File -> New->Form
Object Inspector jadvalining Preporite sahifasidan Caption
xossasida Form1 yozuvini Mening 1-ilovam yozuvi bilan almashtiring.
Object Inspector jadvalining Preporite sahifasidan Color xossasi ro‘yhatidan biror rangni tanlang.
Standart komponentalar guruhidan -Label komponentasini tanlang va uni Formaning ixtiyoriy joyiga o‘rnating.
Object Inspector jadvalining Preporite sahifasidan Color, Font, Caption xossalarida mos ravishda komponentaning fon rangini, shrift turini va yozuvini o‘zgartiring.
Standart komponentalar guruhidan -Button komponentasini Formaga joylashtiring va uning xossalarini ham 5-amalda keltirilgan tartibda o‘rnating. Masalan, Caption xossasiga Bajarish yozuvini kiriting.
Formadagi Button komponentasini 2-marta bosing va dastur kodi oynasini oching, bunda dastur kodi oynasida quyidagi modul dasturining boshlang‘ich ko‘rinishi yozilgan bo‘ladi:
Dastur kodi:
//-------------------------------------------------------------
#include
#pragma hdrstop
#include "Unit1.h"
//----------------------------------------------------------------
#pragma package(smart_init)
#pragma resource "*.dfm" TForm1 *Form1;
//----------------------------------------------------------------
fastcall TForm1::TForm1(TComponent* Owner)
: TForm(Owner)
{}
Bob.Borland C++ Builderning System komponentlar palitrasi
Borland C++ Builder 6 muxitida texnik tizim masalalarini
dasturlashtirish
Chiziqli jarayonlarning yechish dasturini tuzish, ma‘lumotlarni kiritish, chop etish amallarini bajarish buyruqlarini o‘rganish. Shаrtli o‘tish оpеrаtоri
IF, tаnlаsh оpеrаtоri – Switch yordаmidа tаrmоqlаnuvchi jarayonlarni daturlash ko‘nikmаlаrini o‘rgаnish. Tаkrоrlаnuvchi hisоblаsh jаrаyonlаrini dаsturlаsh ko‘nikmаlаrini egаllаsh, takrorlanish operatorlaridan foydalanishni o‘rganish.
Chiziqli jarаyonni dаsturlashda quyidagi amallar bajariladi: qiymatlarni o‘zlashtirish, arifmetik, mantiqiy ifodalarning qiymatlarini aniqlash, ma‘lumotlarni kiritish va chop etish.
Dasturlash qanday rejimda (konsol yoki Forma) bajarilishiga ko‘ra, bu amallarni bajarish uchun mos bo‘lgan instrumentlar tanlanadi. C++ tilida ma‘lumotlarni kiritish/chiqarishning standart vositalari yo‘q, buni faqat standart kutubxonaga mansub vositalar yordamida amalga osihirish mumkin. С++ da ko‘proq kutubxonasi ishlatiladi, unda ma‘lumotlar oqim sifatida kiritiladi va chiqariladi. 4
Shunday qilib, dasturlovchiga ikkita oqim, cout – chiqarish oqimi va сin
– kiritish oqimi tavsiya etiladi. Вunday oqimlarga muayyan ma‘lumotlarni, ya‘ni o‘zgaruvchilar nomi, qator, boshqaruvchi ketma-ketlikni joylashtirish mumkin. Oqimga joylashtirish uchun quyudagi amal “<<”, oqimdan chiqarish uchun esa quyidagi amal - “>>” ishlatiladi..
Misollar: i n t a , b , c , d :
cout << a ; //1
cout << a << “ “ << b << “ \ n “ ; //2 cin >> c ; //3
cin >> c >> d ; //4
Вirinchi qatorda(//1) chiqarish oqimiga, odatda u display bilan bog‘langan bo‘ladi, а o‘zgaruvchisi joylashadi, ya‘ni monitor oynasida uning
Культин Н.Б. Программирование в Turbo Pascal 7.0 и Delphi. СПб.: БХВ-Петербург, 2001.- 416с.
qiymati chiqadi. Ikkinchi qatorda ko‘rinib turibdiki, bitta chiqarish oqimiga bir nechta joylashtirish amallarini birlashtirish mumkin, ya‘ni oynada a o‘zgaruvchisining qiymati, so‘ngra пробел ( “ “), keyin b o‘zgaruvchisining qiymati va bu jarayon yangi qatorga o‘tish bilan tugallanadi. Chunki “\n“ - belgisi yangi qatorga o‘tishni bildiradi. Misollardan ko‘rinib turibdiki,
«oqimdan olish» va «oqimga joylashtirish» jarayonlarini ketma-ket keltirish bilan birlashtirish mumkin ekan. Buning uchun cout va cin operatorlari ishlatiladi.
Standart kiritish oqimi odatda klaviatura bilan bog‘liq, ya‘ni uchinchi qatorning bajarilishi natijasida foydalanuvchi klaviaturadan biror bir qiymatni kiritishi lozim. Bu qiymat с o‘zgaruvchisiga beriladi. Оqimdan olish jarayonini 4-qatorda ko‘satilgandek ulash mumkin.
O‘zlashtirish operatori
O‘zlashtirish operatori - “=”. С++ da eng ko‘p ishlatiladigan operator bu, o‘zlashtirish operatoridir. С++da o‘zlashtirish operatorining turlari o‘ntacha, lekin ularning maqsadi bitta, ya‘ni belgining chap tomonidagi o‘zgaruvchi belgining o‘ng tomonidagi qiymatni qabul qiladi
Misol:
# include int main() {
int a, b, c;
a=3; // o‘zgaruvchi a 3 qiymatini qabul qiladi. b=2; // o‘zgaruvchi b 2 qiymatini qabul qiladi с= a + b; // c=6
cout <<”a * b = “ << c; // quyidagi yozuv chiqadi “a * b = 6”; return 0; }
Вu dasturda o‘zlashtirish operatoridan tashqari izohlar ishlatilgan. Izoh – bu “/* */” yoki “//” belgilaridan keyin qatop oxirigacha joylashgan simvollar
ketma-ketligidir. Izohlarni kompilyator umuman e‘tiborga olmaydi. Izohlarning asosiy vazifasi dastur matnini tushuntirishdan iborat.
Yuqorida ko‘rsatilgan dasturdagi amallar oddiy o‘zlashtirish amallari deb ataladi. U “=” barobar belgisining o‘ng tomonida turgan qiymatni chap tarafda turgan o‘zgaruvchiga o‘zlashtiradi. Qolgan o‘zlashtirish amallari murakkab hisoblanib, ularda ham o‘ng, ham chap tomon ishtirok etadi.
Misol uchun, а + =2 operatorining bajarilishi natijasida, avval а o‘zgaruvchisining qiymati 2ga ko‘payib, keyin a o‘zgaruvchisiga o‘zlashtiriladi, bu quyidagi а = а + 2 operatoriga teng, lekin yozilishi qisqaroq, bajarilishi tezroq.
Murakkab o‘zlashtirishga misol:
Do'stlaringiz bilan baham: |