Borliq va rivojlanish falsafasi. Bilish nazariyasi fanidan kurs ishi mavzu: Bilish metodologiyasi: asosiy



Download 58,55 Kb.
bet14/16
Sana14.07.2022
Hajmi58,55 Kb.
#799253
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5456579825844098037 (2)

Kumatoid - suzayotgan obyektni anglatadi va obyektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo’lishi, shuningdek yo’qolishi, parchalanishi mumkin. U o’zining barcha elementlarini birvarakay emas, balki o’ziga xos «hissiy-o’ta hissiy» tarzda namoyon etadi. Masalan, tizimli obyekt–o’zbek xalqini ma’lum zamon, makon bo’lagida ifoda etish va mahalliylashtirish mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, obyektni yaxlit ifoda etish uchun o’zbek xalqining barcha vakillarini yig’ish mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur obyekt soxta emas, realdir. Uni kuzatish, o’rganish mumkin. U butun sivilizasion-tarixiy jarayonning yo’nalishini ko’p jihatdan belgilab beradi.
Yana bir misol–talabalar guruhi. U dam paydo bo’ladigan, dam ko’zdan yo’qoladigan suzuvchi obyekt sifatida o’zaro aloqalarning deyarli barcha tizimlarida namoyon bo’ladi. Masalan, o’quv mashg’ulotlari tugaganidan keyin guruh yaxlit obyekt sifatida mavjud bo’lmaydi, ammo institusiyaviy belgilangan ma’lum vaziyatlar (guruh raqami, talabalar soni, guruh tuzilishi, umumiy xususiyatlari)da u obyekt sifatida namoyon bo’ladi va o’z-o’zini identifikasiya qiladi. Bundan tashqari, mazkur kumatoid guruh a’zolari o’rtasidagi do’stlik, raqobat va boshqa munosabatlar bilan ham qo’llab-quvvatlanadi.
Kumatoidning o’ziga xos xususiyati shundaki, u zamon va makonda mahalliylashishga befarq bo’libgina qolmay, substrat–o’zini tashkil etuvchi materialga ham qattiq bog’lanmagan. U tizimli xususiyatlarga ega emas. Binobarin, mazkur xususiyatlar uning tarkibiy qismlariga mavjud yoki mavjud emasligiga, ayniqsa, ularning rivojlanish yo’nalishi yoxud xulq-atvor tarziga bog’liq. Kumatoidni moddiy tarzda mustahkamlangan ma’lum bir xususiyat yoki bunday xususiyatlar to’plami bilan aniq identifikasiya qilish mumkin emas. Butun ijtimoiy hayot suzuvchi obyektlar–kumatoidlar bilan to’lib-toshgan.
«Case studies», ya’ni vaziyatli tadqiqotlar o’tkazish hozirgi zamon metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o’tkazishda fanlararo tadqiqotlar o’tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual subyektlarni, mahalliy gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o’rganish nazarda tutiladi. «Case studies» atamasi presedentning, ya’ni kuzatish ostida bo’lgan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig’maydigan individuallashtirilgan obyektning mavjudligini aks ettiradi. Vaziyatli tadqiqot metodologiyasi neokantianlar Baden maktabining idiografik metodi bilan bog’liq.
Vaziyatli tadqiqotlarning ikki tipi: tekstual va maydondagi tadqiqotlar farqlanadi. Ularning ikkalasida ham mahalliy determinasiya birinchi darajali ahamiyatga ega. Mahalliy determinasiya «ichki ijtimoiylik» tushunchasi bilan muayyanlashadi va ayni guruh yoki vaziyatga xos bo’lgan faoliyat, muloqot shakllari ta’sirida shakllanadigan bilimning noaniq shartlarining tutash tizimi deb, alohida so’zlar va harakatlarning ma’no-mazmunini belgilaydigan ijtimoiy-madaniy kontekst deb tushuniladi. Vaziyatli tadqiqotlarning ustunligi shundaki, ularda bilim tizimining mazmuni shartlarning pirovard to’plami, hayotiy vaziyatlarning muayyan va alohida shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi.
Hozirgi zamon metodologiyasi o’z an’anaviy metodlarining universalligi cheklanganligini tushunadi. Masalan, gipotetik-deduktiv metod ishni tayyor gipotezalardan boshlab, «dalillarni eng yaxshi tushuntirish» bosqichidan sakrab o’tganligini uchun tanqid qilinadi.

Download 58,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish