Bosh tarxni loyihalashda xavfsizlik talablarini ta`minlashi umumiy tushunchalar va hujjatlar


Loyihalashda qo`llaniladigan umumiy qoidalar



Download 0,69 Mb.
bet2/6
Sana21.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#688997
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AYNAQULOV 2

1.2 Loyihalashda qo`llaniladigan umumiy qoidalar
Katta hududlarda mahalliy manbalardan suv ta'minotining mavjud emasligi va shu sababdan suvni tozalash, chuchuklash, tashish, sovitish va saqlash bo`yicha maxsus choralarni bajarish; kuchsiz qum gruntlarining ichimlik qoplamaini asrash bo`yicha chora- tadbirlariga amal qilish.
Xavfli geologik sharoitli rayonlarda ob'ekt qurilishi, qurilishni tashkil etish loyihasida talablariga qo`shimcha qilib, quyidagi talablar hisobga olinishi kerak: maxsus xususiyatli (cho`kma, shishgan) gruntlarda quriladigan ob'ektlar qurilishida, birinchi galda bajariladigan maxsus chora-tadbirlar suv chetlatishni tashkil etish, vaqtinchalik suv ta'minoti moslamalari va foydalanish sistemalarini tashkillanmagan gruntlarni bo`ktirishni oldini olish, hamda cho`kmalarni sistematik nazorati va ularni oldini olishni ta'minlash kerak.
Maxsus tabiiy sharoitlarda ob'ekt qurilishi, qurilishni tashkil etish loyihasida ko`rsatilgan qo`shimcha qilib, quyidagi talablar kiritilishi kerak: ) suriluv va tushib ketishga qarshi himoyalov inshootlari uchun:qurilish davrida ko`chish va o`pirilish jarayonlarining faolligi va intensivnostining ma'lumotlari; himoyalov inshootlarini qurilish davrida qiyalar va raxlar chidamliligini ta'minlash bo`yicha chora-tadbirlar; qurilishning kalendar rejasi barcha ishlarning tugallanishi kerakligiga qarab, tartibi va bajarish muddatini yoki yer ishlarini yomg`ir mavsumi boshlangunga qada vaqtinchalik to`xtatishni hisobga olgan holda tuzish; gruntni joylashtirish va saqlash qarorlari, ko`chki hududlarda ag`darma moslamalarni yo`l qo`ymaslik;suvni chetlatish, pasaytirish va gruntlarni maxsus usullar bilan mustashkamlash qarorlari;
selga qarshi himoyalov inshootlari uchun: qurib bitirilmagan inshootlardan kerakli vaqtda toshqin va sel oqimlarini o`tkazish qarorlari; alohida ish turlarini, joy sharoitini hisobga olib, mavsumiy bajarilishini isbotlovchi qarorlari; qurilish kalendar rejasida sel oqimlarini paydo bo`lishi mumkin bo`lgan muddatlarini, izlanish materiali ma'lumotlariga ko`ra ko`rsatish; sel oqimlarining paydo bo`lishini nazorat qiluvchi xizmat punktlarining joylashuvi va ularning qurilish dispetcherlik punkti bilan radioaloqasini ta'minlash; ishlab chiqarish bazalari, turar-joy manzili va o`tish yo`llari ob'ektlarini xavfsiz hududlarga joylashtirish, hamda odamlar va qurilish texnikasini evakuatsiya qilish taxminiy yo`llari materiallari;
Qurilishni tashkil etish loyihasining mazmun va mohiyati.
1. Ob'ekt qurilishini tashkil etish loyihasi, loyihada ko`rsatilganidek, qurilishning umumiy miqdorini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim. Navbatma-navbat ob'ekt qurilishida qurilishni tashkil etish loyihasi birinchi galda qurilishni umumiy rivojlantirishni hisobga olib tuzilishi kerak.



1-rasm. Loyihalashda qo`llaniladigan umumiy qoidalar
2. qurilishni tashkil etish loyihasi tartibiga quyidagilar kiradi:
a) qurilishning kalendar jadvali, unda asosiy va yordamchi bino, inshootlar qurilishi, texnologik tarmoqlarni ishga tushirish yoki qurilish davrida bino, inshootlar bo`yicha qurilish-montaj ishlari hajmi va kapital qo`yilmalarni taqsimlab, shasharsozlik komplekslarining muddati va navbati belgilanadi. Tayyorgarlik davri uchun kalendar jadval alohida tuziladi(oylar bo`yicha ish taqsimotini taqsimlanadi.);
b) qurilishning bosh qurilish rejasi, bino va inshootlarning doimiy joylashuvi, vaqtinchalik, shuningdek mobil(inventar) bino, inshootlar joylashuvi, asbob- uskunalarni tashish uchun doimiy va vaqtinchalik temir yo`l, avtomobil va boshqa yillar (shu bilan birga og`ir, yirik asbob-uskunalar, jihozlar), konstruksiya, material va buyumlar; katta yuk ko`tarish kranlarini siljish yo`llari; mushandislik tarmoqlarini harakatlanuvchi tarmoqlarga ulash joylari, qurilish maydonini elektroenergiya, suv, issiqlik, par bilan ta'minlash manbasini ko`rsatish bilan; asosiy montaj kranlari va boshqa qurilish mashinalari, mexanizasiya qurilmalari; mavjud va buzishga layoqatli qurilmalarning taqsimoti bilan. qurilish maydonidan tashqari shududlar texnologik va tashkiliy yechimlar bilan qamrab olinadigan vaqtlarda, bosh qurilish rejasidan tashqari sharoitiy qurilish rejasi ishlab chiqiladi. Unda korxonalarning material- texnik bazasi va konlar, tashqi yo`llar(ularning uzunligi va o`tkazish qobiliyati ko`rsatiladi), DTAJ «O`zbekiston temir yo`llari» yo`llariga stansiyalarning qisilib ketishi, ko`l qirg`oqlari, aloqa va elektr uzatish tarmoqlari, qurilish material, konstruksiya, asbob-uskunalarini yetkazib berishning transport sxemasi, qurilayotgan ob'ekt hududlarining va ularga yaqin mavjud bino, inshootlar uchastkasi orasidagi chegarani aniqlash, vaqtinchalik qurilish uchun ajratiladigan uchastkalarda o`rmonlarni kesish ishlari joylashuvi belgilanadi.
v) texnologik - tashkiliy sxemalar(katta kompleks binolar, murakkab va noyob inshootlarni loyihalashtirish keltiriladi) bino va inshootlar qurilishining optimal tartibi belgilanadi.Unda ishlarning texnologik tartibi ko`rsatiladi.loyihalashtirish hujjatlari asosiy qurilish- montaj va maxsus qurilish ishlari miqdori qaydnomasiini aniqlaydi. Asosiy bino va inshootlar, ishga tushirish yoki shaharsozlik ko`mplekslari bo`yicha qurilish davri ishlari ajratiladi;
d) qurilish konstruksiya, buyum, material va jihozlariga eshtiyojlik qaydnomalari qurilish kalendar davri bo`yicha taqsimlanadi, bosh pudrat tashkiloti va buyurtmachi tomonidan yetkaziladi,umumiy ob'ekt qurilishiga va asosiy bino, inshootlarda bajariladigan ishlar hajmidan, qurilish materiallarining ketish me'yorlaridan kelib chiqib tuziladi. qurilish bo`yicha asosiy qurilish mashinalari va transport vositalariga ehtiyoji, jismoniy ishlar hajmi asosida, yuk ko`tarish ob'ekti va qurilish mashinalari, transport vositalari ishlab chiqish me'yorlari bo`yicha tuziladi.
j) tushuntirish xati: qurilishning murakkabliligi va sharoitlari xarakteristikasini; ishlab chiqarish usullari va qurilish, montaj, maxsus qurilish ishlari imkoniyatlarini birgalikda olib borish, shu qatorda qish, quruq yoz iqlimi sharoitida bajariladigan ishlar, mavsum bo`yicha bajariladigan ishlar muddatining ko`rsatilishi, hamda murakkab bino va inshoot qurilishidagi texnologik yechimlarni isbot qilish; vaxta usuli bilan bajariladigan ishlar bo`yicha chora-tadbirlarni; mehnatni muhofaza qilish bo`yicha chora-tadbirlarni; atrof-muhitni saqlab qolish usuli.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish