Borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni qarang



Download 61,02 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.07.2022
Hajmi61,02 Kb.
#785829
Bog'liq
Harakat - Vikipediya



Harakat
Harakat — borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang 
Barqarorlik va
oʻzgaruvchanlik
) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka
aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Olamdagi har qanday jarayon H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — H.dir. Oʻzgarishlar
faqat moddiy obʼyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham xosdir. Har qanday
(moddiy yoki gʻoyaviy) obʼyektning mavjudligi undagi H. va oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi.
Shu sababli H. borliqning asosiy mavjudlik shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning
quyidagi H. shakllari ajratib koʻrsatiladi: 1) mexanik H. — jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi
bilan boshqa jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning H. i nisbiydir, chunki H. Yerga
nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan qaraladi.
Kuzatilayotgan jismning H. i qaysi jismga nis-batan oʻrganilayotgan boʻlsa, oʻsha jism sanoq jism
deb ataladi, agar H. Yerga nisbatan boʻlsa, u holda Yer — sanoq jism, agar Yerning Quyosh
atrofidagi H.i haqida gapirilsa, Quyosh sanoq jism boʻladi. H.ning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-
qaytma (mas, porshenning H.i), toʻgʻri chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon va boshqa turlari
farqlanadi. 2) fizik H. (elementar zarralar, atom yadrosi va atomning H.dan tortib, olamning
fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon H.igacha, yorugʻlikdan tortib koinotning
gravitatsiya kuchigacha barchasi shu H. shakliga mansubdir); 3) kimyoviy H. (bunga mole-
kulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiaiiyasi, ionlar H.i, moddaning muzlashi va kristallanish
jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va
boshqa kimyoviy jarayonlar kiradi); 4) biologik H. (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy
H.dan keyin moddiy obʼyektlarning progressiv va regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab,
yuksaklikka — biologik H.ga va quyi yoʻnali-shiga, inqiroziga qarab — geologik H. ham koʻrsatiladi,
chunki, yer yuzida jonli organizmlarning halok boʻlishi oqibatida katta-katta materiklar, marjon
orollar vujudga keladi. Ular geologiyaning tadqiqot obʼyektiga kiradi; 5) ijtimoiy H. (jamiyatdagi
ijtimoiy jarayonlarning namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot
jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy, maʼnaviy koʻrinishdagi H. shakllari ham mavjud. Tafak-kur
— fikrning H.i, informatsion H., gʻoyaning H.i, maʼnaviy H., xayoliy H. va boi|qalar shular jumlasiga


kiradi. /Hning eng sodda shakli mexanik H. boʻlib, uning man-bai tashqi taʼsirda, H. murakkab
shak-llarining mayabai esa ichki aloqadorliklarda- ʻQadimdan H. va uning manbalari haqida turli
konsepsiyalar ilgari surilgan. H.ni olamning asosiy mohiyati deb qarash Avestovya taʼkidlangan.
Qad. Misr, Bobil, Xitoy, Hin-diston, Yunoniston olimlari H.ning mohiyatiga oid maxsus asarlar
yozishgan. Ular H.ning xususiyatlari, shakllari, manbai haqidagi ilk gʻoyalarni ishlab chiqishgan.
Ayrim faylasuflar esa H.ning mavjudligini ham inkor etgan. Eleylik Zenon H.ning yoʻqli-gini oʻzining
"Axill va toshbaqa", "Dixatomiya", "Uchayotgan kamon oʻqi" kabi mashhur aporiyalarnda
isbotlashga uringan.
Sharq falsafasida esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo mukammal asoslab berilgan.
Yangi davr falsafasida Gegel H.ning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin
emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina izohlash mumkinligini taʼkidlagan. H.ni
tushuntirishda H.ning moddiy tashuvchisi, manbai haqidagi gʻoyalar muhim ahamiyatga ega.
Ingliz olimi J. Toland (1670—1722) H.ni materiya bilan bogʻlab tushuntiradi. Uning fikricha, H.siz
materiya boʻlmaganidek, materiya ham H.siz boʻlishi mumkin emas. Bu fikr materialistik
falsafaning asosiy tamoyiliga aylandi.
H.ning moddiy tashuvchisi tushunchasi H. oʻz-oʻzicha mavjud emas, u har doim "nimaningdir" H.i,
"nimaning-dir" oʻzgarishi degan maʼnoni bildi-radi. Oʻsha "nima" H.ning moddiy tashuvchisi boʻladi
(u H. shakllarini ajratib koʻrsatishda taʼkidlab oʻtildi). Gʻoyaviy shakldagi H.lar toʻgʻrisida gap
borganda "H.ning moddiy tashuvchisi" tushunchasi oʻz maʼnosini yoʻqotadi. Uning oʻrnini
"harakatlanuvchi sistema" tushunchasi egallaydi. Bunday sistema moddiy yoki maʼnaviy shaklda
boʻlishi mumkin. Inson tafak-kuri, axborotlar sistemasi, maʼnaviy sistema, gʻoyaviy sistema va
shahrik. maʼnaviy shakldagi harakatlanuvchi sistemaga misol boʻlishi mumkin. H.ning manbai
haqida gapirganda mutafakkirlar qadimdan ziddiyatlarni nazarda tutishadi. Ichki ziddiyatlar
H.ning ichki manbaidir. Ayrim olimlar tashqi turtkini yoki dastlabki turtkini H. manbai deb bilishadi.
Ularning fikricha, olamda abadiy sokinlik hukmron boʻlib, keyin dastlabki turtki tufayli u H.ga
kelgan. Aslida. voqelik H.siz boʻlishi mumkin emas, u doimo H.da, oʻzgarishda. Bu oʻzgarishlar
ichki va tashqi ziddiyatlar tufayli amalga oshadi. Ibn Sino jism bir joyda va bir paytning oʻzida
H.da ham, sukunatda ham boʻlmaydi, H. zid-diyatlidir va uning natijasidir, deb koʻrsatgan edi.
Ziddiyatlar jismni H.ga keltiradi, shu maʼnoda har qanday H.ning manbai ziddiyatdadir. H. shakllari
borliqsagi oʻzaro aloqadorliklarning namoyon boʻlishidir. Oʻzaro aloqadorlik moddiy va maʼnaviy
shakllarda boʻladi va olamning yaxlitligini taʼminlaydi. Moddiy dunyoning asosida 4 xil —
gravitatsion, elektromagnit, kuchli va kuchsiz yadroviy oʻzaro aloqa-dorliklar yotadi.
Aloqadorliklar esa qoʻshilib fazo va vaqt strukturasini tashkil etadi. H. yoki harakatlanuvchi
sistema xoh moddiy koʻrinishda, xoh maʼnaviy koʻrinishda boʻlishidan qatʼi nazar, olamning
oʻzgarishi va rivojlanishi asosida yotadi. H. — mavjudlik boʻlsa, hara-katsizlik-sokinlik — yoʻqlikka
mos keladi. Shu sababli H. borliqning adabiy va mutlaq xususiyati, sokinlik esa oʻtkinchi va nisbiy


xususiyati deb hisoblanadi. Quyidan yuqoriga boʻladigan H. rivojlanish deyiladi, aksi regressiv
H.dir.
Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik, T., 2001; Ibn Sina, Izbrannme filosofs-kiye proizvedeniya, M.,
1980; Fayzullayev A.F., Prinsip ustoychivosti i izmenchi-vosti v prirode, T., 2000.
Baxtiyor Toʻrayev.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Haraka
t&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Harakat&oldid=2384691

dan olindi
Adabiyot


 
Soʻnggi tahrir 16 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya

Download 61,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish