KEYINGI MIYA
Keyingi miya uzunchoq miya bilan Varolio koprigidan iborat. Uzunchoq miyaning asosiy funksiyalari unda hayot uchun muhim markazlarning borligidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, orqa miyadan markazga intiluvchi yollar, shuningdek bosh miyaning yuqoridagi boplimlaridan markazdan qochuvchi yollar keyingi miya orqali otadi. Uzunchoq miyadagi bazi nerv hujayralarining opsiqlari orqa miyaning turli boiimlariga boradi va uzunchoq miya bilan orqa miyani bir-biriga boglaydi.
Boshqa nerv hujayralarining opsiqlari esa, uzunchoq miyadan kelib chiqib. bosh miya nervlarini hosil qiladi.
Uzunchoq miyada nerv hujayralarining topplamidan vujudga keladigan markazlar muhim reflektor aktlarni yuzaga chiqaradi.
Yuqorida aytilganidek, uzunchoq miyada hayot uchun muhim bir qancha markazlar bor. Jumladan. nafas markazi, yurak faoliyati markazi, tomirlarni harakatlantiruvchi markaz, modda almashinuvini idora etadigan markaz uzunchoq miyadadir.
Bu markazlaming fiziologiyasi darslikning tegishli boblarida mukammai bayon qilingan.
Nafas markazida qozgalish reflektor yopl bilan, shuningdek qonning ximiyaviy tarkibining tasiri tufayli kelib chiqadi.
Adashgan nervning markazga intiluvchi tolalari orqali opkadan keluvchi impulslar nafas markazini refleks yopli bilan uzluksiz qoz gpab turadi. Qondagi karbonat angidrid asosan ximiyaviy tasir lovchi ekanligini yuqorida aytilganlardan bilamiz.
Shunday qilib, nafas markazining faoliyati refleks yopl bilan ham, ximiyaviy yopl bilan ham idora etiladi.
Yurak faoliyatining markazi nerv hujayralarining topplamidan iborat. Bu markazning asosiy ahamiyati yurakning ishini idora etishdan iborat. Nafas markazi kabi, yurak faoliyatining markazi ham refleks yopl bilan va ximiyaviy moddalar tasiri bilan qozgaladi. Aorta yoyidan va umumiy uyqu arteriyasining tashqi hamda ichki uyqu arteriyalariga bolinadigan joyidan boshlanuvchi reflekslar yurak faoliyati markazining refleks yopl bilan qozgalish iga misol bopla oladi. Yurak-tomir tizimining boshqa kop qismlari kabi shu qismlarida ham qon bosimi oshganda yurak faoliyati refleks yopli bilan tormozlanadi.
Tomirlarni harakatlantiruvchi umumiy markaz ham reflektor va ximiyaviy tasir lar ostida boladi.
Bu markaz orqa miyadagi tomirlarni harakatlantiruvchi markazlaming faoliyatiga tasir etadi. Aorta yoyidan va uyqu arteriyasidan boshlanuvchi refleks (yuqoriga qaralsin) tomirlami harakatlantiruvchi markazning faoliyatiga tasir etib, tomirlami kengaytiradi. Simpatik nerv tizimi esa tomirlami toraytiradi.
Modda almashinuvi markazlari modda almashinuvini idora etadi. Uzunchoq miyaning muayyan qismlariga igna sanchilganda siydik bilan qand chiqa boshlaydi yoki suv va tuz almashinuvi buziladi.
Metabolizm, energetik talablar va ozuqa moddalari Metabolizm organizmni yaratish, ozgartirish va parchalash yoli bilan hayotni saqlab turish uchun zarur bolgan barcha biokimyoviy jarayonlarni oz ichiga olgan bolib, uni konstruktiv (produktiv, anabolik) va energiyani ozgartiruvchi (katabolik) metabolizmga bolish mumkin. Anabolizm (konstruktiv metabolizm) organizmning osishida ishtirok etuvchi hujayra moddalarini ishlab chiqarish, ya`ni endogen moddalarni (organizmning oz moddalarini) sintez qilishni (jumladan Oqsillar, uglevodlar, yoglar) oz ichiga oladi.
Umuman olganda biz moddalar, ozga jismlar organizmning oz moddalariga aylanadigan jarayonlarni organizmning assimilyativ energiya iste`mol qiluvchi (anabolik) jarayonlar deb ataymiz. Osimliklarda assimilyatsiya (fotosintez) quyosh nurini singdirib olishni oz ichiga oladi, uning yordamida energetik past anorganik moddalar energiyaga boy organik moddalarga aylanadi (avtotrof organizmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |