and the bones of the skull. The irregular bones include the vertebrae and
Hayvonda miyachaning bir tomoni shikastlansa, hayvon shu miyachasi shikastlangan tomoniga qarab ogib, yiqilib ketaveradi. Bir necha kundan song hayvon xarakatlari normallashadi. Agarda hayvon miyachasining ikkala yarim sharlari olib tashlansa, hayvon butunlay nogiron bolkb qoladi. Nogironlikning birinchi kunlarida hayvon ornidan turolmaydi, oddiy harakatlarni ham bajara olmaydi. Odamda miyacha faoliyati izdan chiqsa harakatlar koordinatsiyasi buziladi. Odam tez charchab, oyeqlarini juda kerib, gandiraklab va qaltirab yuradi. Bir necha oydan song harakatlar tiklanadi, chunki muskul harakatlari koordinetsiyasida katta yarim sharlar postlogi ishtirok etadi. Miya yarim sharlari miyacha orqali skelet muskullarining tonusini va koordinatsiyasini reflektor yol bilan boshqarib turadi. Ung yarim sharlar miyachaning chap yarim sharlari funktsiyasini, chap yarim sharlar esa ong yarim sharlari funktsiyasini boshqaradi. Miya yarim sharlari miyacha orqali vegetativ funktsiyalar-yurak, qon tomirlar faoliyatini, ovqat hazm qilish va boshqa funktsiyalarni boshqaradi, chunki miyachada juda kop vegetativ markalar joylashgan.
Yangi tugilgan bola miyachasining ogirligi 20,5-23 g 6 oylikda 62-65 g boladi. Bolada miyachaning oq moddasi kulrang moddasiga nisbatan tez rivojlanib 7-6 yoshida tugaydi. Miyachada reflektor funkpiyalar shakllanishi uzunchoq miya, orta va oraliq miyani shakllanishi bilan bogliq.
Orta miya. Orta miya 4 ta tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari qizil yadro, qora modda va bosh miyadan chiqadigan 3-4 juft koz olmasini harakatga keltiruvchi va 4 juft galtaksimon nervlarning yadrolari bor.
Orta :miya yadrolari faoliyatiga qarab ikkiga - sezuvchi va haraxat yadrolariga bolinadi. harakat yadrolari organizmda muskullar tonusiga togridan-tutri ta`sir etadi. Agarda hayvon bosh miyasini ochib, uzunchoq miya bilan orta chegarsidan 45° qilib qirqilsa, operatsiyasidan song hayvon boshi orqaga qarab ketadi, dumi kotariladi. Agar miya sopi orta miyaning yuqorisidan kesilsa, bunday holat kelib chiqmaydi. Sezuvchi yadrolar eshitish va korish funktsiyalarida ishtirok etadi. Orta miyasi shikastlangan odamda faqat togrilovchi reflekslar buziladi, lekin muskullar tonusi saqlanib qoladi. Chunki, odamda muskullar tonusini boshqarilishi bosh miya ishtirokida amalga oshiriladi. Shuningdek, orta miyada katta yarim sharlariga boradigan otkazuvchi yollar jomlashgan. Orta miya ishtirokida vujudga keladigan reflekslar xomilani ona qornida rivojlanishida shakllana boshlaydi. Yangi tugilgan bolada qorachig refleksi yaxshi rivojlangan boladi. Tovush va teri ta`sirotlariga koz qorachigini kengayishi bolaning 10 haftaligidayeq , vujudga keladi. Bolaning 2-3 oyligidan boshlab labirint resfleksi yaxshi */ namoyon boladi. Bola yoshi ortishi bilan fazoda tana holatini ushlab turish refleksi ham yaxshi rivojlanib boradi. Orta miyaning osishi va funktsional rivojlanishi miya sopining boshqa qismlarini taraqqiyoti bilan bogliq.
Yangi tugilgan bolada orta miyaning vazni 2,5 g. Qizil yadro yaxshi rivojlangan boladi. Shuningdek qora substantsiya ham taraqqiy etgan bolib hujayralari differentsiyalashgan boladi.
Orta miya ishtirokida embrionning ona qorniadayoq turli reflekslar . shakllangan boladi, tonik labirint, ximoya va boshqalar.
Yangi tugilgan bolada qorachig refleksi yaxshi rivojlangan boladi, Bola bir yoshigacha qorni tomonga agdarilish, emaklash, otirishga organadi.
Oraliq miya. Oraliq miya orta miya yukorisida joylashgan. Oraliq miyaga qorquv dumboqari, dumboq osti qismi va tizzasimon tana kiradi. Dumboq ostki qismi yadrolari bilan bolani turli yosh muddatlarida taraqqiy etadi. ; Bola hayoti mobynida hujayralar differentsiyalashadi. Bu differentsiyalanish 7 yoshda tugaydi. Jinsiy voyaga Yetish davrida esa dumboq ostki qismi bosh miyaning turli bolaklari bilan aloqasi kengayadi. Organizmdashi barcha markazga intiluvchi nerv tolalari korish domboqlari bilan boglangan, shuning uchun barcha markazga intiluvchi nerv tolalari koruv domboqlariga keladi. Koruv bortiklari ya`ni domboqlari shikastlansa, korish butunlay yoki qisman yoqoladi, bosh ogriydi, paralich yuz beradi, uyqu buziladi. Bortiq . ostki qism funktsional jihatdan oqsil, yog, tuz va suv almashinuvi boshqarilishi bilan bogliq.
Bundan tashqari bortiq ostki qism nerv markazlari organizmda ter ajralishi, issiqlikni boshqarish va uglevodlar almashinuviga ta`sir etadi.
Hayvon bosh miyasining koruv domboqlarining ostki qismi shikastlansa tana temperaturasi birdek saqlanmaydi, uglevodlar almashinuvi buziladi. Tanada turli-yaralar paydo boladi, tishlar tokilib ketadi, va boshqa ozgarishlar yuzaga keladi.
Gipotalamus yadrolari 2-3 yoshda shakllanadi. Kulrang bortiq hujayralari differentsiyalashuvi kechrok 13-17 yoshda tugaydi. Gipotalamus bosh miya katta yarim sharlarga nisbatan tezroq shakllanishi kuzatiladi. Yangi tugilgan bolada taktil, maza bilish, hidlash, temperatura va ogriq ta`sirlariga reflektor reaktsiya vujudga keladi. Bolada achchik, nordon, shor, shirin mazalarga reaktsiyalar vujudga keladi.
Bogcha yoshi davrining songida postloq va postloq osti harakat nerv . markazlarini mexanizmini ma`lum darajada mutanosibligi vujudga keladi. Bola uygunlashgan harakatlarni bajaraboshlaydi. Koruv bortiqlari 4 yoshda intensiv rivojlanadi. Osmirning 13 yoshida esa olchamlari kattalarnikidek boladi. Yangi tugilgan va 1 yoshgacha bolgan bolalarda issiqlik boshqaruvchi nerv markazlari yaxshi takommilashmagan boladi. Bolalarda maza bilish, -temperatura, ogriq va boshqa turli ta`sirotlarga javob qaytarish reaktsiyasi yoshi kattalashishi bilan ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |