilaga, shamolga va tashqi yong`in hamda ichki ta’sir etuvchi xavfli omillarga qarshi chora tadbirlar hamda sifatli homashyolar ishlatilishi kerak bo`ladi.
Hozirda qurilayotgan osmon o`par quriladigan bino yoki inshootlarda yashash, mehnat qilish, o‘qish va h.k. lar uchun eng qulay muhit yaratilishi lozim. Buning uchun atrof-muhit holati quyidagi asosiy omillar bo‘yicha baholanadi:
• hududning iqlimi va mikroiqlimini baholash;
• suv havzalarining sanitar-gigiyenik holatini baholash;
• hududning relyefi va geologik muhitining buzilganlik darajasini baholash;
• yerning ustki unumdor qatlami (tuproq)ning sanitar-gigiyenik holatini
baholash;
• atrof-muhitga fizik omillarning ta’siri darajasini baholash;
Ko‘rinib turibdiki, bino inshootlarni qurishda bosh tarxni loyihalashning o`rni katta hisoblanadi masalaga kompleks yondoshishni talab qiladi.
Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish