Relyef, bo’rtma tasvir —haykaltaroshlikning bir turi. Tasvir, shakl tekis zamin (fon)dan bo’rttirib yoki o’yib (chuqurlashtirib) hosil qilinadi. Kompozitsiya tabiiy asosdan ajralmasdan tekis sathda yaratiladi; Relyef me’morlik bo’laklari bezagi, haykaltaroshlik asari va boshqa kompozitsiya tarkibiga kirishi yoki mustaqil dastgoh asari bo’lishi mumkin. Asosiy turi — barelyef va gorelyef. O’yma relyefdada nursoya jilvasida tasvir ko’zga tashlanadi, imkoniyati cheklangan. Relyef tasviriy san’atda qadimdan mavjud, binolarni bezashda, medal yasash hamda, metallga zarb berib bezak buyumlari ishlash va boshqalarda keng qo’llanadi. Qadimgi Misr me’morligida qo’llanilgan. Burtma relyef paleolit davridan ma’lum. Relyef Qadimgi Misr, Ossuriya, Hindiston, Xitoyda, shuningdek, O’zbekistonda hududiy keng tarqalgan; antik san’at, uyg’onish davri va keyingi davrlarda rivojlangan.
Bahor
Bahor fasli menga juda ham shu sababli men birinchi ishimni bahor deb nomladim.
Bahor fasli, toʻrt fasldan biri boʻlib qish va yoz fasllarining oʻrtasida joylashgan fasldir. Bahor fasli 3 oydan iborat: Shimoliy yarimsharda — mart, aprel va maydan, janubiy yarimsharda esa sentabr, oktabr va noyabrdan.
Bahorda gullagan gilos daraxti
Bahorda daraxtlar gʻuncha tugishga, havo asta-sekin isishga boshlaydi. Bu faslda qish faslida yogʻib oʻtgan qorlarning erishi va juda koʻp miqdorda yomgʻir, doʻl kabi yogʻinlarning yogʻishi suv omborlarini, koʻl va koʻlmaklarning toʻlishiga sabab boʻladi. Chaqmoq va Momoqaldiroq kabi tabiat hodisalari ham eng koʻp bahor faslida roʻy beradi. Bahor faslida yogʻinlarning va baʼzi tabiat hodisalarining koʻp miqdorda sodir boʻlishi baʼzi oʻlkalarda toshqin, sel va yongʻin kabi falokatlarga sabab boʻladi.
Taqvimiy bahorga qaraganda, astronomik bahor kechroq, yaʼni yozgi tengkunlikda (shimoliy yarimsharda 20 yoki 21-mart, janubiy yarimsharda 22 yoki 23-sentabrda) keladi va yozgi quyosh turishi (shimoliy yarimsharda 20 yoki 21-iyun, janubiy yarimsharda 21 yoki 22-dekabrda) boshlanadi.
Men bu darxtni bog’imizdagi shaftoli daraxtidan ilhomlanib yaratdim. Ushbu ishimda men, rotmund va suvdan qorishma tayyorlab, mastihin yordamida shakllarni chiqardim. Relyef qotganda ko’chib tushmasligi uchun shakl chiqarilgan joylarga karkaz qoqib chiqdim. Bu mening ishimni yanayam mustahkam bo’lishini ta’minlaydi. Navbatdagi ishim qum qog'oz yordamida notekis joylarini tekkislab chiqdim va rang bilan ishlashga o'tdim. Bu yerda pushti, yashil va havo rangdan foydalandim.
Uzum
Men uzum mevasini juda ham yaxshi korganligim uchun ikkinchi ishimni uzumga bag'ishladim.
Uzumning madaniy turi 7-8 ming yil avval paydo bo`lib, hozirgi kunda uning 5 mingdan ortiq turi mavjud. Uzumning dorivorlik xususiyati ham ancha qadimdan ma`lum. Sharq tabobatida dorivor sifatida uzumdan pishgan va xom holida foydalanganlar. Shuningdek, uzum sharbati, sirkasi, bargi poyasidan ham unumli foydalanishgan.
Abu Rayhon Beruniyning ta`kidlashicha, uzum poyasini kesganda oqib tushadigan suvi ko`p shifobaxsh xususiyatlarga egadir. Uning poyasidan efir moyi ham olingan. Mashhur tabib Abu Ali ibn Sino esa uzumning xususiyatlari haqida shunday deb yozadi: «Bir muncha muddat olib qo`yilgan uzum tanani yaxshi oziqlantirib, quvvatlantiradi. Yaxshi pishgan uzumning zarari pishmaganidan kamroqdir. Uzumning o`zi sharbatidan ko`ra foydaliroqdir. Uzum va danakli mag`iz ichak og`rig`ida yaxshi foyda qiladi. Shuningdek, mayizi buyrak va qovuq uchun ham foydali. Uzum poyasining suvi, yovvoyi uzum mevasining sharbati qon tupurishni bartaraf etadi. Ichketish va yo`g`on ichak xastaliklarida ham foydali. Uzum poyasining suvi toshlarni maydalaydi, so`gal, qontalash, temiratkini davolaydi. Yovvoyi uzum poyasini suv yoki moy bilan ichish istisqoni davolaydi va peshob haydaydi. Yovvoyi uzum mevasi esa oshqozon faoliyatini yaxshilab, qusishni to`xtatadi, yurakka quvvat berib. jig`ildon qaynashini bosadi».
Uzum tarkibida ko`p miqdorda qandlar, organik kislotalar, S, V vitaminlari, oshlovchi va bo`yoq moddalar bor. Bargida esa S, V, K vitaminlari, karotin, nikotin, foliy kislotasi, flavonoidlar, katexin va oshlovchi moddalar mavjud.
Xalq tabobatida uzum sharbati, shuningdek, uzumning nordon navlari ishtahani ochuvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi vosita sifatida qo`llaniladi. Yaxshi pishgan uzum, ayniqsa, qora navi kamqonlikni davolashda va kamquvvat bemorlarga mador berishda qo`llaniladi. Qora mayiz esa turli zararli o`smalarni davolab, inson quvvatini oshiradi. Uzumning yaxshi pishmaganlaridan sirka tayyorlaydilar. Sirka ishtahani ochish bilan birga stomatit va anginani davolaydi.
Men bu ishimni bobojonimning bog'laridan ilhimlanib yaratdim. U yerda uzumning turlari shu qadar kop.
Men bu ishimda ham rotmund va suvdan tayyorlanga qorishmadan foydalandim. Bu yerda ranglarda bir oz ozimning fantaziyamdan kelib chiqgan holda qora va
tilla rangdan foydalandim bu esa ishimni yanayam ko'rkamroq korinishiga yordam berdi.
Kema
Meni eng katta orzularimdan biri bu titanik kemasiga chiqish. Shu orzuyimni men oz ishimda tasvirladim
Kema — yuk va yoʻlovchilarni tashish, baliq ovlash, suv ostidan foydali qazilmalar (mas, neft) ni qazish, sport mashklari va musobaqalari oʻtkazish hamda harbiy masalalarni bajarish, sayyohlik uchun moʻljallangan suvda suzuvchi inshoot. Qadimda suzib yuruvchi vosita sifatida xodalar va suvda suzadigan boshqa narsalardan foydalanishgan.
Kemaning asosiy qismlari: korpus, qurilmalar (rul, yakor, qayiqni tushirish-koʻtarish va b.), yongʻinga qarshi, maishiy, suv bilan taʼminlash, shamollatish, havoni moʻʼtadillash tizimlari, energetik qurilmalar, harakatlantirgich shular kabilardan tashkil topgan. Kema navigatsiya asboblari, aloqa vositalari bilan ham jihozlanadi. Dengizda suzish Kemaning muhim koʻrsatkichi hisoblanadi. Foydalanish-texnik koʻrsatkichlari — harakat tezligi, suzish uzokligi, puxtaligi, suv sigʻimi, yuk koʻtaruvchanligi, yoʻlovchilar soni va boshqalar.
Ushbu kemani yasashda rotmund va suvdan tashkil topga qorishmadan foydalandim. Ishim mustahkam bo'lishi uchun karkaz qoqib chiqdim. Bu yerda ham korishingiz mumkin qora va tilla ranglardan foydalanganman. Yuqorida aytganimdek ishimni korkamroq korinish beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |