Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, uchta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.
II ASOSIY QISM
1. Falsafada borliq kategoriyasi
Bu savolga javob berish uchun borliqning inson va insoniyat hayoti bilan bog'liq ildizlariga nazar tashlashga to'g'ri keladi. Odamlar qadimdan o'zini qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va insoniyat haqida o'ylar ekan, atrofida sodir bo'lib turgan voqyea va hodisalarni, o'zgarishlarni kuzatgan. Ba'zi narsalar hozir mavjud, keyinchalik yo'qolib ketadi, kecha yo'q bo'lgan ba'zi narsalar esa bugun paydo bo'ladi. Kecha qandaydir narsaning borligini bilmas edik, bugun esa o'sha narsaning haqiqatan ham bor ekanini bilib olamiz. Shular asosida mavjudlik, borliq va yo'qlik haqida tasawurlar, qarashlar vujudga kelgan.
Odamlar o'zining ham dunyoga kelishi, yashashi va nihoyat, vafot etishi, "yo'qlikka" aylanishi haqida o'ylay boshlaydi. Shu asosda "bu dunyo" va "u dunyo", ya'ni odamning vafotidan so'ng uning ruhi ko'chib o'tadigan dunyo haqidagi tasawurlar paydo bo'lgan. Odamlar o'zining kundalik tajribasi asosida atrofidagi dunyoning hozir mavjudligi, o'zi tug'ilmasdan ilgari ham mavjud bo'lgani va keyinchalik ham mavjud bo'lib qolishiga ishongan. Shu tarzda "borliq" va "yo'qlik" haqida.
Borliq voqyelikning eng umumiy, ichki va tashqi mohiyati va mazmuniga aloqador barcha jihatlarini aks ettirsa, mavjudlik esa falsafa tarixida voqyelikning tashqi, ko'zga tashlanadigan, shakliga aloqador va tajriba vositasida bilib olinadigan tomonini ifodalaydi, deb hisoblanadi. Borliq esa voqyelikning chuqur mohiyatini ham qamrab olgan bo'lib, u aql vositasidagina bilib olinadi, deyiladi. Mavjudlik so'zi lotincha -ex(s)istodan olingan bo'lib, mavjudman degan ma'noni beradi. Ekzistensializm - mavjudlik falsafasi shu so'zdan olingan. Reallik esa borliqning muayyan ob'ektda mavjud bo'lgan, mujassamlashgan qismini ifodalaydi. Reallik borliqning ayni shu paytda biz uchun mavjud bo'lgan qismidir. Reallik ob'ektiv va sub'ektiv shakllarda namoyon bo'ladi. Biluvchi sub'ektning irodasidan tashqarida, har qanday sub'ektga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan reallik - ob'ektiv reallik. Reallikning sub'ekt ongi bilan bog'langan shakli - sub'ektiv reallik. Shuningdek, reallik voqyelikka qanday nuqtai nazar bilan yondashishga ham bog'liqdir. Voqyelikning fizik aloqadorliklar doirasiga kiruvchi, fizik aloqadorliklar bilan bog'liq qismi fizik reallik, ximiyaviy munosabatlar doirasiga mansub bo'lib, ximiyaviy aloqadorliklarda namoyon bo'luvchi qismi ximiyaviy reallik, biologik, hayotiy jarayonlar bilan bog'liq bo'lgan reallik biologik reallik, voqyelikning ijtimoiy aloqadorlikka oid qismi ijtimoiy reallik yoki psixologik jarayonlar bilan bog'liq qismi psixologik reallik deb ataladi.
Ba'zan borliq tushunchasini voqyelikning u yoki bu shakli bilan aynanlashtirish, mavjudlikni esa ob'ektiv reallikning hozirgi qismi bilan chegaralab qo'yish, reallikni sub'ektga ayni paytda ko'rinib turgan voqyelik bilan almashtirib qo'yish hollari uchrab turadi. yo'q edi, ammo potensial (imkoniyatdagi) borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yo'qlik, ammo potensial borliqdir. Biz o'tmishni bugun qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi o'zgarish sur'ati (tempi) va tendensiyalariga qarab baholaymiz. Bugungi voqyelik ertaga yo'qlikka aylanadi, ko'pgina tirik jonivorlar ertaga o'lik bo'ladi, ya'ni hayot o'limga aylanadi. O'lim - bu hayotning yo'qligidir. Oniy individning hayotiy borlig'i, u o'lgach, yo'qlikka aylanadi. Ammo uning qoldiqlari, tanasi birdan yo'qolmasligi mumkin. Ular ham yo'qolgach, odamlar xotirasida uning siymosi qolishi mumkin. Xullas, absolyut (mutlaq) yo'qlikning o'zi yo'qdir. Yo'qlik shu ma'noda nisbiy mazmun kasb etadi.
Yo'qlik(hyech nima)ni gnoseologik ma'noda ham tushunish mumkin. Biz yo'q deb hisoblagan ob'ektlar hozircha bizning fikr doiramizdan (bilish chegarasidan) chetda qolgan bo'lishi ham mumkin. Voqyelikning muayyan joyida, ma'lum bir sinfga mansub ob'ektlarda biror munosabat va aloqadorliklar uchramasligini ham yo'qlik, deyish mumkin.
Masalan, fizik vakuumda bizga ma'lum bo'lgan biror fizik ob'ekt uchramaydi. Aslida u yerda ham biz hali bilmaydigan, sezmaydigan gipotetik olamlar va ularning o'ziga xos bo'lgan xususiyatlari, qonuniyatlari mavjuddir. Fanni ommalashtiruvchi taniqli ingliz olimi Pol Devis (Paul Charles William Davies) (1946) fizik vakuum haqida shunday yozadi: «Bu shunday fazo sohasiki, u yerdan hamma narsa - zarrachalar, maydon, to'lqinlar butkul olibtashlangan... Fiziklar kvant maydoni nazariyasini ishlab chiqqach, vakuumning uzoq yillar mobaynida o'ylab kelinganidek, moddadan mahrum bo'lgan hayotsiz, bo'm-bo'sh fazo emasligini anglab yetdi"1. Mashhur ingliz olimi Pol Andrien Moris Dirak (Paul Adrien Maurice Dirac) (1902-1984) esa vakuumni manfiy energiyaga ega- bo'lgan elektronlar dengizi deb faraz qilgan2. Manfiy energiyaga ega bu elektronlar - musbat zaryadli pozitronlar edi. Elektronlar esa musbat energiyali va manfiy zaryadli zarrachalardir Qadimgi Yunon falsafasida, Levkipp (tax.m.a.500-440), Demokrit (m.a.460-370), Epikur (m.a.341-270), Lukretsiy (m.a.99-55) fikricha, dunyo atomlar va bo'shliqdan tashkil topgan, Anaksimandr (m.a.588-525)
apeyrondan, Platon (m.a.427-347) - g'oya, ruhdan, Fales (m.a.625-547)
suvdan, Geraklit (m.a.544-483) - olovdan iborat, deb ta'lim bergan. Forobiyning yozishicha, qadimgi yunon faylasuflari har qanday narsa qandaydir bir substratdan tashkil topganini uqtirish bilan bir qatorda, uning absolyut va o'zgarmasligini ta'kidlagan. Xullas, har qanday ob'ektning nimalardan tashkil topgani, sistemaning asosida shu sistemani tashkil etuvchi asosni axtarish substratni axtarishdir. Masalan, RNK (ribonuklein kislota), DNK (dezoksiribonuklein kislota) va oqsillar biologik organizmlar uchun substrat bo'lsa, elektron hisoblash mashinalar asosida axborot almashish jarayoni substrat bo'lib keladi. Borliqning asosida yotuvchi birlamchi mohiyatni axtarish substansial yondashuv bo'lsa, har qanday sistemaning, umuman, borliqning nimalardan "qurilganini", tashkil topganini axtarish substrat yondashuvdir.
Ikkala yondashuvda ham qaysidir darajada, bir yoqlamalik, voqyelikni substansiya yoki substratga bog'lab qo'yish, uning murakkabligi va xilma-xilligini e'tibordan chetlashtirish ko'zga tashlanadi. Aslida borliqqa kengroq, umumiyroq nuqtai nazardan yondashish maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashishlardan biri borliqni yo'qlik, ya'ni "hyech nima" orqali ifodalash bilan bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |