Bosh miya Uzunchoq miya va ko’prik



Download 32,78 Kb.
bet4/4
Sana07.07.2022
Hajmi32,78 Kb.
#753664
1   2   3   4
Bog'liq
BOSH MIYANING TUZILISHI

5.O’rta miya.O'rta miya-mesensephalon, miya oyoqchalari pedunculus cerebri va tomi — lamina tecti o'rta miya tomidan iborat.O'rta miya oyoqchalari orasida chuqurcha—fossa interpeduncularis bo'lib, bu sohada orqa ilma-teshik hosila — substantia perforata posterior va IlI juft bosh miya nervi chiqadigan egat — sulcus nervi oculomotorii joylashadi.Pedunculus cerebri - miya oyoqchalari o‘z navbatida quyidagi qismlarga bo'linadi:a) crus cerebri — oyoqchaning oldingi (ventral) qismi. Bu sohada o'rta miyaning lateral egati — sulcus lateralis mesencephali ko'rinadi.b) tegmentum mesencephali — oyoqchaning orqa (dorzal) sohasi. Bu sohada lateral qovuzloqning uchburchagi trigonum lemnisci lateralis hosil bo'ladi.O'rta miya sohasiga miyachaning yuqori oyoqchalari — pedunculus cerebellaris superior birikadi. Bu oyoqchalar orasida yuqori chodir yuganchasi — frenulum veli medullaris superioris joylashadi.O'rta miyaning hosil bo'lishida asosan ko'ruv a’zolarining ta’siri katta bo'lganligidan shu a’zolarni boshqaradigan nerv hujayralari o'rta miya sohasida joylashadi. O'rta miyaning dorzal (orqa) sohasi — o'rta miya tomi — lamina tecti mesencephali deb ataladi. Bu sohada to'rtta tepalik ko'rinadi. Yuqorigi ikki tepalik — colliculi superiores ko'ruv po'stloq osti markazi bo'lsa, ostki ikki tepalik colliculi inferiores eshituv po'stloq osti markazi hisoblanadi. Har bir tepalikdan yon tarafga hujayra o'simtalaridan hosil bo'lgan qo'lchalar — brachium colliculi superiores va brachium colliculi inferiores yo'naladi. O'rta miyaning oldingi sohasida miya oyoqchalari — pedunculi cerebri joylashadi va asos^n bosh miya bilan bog'langan o'tkazuv yo'llari tutamlaridan tashkil topadi.
6.Oraliq miya(diencephalon)ko’ruv bo’rtig’i sohasi…U ikki bolimdan iborat. Orqa sohada joylashgan bo'rtiq sohasi thalamencephalon va oldingi sohadagi bo'rtiq osti — hypothalamus yuzalari.I. Bo'rtiq sohasi o‘z navbatida 3 qismdan iborat.a) ko‘ruv b o ‘rtig'i — thalamus; b) bo'rtiqning ustki sohasi — epithalamus; d) bo'rtiqning orqa sohasi — metathalamus. а) Ko'ruv bo'rtig'i — thalamus opticus oval shakldagi kulrang modda bo'lib,oldingi uchida — tuberculum anterius, orqa qismida esa yostiqcha pulvinar yuzalari ko'rinadi. Joylashishiga ko'ra: oldingi, orqa, markaziy,medial, lateral o'zaklar bo'ladi. Bo'rtiq sohasida hamma sezgi o'tkazuv yo'li, orqa qismida esa ko'ruv nervi neyronlari joylashadi. Shu sababdan bo'rtiqni sezuv po'stloq osti markazi deyiladi. Bo'rtiqsohasi (thalamencephalon)o'z navbatida, ko’ruv bo'rtig'i,bo'rtiq orqasi va bo'rtiq usti sohalariga bo'linadi.Ko'ruv bo'rtig'i (talamus opticus) III qorinchaning ikki yon tomoniga joylashgan oval shakldagi kulrang modda to'plamidan iborat.Uning oldingi uchi torayib oldingi bo'rtiqni (tuberculum anterius),orqa uchi esa kengayib yostiqchani (pulvinar) hosil qiladi. Ko'ruv bo'rtig'iningichki yuzasi III qorincha bo'shlig'ining yon devorini, ustki yuzasi esa yon qorinchalar markaziy qismining tubini hosil qiladi.
7.Gipotalamus. Uchinchi qorincha .Bo'rtiq osti sohasi (hypothalamus) III qorinchaning tubini hosil qilishda ishtirok etadi.Uning tarkibiga ko'ruv nervi kesishmasi, ko'ruv yo'li, kulrang tepacha,quyg'ichsimon o'simta, gipofiz va so'rg'ichsimon tana kiradi. Bo'rtiq osti sohasi ikki: oldingi (regio hypothalamica anterior)yoki ko'ruv qismi (pars optica) tarkibiga kulrang tepacha (tuber cinereum),quyg'ichsimon osimta(infundibulum), gipofiz (hypophysis), ko'ruv nervi kesishmasi(chiasma opticus) va ko'ruv yo'li (tractus opticus) kiradi.Orqa (regio hypothalica posterior) yoki hidlov qismiga (pars olfactoria) so'rg'ichsimon tana, bo'rtiq osti sohasida (regio subthalamica) .Joylashishiga kora oldingi ,oraliq va orqa bo'linadi.Gipotalamusning nerv hujayralari sekret ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lib (neyrosekret), bu sekret shu hujayra tolalari orqali gipofizga boradi. Bu o'zaklami gipotalamusning neyrosekretor o'zaklari deyiladi.Ulargagipotalamusning oldingi sohasidajoylashgan supra optik o'zak (nucleus supraopticus) va paraventrikulyar o'zaklar (nucleus paraventricularis) kiradi.Gipotalamusni oraliq sohasida: ravoqsimon o'zak (nucleus arcuatus),oldingi va orqa media! o'zaklari (nuclei hypothalamicus ventromedialis et dorsomedialis), gipotalamusning dorsal o'zagi (nucleus hypothalamicus dorsalis), quyg'ich o'zagi (nucleus infundibularis),kulrang tepalik o'zagi (nucleus tuberalis)j-n.Yangi tug'ilgan chaqaloq oraliq miyasi nisbatan yaxshi rivojlangan bo'ladi. Ko'ruv bo'rtig'i bola 2 yoshga to'lgunicha tez o'sib kn sekinlashadi. Uning kengligi 2 yoshda 3 marta, uzunligi esa 13 yoshda 2 marta kattalashadi.Uchinchi qorincha (ventriculus tertius) oraliq miyaning o'rtasida ingichka sagital yorig' shaklida joylashgan bo'lib, oltita devori tafovut qilinadi. Uning tashqi devorini ko'ruv bo'rtig'ining ichki yuzasi, oldingi devorini oxirgi parda (lamina terminalis), gumbaz ustunlari (columna fornicis) va oldingi bitishma (commissura anterior) hosil qiladi. Gumbaz ustunlari bn ko'ruv bo'rtig'ining oldingi qismi o'rtasida qorinchalararo teshik (forameninterventriculare) joylashgan.3-qorinchaning orqa devorini orqa bitishma (commissura cerebri posterior) va (commissura habinularum)chegaralaydi. Uning ostida miya suv yo'li teshigi yotadi. Orqa devorda ikkitachuqurcha (recessus suprapinealis), hamda (recessus pinealis) bor. Uchinchi qorinchaning yuqori devorini qadoq tana va miya gumbazi ostida joylashgan.3-qorinchaning pastki devorini esa bo'rtiq osti sohasi hosil qiladi. Bu yerda 3- qorincha: voronka chuqurchasi (recessus infundibuli) va ko'ruvchuqurchasini (recessus opticus) hosil qiladi.
8.Oxirgi miya(telencephalon).Plashch.Oxirgi miya miya yarimsharlari — hemispheria cerebri dan, bu yarimsharlarning tashqi tarafmi qoplagan kulrang moddadan hosil bolgan po'stloq — pallium, yarimsharlarning ichida joylashgan bazal o'zaklardan tashkil topadi. Oxirgi miyaning bo'shlig'i yon qorinchalar -ventriculis lateralesga aylanadi.2bosh miya yarimsharlari o'zaro, oq moddadan tashkil topgan, qadoqsimon tana — corpus collosum vositasida birlashadi. O'z navbatida qadoqsimon tananing oldingi o'tkir uchi — rostrum corporis collosi, tizzasimon egilgan sohasi — genu corporis collosi; o'rta qismi tanasi — truncus corporis collosi va orqa sohasiga — splenium corporis collosi deyiladi.Har bir bosh miya yarimsharlarida: tashqi — lateral, medial va asosidagi yuzalar, peshona bo‘lagi, tepa bolagi, ensa hamda chakka bo'laklar tafovut etiladi. B. m. y o'zaro bosh miyaning bo‘ylama tirqishi — fissure longitudinalis cerebri vositasida 2ga ajraladi.Ensa sohasida esa bosh miyaning ko'ndalang tirqishi — fissura transversa cerebri bosh miya yarim shar/ini miyachadan ajratadi.
9.Yarimsharlar oq moddasi.Bazal o’zaklar.Bosh miya yarimsharining ust tomondan qoplagan po'stloq ostida oq modda qatlami yotadi. Yarimshaming oq moddasi bir-biri bn kesishib joylashgan, vazifasi, yo'nalishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o'xshamagan nerv tolalaridan iborat. Assotsiativ tolalar 1ta yarimshaming turli qismlarini bir-biri bn bog'laydi. 1. Ustki bo'ylama tutam (fasciculus longitudinalis superior) peshona bo'lagining ustki lateral yuzasi po'stlog'ini ensa, tepa va chakka bo'lagining orqa qismi bilan bog'lab turadi.2.Ilgaksimon tutam (fasciculus uncinatus) yarimsharlar peshona bo'lagining pastki oldingi yuzasini chakka bo'lagining oldingi qismi bn qo'shadi.3. Belbog' (cingulum)peshona bo'lagining medial yuzasi po'stlog'ini tepa bo'lakning medial yuzasi va chakka bo'lak po'stlog'ining orqa qismiga bog'laydi.4.Pastki bo'ylama tutam (fasciculus longitudinalis inferior) chakka bo'lagining ostki yuzasi po'stlog'ini ensa bo'lak po'stlog'i bilan qo'shadi.Komissural tolalar har 2 yarimshardagi bir xil qismlami bir-biri bn bog'laydi.Bosh miya yarimsharlarining tashqi yuzasidagi kulrang moddadan tashqari,ichki yuzasida, oq moddaning orasida joylashgan kulrang moddalarga (nerv hujayralari)-bazal o'zaklar deyiladi. Bazal o'zaklar uch xil hujayradan tashkil topgan bo'lib, ular: targ'il tana -corpus striatum; ixota -claustrum;bodomsimon tana -corpus amygdoloideum.I.Targ'il tana- corpus striatum o ‘z navbatida dumsimon o'zak-nucleus caudatus va yasmiqsimon o'zak — nucleus Ientiformis lardan tashkil topgan.Dumsimon o'zak-ko'ruv bo'rtig'ining lateral tarafida va ustida joylashadi.Bu o'zak boshchasi- caput nuclei caudati, bosh miya peshona bo'lagi sohasida joylashib, yon qorinchaning old shoxchasi devorini hosil qilishda qatnashadi.Dumsimon o'zak tanasi -corpus nuclei caudati esa, bosh miyaning tepa bo‘lagiga to'g'ri kelib, yon qorinchaning markaziy qismi lateral devorini hosil etishda qatnashadi. Bu o‘zakning dum qismi-cauda nuclei caudati yon qorinchaning pastki shoxi devorini hosil qilishda qatnashadi.Yasmiqsimon o'zak-nucleus lentiformis oq moddalar vositasida 2xil moddaga ajraladi. Lateral tarafda qobiq -putamen va ichki esa rangpar shar- globus pallidus deyiladi. Rangpar shar o'zaklari, o‘rta miyadagi qizil o'zaklar bilan bog'langan bo'lib,uning ishini zaiflashtirib (tormozlab) turadi. O'z navbatida rangpar shar o'zaklari faoliyatini dumsimon o'zak bilan qobiq o'zaklari boshqaradi. II.Ixota-claustrum o'zagi yasmiqsimon o'zakning lateral sohasida joylashadi. Bu ikki o'zak o'zaro- capsula externa deb nomlanadigan oq moddalar bilan ajraladi. Ixotaning lateral tarafidagi oq moddalar bu o'zakni orolcha pushtalaridan ajratadi va eng tashqi kapsula - capsula extrema deyiladi.III. Bodomsimon modda-corpus amygdoloideum o'zaklari nucleus amygdoloidea -bazal o'zaklar guruhiga kiradi. Bodomsimon o'zak chakka bo'lagining ichida joylashgan kulrang moddalardan tashkil topadi.
10. Bosh miya po‘slog’i.Po’stloq markazlarining joylashuvi.Bosh miya po'stlog'i (cortex cerebri) miya yarimsharlarining ustidan qoplagan kulrang modda qatlami bo'lib, juda murakkab hayotiy vazifani bajaradi. U organizmning hamma qismlari va tashqi muhitdan nerv yo'llari va sezgi a’zolari orqali kelayotgan ta’sirlami qabul qiladi, ulami tahlil qilib, bir-biriga bog'laydi (sintez). Shuning natijasida odam oiganizmi tashqi muhit ta’siriga moslashish xususiyatiga ega. 1. Harakat analizatorining o'zagi markaz oldi pushtasi va yarimshaming ichki yuzasidagi markaz yon bo'lagida (lobulus paracentralis) joylashgan. Bu sohada harakat analizatori o'zagi hujayralari po'stloqning o'rta qismlarida yotadi. Uning chuqur qavatlarida (5-6 qavat) katta piramida (Bets) hujayralari joylashgan. 2. Bosh va ko'zni bir vaqtda qarama-qarshi tomonga harakatmi ta’minlovchi analizatoming o'zagi o'rta peshona pushtasining orqa qismida (harakat oldi zonasi, 9 soha) joylashgan. 3. Ma’lum bir maqsad uchun qilinadigan harakatlar analizatorining o'zagi o'naqaylarda chap yarimshaming pastki tepa bo'lakchasining gyrussupramarginalis sida joylashgan. Bu markaz shikastlanganda mushak harakati buzilmaydi, ammo odamning ma’lum bir maqsad bilan qiladigan harakati yo'qoladi. Buni apraksiya deyiladi. 4 .Ichki a’zolar, qon tomirlaming silliq mushaklaridan ta’sir olib keluvchi analizatoming markazi harakat markazi oldida (6, 8 sohalar) joylashgan bo'lib, markazdan qochuvchi yo'llar po'stloq osti vegetativ markazlariga boradi.1. Sezgi analizatorining markazi markaz orqa pushtada j-n, 2 . 0 ‘ng va chap ustki tepa bo‘lakianda teri sezgisini bir turi, buyumlami yopiq ko‘z bilan paypaslab bilish — stereognoziya markazi j-n. 3. Eshituv analizatorining o'zagi ustki chakka pushtasi o'rtasida j-n4. Ko'ruv analizatorining o'zagi ensa bo'lagining ichki yuzasidagi sulcuscalcarinus sohasida j –n, 5.Hidlov analizatorining o'zagi chakka bo'lagining pastki yuzasidagi ilmoq, qisman gippokamp sohasida j-n.6. Maza bilish analizatorining o'zagi hidlov va maza bilish sezgilari bir-biri bn uzviy bog'liq bo'lgani uchun hidlov markaziga yaqin j-n
11.Yon qorinchalar.Bosh miya pardalari.Yon qorincha (ventriculus lateralis) juft bo'lib, har bir yarimshaming ichida joylashgan. Yon qorincha bo'shlig'i murakkab tuzilishga ega bo'lib, uning qismlari yarimshaming barcha bo'laklari (orolchadan tashqari) ichida joylashgan. Yon qorincha to'rt qismdan iborat. Uning markaziy qismi tepa bo'lagida, oldingi shoxi peshona bo'lagida, orqa shoxi ensa bo'lagida, pastki shoxi esa chakka bo'lagida joylashgan.Yon qorinchaning markaziy qismi (pars centralis) gorizontal joylashib, ust tomondan qadoq tana tolalari qoplab turadi. Uning tubini dumli o'zak tanasi va talamusning dorsal yuzasi, medial devorini esa gumbaz tanasi hosil qiladi.Yon qorinchaning oldingi shoxi (cornu anterior) pastga va tashqariga qarab bukilgan bo'lib, peshona bo'lagida joylashgan. Uning medial devorini tiniq to'siq (septum pellicidum) hosil qiladi. Oldingi shoxni lateral va qisman pastki devori dumli o'zakning boshi bilan, qolgan qismlari esa qadoq tana tolalari bilan chegaralangan.Yon qorinchaning pastki shoxi (cornu inferior) chakka bo'lagi ichida joylashgan. Uning lateral, qisman ustki devorini yarimshaming oq moddasi hosil qiladi. Ustki devorini hosil qilishda dumli o'zakning dumi ham ishtirok etadi. Uning medial devorida dengiz oti egati botib kirishidan hosil bo'lgan qavariq (hippocampus) yotadi. Uning uchi qalinlashib, mayda egatlar bilan bo'laklarga, dengiz oti barmoqlariga (digitationes hippocampi) bo'lingan. Gippokampning ichki tomoniga gippokamp gajimlari (fimbria hippocampi)birikkan. Pastki shoxning tubida aylanma egatning botib kirishidan hosil bo'lgan tepacha - eminentia collateralis yotadi.Yon qorinchaning orqa shoxi (cornu posterior) ensa bo'lagiga botib kirib, hamma tomondan oq modda gilam (tapetum) bilan o'ralgan. Uning ichki devorida, pix egatining botib kirishidan hosil bo'lgan qush pixi (calcaravis) joylashgan. Yon qorinchalar oldingi shoxi sohasida joylashgan forameninterventriculare orqali uchinchi qorinchaga qo'shiladi.B.m 3 ta: qattiq, to 'r va yumshoq pardalar bn o’ralgan. Bosh miyaning qattiq pardasi (dura mater encephali) pishiq bo'lib, tarkibida kollogen va elastik tolalari bo'lgan biriktiruvchi to'qimadan iborat. Kalla bo'shlig'ini ichki tomondan qoplab, u kallaning miya qismi suyaklarini qoplovchi suyak usti parda vazifasini ham bajaradi.To'r parda (arachnoidea encephali) yupqa va tiniq bo'lib, qattiq pardadan subdural bo'shliq bilan ajralib turadi. To'r parda bilan yumshoq parda o'rtasida subaraxnoidal bo'shliq (cavitas subaracbnoidale) bo'lib, unda orqa miya suyuqligi bo'ladi. To'r parda osti bo'shlig'i yon aperturalar orqali IV qorincha bilan qo'shiladi. Yumshoq parda (pia mater encephali) miyaning tashqi yuzasiga zich yopishib, ular orasidagi barcha yoriq va egatlaiga kiradi. U bo'sh biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lib, qon tomirlaiga boy. Ba’zi sohalarda yumshoq parda miya qorinchalari bo'shlig'iga kirib, orqa miya suyuqligi ishlab chiqaruvchi qon tomir chigallarini hosil qiladi.
12.Oddiy refleks yoyi.Sezuv o’tkazuv yo’llari.Oddiy reflektor yoyi orqa miya sohasida joylashadi.1-neyron - sezuvchi nerv bo'lib, orqa miya tugunida joylashgan unipolar nerv hujayrasidan tashkil topgan. Bu neyronning tashqi o‘simtalari orqa miyaning orqa tuguni tarkibida a’zo va to‘qimalarga yetib borib uning retseptorlarini hosil qiladi. Birinchi neyronning markaziy o'simtalari, orqa miyaning orqa ildizlari tarkibida orqa shoxlaming kulrang moddasiga yo'naladi. Orqa miya kulrang moddasining orqa shoxlarini tashkil etadigan nerv hujayrasi— reflektor yoyning ikkinchi neyronini tashkil etadi.2- neyron o‘simtalari orqa miya oldingi shoxlaridagi uchinchi neyron bn birikadi.3- neyron- orqa miya oldingi shoxlarida joylashgan harakat nerv hujayralaridan tashkil topib, uning o‘simtalari oldingi ildiz tarkibida yo‘nalib, mushaklargacha etib boradi. Sezgi (afferent) o'tkazuv yo'llari 3 neyronli bo'lib, o'z navbatida 3 xil o'tkazuv yo'llaridan tashkil topadi.I. Ekstrotseptiv — sezgi o'tkazuv yo'llari — og'riqni, harorat o'zgarishini nerv retseptorlari (sezuvchi nerv oxirlari) orqali qabul qilib, bosh miya po'stlog'i tomon yo'naltiradigan o'tkazuv yo'llari va yuza sezgi o'tkazuv yo'llari deb ataladi.II. Propriotseptiv o'tkazuv yo'llari — chuqur sezgi o'tkazuv yo'llari deb atalib, harakat a’zolarining tarkibiy qismi hisoblangan: mushak, pay, bo'g'im va boylamlardan impulsni bosh miya tomon yo'naltiradi. Natijada bu o'tkazuv yo'llari vositasida odam gavdasining holatini aniqlash mumkin (skelet mushaklari, paylar va bo'g'imlarining holati seziladi).III. Introtseptiv o'tkazuv yo'llari ichki a’zolardan impulsni bosh miya tomon yo'naltiradi.

13.Harakat o’tkazuv yo’llari.Tractus cortico — spinalis 1-neyron bosh miyaning oldingi markaziy pushtasida joylashadi. Bu hujayralar po'stloqning 5- qavatida joylashgan piramidal (Bets) hujayralaridan tashkil topgan. Uning o'simtalari bosh miyaning ichki kapsulasi orqali miya oyoqchalari,Voroliy ko'prigi va uzunchoq miyaning piramidal tizimchalari tarkibida orqa miyaga davom etadi.1- neyrono'simtalari uzunchoq miyadan orqa miyaga o'tish joyida, harakat o'tkazuv yo'llari 2xil tutamlarga bo'linadi.2-xil tutamlar uzunchoq miyadan orqa miyaga o'tish joyida kesishib (decussatio pyramidum), qarama-qarshi tarafga o'tadi va tractus corticospinalis lateralis deyiladi.Kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchalari tarkibida yo'nalib, oldingi shoxlarda yakunlanadi. Kesishmagan tolalar esa orqa miyaning oldingi tizimchalari tarkibida yo'nalib segmentlar sohasida kesishib, oldingi shoxlarda yakunlanadi va tractus cortico-spinalis anterior deb ataladi.2-neyron orqa miya oldingi shoxlaridan boshlanib, oldingi ildizlar tarkibida— ko'ndalang-targ'il mushaklarga yetib boradi. Shunday qilib, piramida yo'llari kesishgan yo'llar guruhiga kiradi.TRACTUS CORTICO-PONTO-CEREBELLARIS Miyacha— muvozanatni boshqaradigan a’zo bo'lganligidan bosh miya bilano'zaro aloqada bo'ladi.2-neyron hujayralari bosh miya po'stlog'ining peshona, chakka, tepa va ensa bo'laklarida joylashadi. Bu hujayralarning о simtalari miya oyoqchalari orqali o'tib, Voroliy ko'prigining xususiy hujayralarida yakunlanadi va tractus fronto -pontinus, occipito -pontinus, temporo - pontinuset parieto - pontinus deyiladi.2-neyron Voroliy ko'prigining xususiy hujayralaridan boshlanadi. Bu hujayralarning o'simtalari kesishib, qarama-qarshi tarafga yo naladi va miyachaning o'rta oyoqchalari orqali o'tib miyacha yarim sharlarining po'stlog'ida yakunlanadi va tractus ponto-cerebellaris deyiladi.



14.Orqa miya nervlarining hosil bo’lishi,orqa shoxlari.Ko’krak nervlari.Orqa miya nervlari-n. spinales 31 juft bo'lib. orqa miya segmentlaridan ajraladi. Orqa miya nervlari 8 juft bo'yin nervi, 12 juft ko'krak nervi, 5 juft bel, 5 juft dumg'aza nervi, I juft dum nervi tashkil topgan. Orqa miya nervlarini harakatlantiruvchi o'zaklar orqa miyaning cornu anteriusda joylashadi. Bu o'zaklardan boshlanadigan o'simtalar radix anterior ni hosil qiladi. Bu o‘zaklardan (tugundan) ajralayotgan tolalar (nervlar) orqa ildiz - radix posterior (radix sensoria)ni tashkil etadi. Bu ikki ildiz umurtqa pog'anasining umurtqalararo teshik- foramen intervertebrale sohasida q o ‘shilib, orqa miya nerv poyasi -truncus nervi spinalis ni hosil qiladi va ularning miqdori segmentlarga to'g'ri kelib, 31 juft bo'ladi.Har bir poya truncus nervi spinalis umurtqa pog'onasidan chiqib quyidagi tarmoqlarga ajraladi:a) ramus meningeus (r. recurrens) umurtqa kanaliga qaytib kirib,orqa miya pardasini innervatsiya etadi;b) ramus communicans qo'shiluvchi tola simpatik poyaga qo'shiladi;d) ramus anterior — aralash nervlardan iborat bo‘lib, ularni tarkibida harakatlantiruvchi va sezuv nervlari bo'ladi;e) ramus posterior — orqa tarmoqlari — aralash nervlardan iborat bo'lib, ulaming tarkibida harakatlantiruvchi va sezuv nervlari bo'ladi.Orqa miya nervlarining orqa tarmoqlari-ramus posterior aralash, sezuv va harakatlantiruvchi nerv tolalarini saqlaydi. Orqa tarmoqlar 31 juft bo ladi. va medial tarmoq - ramus medialis va lateral tarmoq — ramus lateralislarga bo'linadi.I bo'yin segmentidan ajralgan orqa tarmoq n. suboccipitalis deb atalib, faqat harakat tolalaridan tashkil topadi, sezuv tolalari bo‘lmaydi. Bu nerv I va II bo‘yin umurtqalari hamda ensa suyagi orasidagi mushak: m.m. recti ca p itis major et minor; m.semispinalis capitis, m. m. obliquicapitis larni innervatsiya qiladi.IIC bo'yin segmentining orqa tarmog'i bo‘lgan n. occipitalis majorfaqat sezuv tolalaridan tashkil topib, ensa sohasidagi terini innervatsiya qiladLyI, II, III bel segm entlaridan ajraluvchi orqa tarmoqlarning sezuv tolalari — n. clunium superiores nomi bn dumbaning yuqori soha terisiga tarqaladi.Dumg‘aza segmentlari orqa tarmoqlarining sezuv nervlari — n. clunium medii nomi bilan dumba terisida tarqaladi.Orqa miya segmentlarining ramus dorsalis tarmoqlari sezuvchi va harakatlanuvchi tarmoqlarga ajraladi.Sezuvchi tarmoqlar segmentga yaqin bo'lgan terida tarqalib, bo'yin, ko'krak,bel, dumg'aza sohalarining orqa terisida tarmoqlanadi va u ramus cutaneous posterior deb ataladi.Harakatlantiruvchi tarmoqlar segmentlarga yaqin bo'lgan orqaning chuqur (xususiy) guruh mushaklar: m. splenius capitis et cervicis; m. erector spinae (m. ilio co sta lis, m. longissim us, m. spinalis); m. semispinalis; m. m.multifidi; m. m. rotatores larni innervatsiya etadi.Chigal hosil qilishda loolkfaleeegmentlarining oldingi tarmoqlari ishtirok etmaydi.Ko'krak nervlari qovurg'alaming ichki yuzasining pastki qirrasi sohasidagi egat — sulcus costae bo'ylab yo'naladi va n.n. intercostales-qovurg'alararo nervlar deb nomlanadi. Qovurg'alararo nervlar tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari bo'ladi (n. intercostales — aralash nerv).Bu nervning sezuvchi tarmoqlari ko'krak qafasidagi terini innervatsiyalaydi. 8- 12-qovurg'alararo nervlar qorin devoriga davom etganligidan, uning sezuvchi tarmoqlari qorin terisini innervatsiya qiladi.N. n. intercostales ning harakatlantiruvchi tolalari ko'krakning xususiy (autaxton) mushak: m. m. intercostales externi; m. m. intercostales interni;m. m. subcostales; m. transversus thoracis larni innervatsiyalaydi. Pastki ko'krak segmenti tarmoqlari qorin devorida tugaganligi uchun uning harakat tolalari qorin mushaklari: m. obliquus externus abdominis; m. obliquus internus abdominis; m. transversus abdominis; m. rectus abdominis; m.pyramidalis Iami innervatsiyalaydi. Orqada joylashgan, lekin taraqqiyoti ventral miotomlar bilan bog'liq: m. m. serrati posteriores superiores et inferiors hamda m. m. levatores costarum mushaklari ham qovurg'alararo nervning harakat tarmoqlari bilan innervatsiyalanadi.
15.Bo’yin chigali.Bo'yin chigali-plexus cervicales, C -I –C-IV bo'yin segmentlarining old tarmoqlarida hosil bo'ladi. Bu chigal m. sternoclei domastoideus mushagining orqasida joylashadi. Chigaldan chiqayotgan tarmoqlar 3 guruhga: sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash nervlarga bo'linadi.Sezuvchi tarmoqlar:1. N. occipitalis minor — ensaning kichik nervi ensa sohasi terisini innervatsiya qiladi.2. N. auricularis magnus — quloq suprasi terisini innervatsiya qiladigan katta nerv. Bu nervdan oldingi shox — ramus anterior va orqa shox — ramus posterior ajraladi.3. N. transversus colli- bo'yinning ko'ndalang nervi bo'yin terisini innervatsiya etadi. Bu nervdan ustki shox — r .r .su p erio res va p astk i shox - r.r. inferioresIar ajraladi.4. N. supraclaviculares — o'mrov usti nervi ko'krakning yuqori qismi terisida tarqaladi. Bu nerv tolalari n.n.su praclaviculares medialis,intermedia et laterales tarmoqlariga ajraladi.Harakatlantiruvchi tarmoqlar:I . Bo'yin chigalidan rami muscularis tarmoqlari ajralib, bo'yin sohasining chuqur guruh innervatsiya qiladi. Bu tolalar quyidagi supraclaviculares (lateral va orqa tarmoqlar) mushaklami innervatsiyalaydi: m. m. recti ca p itis anterior et la tera lis 2. Radix inferior ansae cervicalis— bo‘yin chigali tarmog‘i bo‘lib, XII juft bosh miya nervi — n. hypoglossus tarmog‘i (radix superior) bilan qo'shilib qovuzloq — ansa cervicalis ni hosil qiladi. Uning tarmoqlari bo'yin sohasidagi quyidagi mushaklarda tarqaladi: m. sternohyoideus, m. sternothyroideus,m. omohyoideHS.3. Bo'yin chigalining harakat tarmoqlari XIjuft bosh miya nerv tarmoqlari bn qo'shilib, bo'yindagi — m. sternocleidomastoideus va orqadagi m.trapezius mushaklarini innervatsiya etadi.Aralash tarmoq:I . N. phrenicus — diafragma nervi tarkibida sezuvchi hamda harakatlantiruvchi tolalar bo'lib, ko'krak qafasining oldingi ko'ks oralig'idan yo'naladi. Sezuvchi tolalar plevra hamda perikardni innervatsiyalaydi va r. pericardiacustarmog'i ajraladi. Sezuvchi tolalar qorin bo'shlig'iga ham o'tib, qorin parda, jigar va uning boylamlarida tarqaladi. Bu tolalarga — n. n. phrenicoabdominales deyiladi.Diafragma nervining harakat tolalari diafragma mushaklarini innervatsiyalaydi.
Download 32,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish