Mavzu. Agrobiznesda boshqaruv funktsiyalari
Agrobiznesda boshqaruv funktsiyalarining tavsifi, mohiyati, mazmuni. Menejmentni asosiy funktsiyalarining tarkibiy tuzilishi. Boshqaruvning rejalashtirish funktsiyasi, tashkil etish funktsiyasi, muvofiqlashtirish va tartibga solish funktsiyasi, nazorat funktsiyasi.
Mavzu. Agrobiznesda boshqaruv usullari mazmuni va mohiyati
Agrobiznesda boshqaruv usullari to‘g‘risida tushuncha. Boshqaruvning tashkiliy- ma’muriy usullari. Boshqarishning iqtisodiy usullari. Boshqarishning sotsial-ruhiy usullari. Agrobiznesda boshqaruv usullari bo‘yicha xorijiy tajriba.
Mavzu. Agrobiznesda boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Boshqaruv qarorlari va ularga qo‘yiladigan talablar, boshqaruv qarorlari tasnifi, qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish, boshqaruv qarorlarining ijrosi va nazorati. Agrobiznesda boshqaruv qarorlarni kabul qilish bo‘yicha xalqaro tajribalar. Agrobiznes korxonalarida boshqaruv qarorlarni qabul qilish. Menejmentda boshqaruv qarorlarini qabul qilish bosqichlari va davrlari.
Mavzu. Agrobiznesda boshqaruv madaniyati va uslubi
Boshqaruv madaniyati tushunchasi, boshqaruv madaniyatining asosiy elementlari, boshqaruv xodimlari madaniyati, boshqaruv jarayonlarida madaniyat, mehnat sharoiti madaniyati, hujjatlarni rasmiylashtirish madaniyati. Boshqaruv uslubi tushunchasi va xususiyatlari, agrobiznes korxonalarini boshqarish uslublari. Bevosita va bilvosita boshqarish uslubi.
Mavzu. Agrobiznesda axborot va kommunikatsiya
Agrobiznesda axborot va kommunikatsiya tizimining tutgan o‘rni va qarorlar kabul qilishdagi ahamiyati. Axborot va kommunikatsiya tushunchasi. Axborot va axborotlar tizimi. Boshqaruv tizimida axborotlarning ahamiyati. Boshqaruvni axborot bilan ta’minlash jarayonlari. Kommunikatsion jarayon. Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo‘yiladigan talablar. Fermer xo‘jaliklarida axborot va kommunikatsiya tizimining tutgan o‘rni.
Mavzu. Agrobiznesda tavakkalchilikni boshqarish
Tavakkalchilik tushunchasi va uni keltirib chiqaruvchi omillar. Tavakkalchilik va xavf turlari. Tavakkalchilikda sug‘urta bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan xavflar. Xavf turlari va ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish usullari. Agrobiznesda tavakkalchilik turlari. Agrobiznesda tavakkalchilikni boshqarish. Tavakkalchilik samaradorligiga baho berish usullari.
Mavzu. Agrobiznesda strategik boshqaruv
Strategiya va strategik boshqaruv tushunchasi. Strategiya turlari, strategik reja haqida tushuncha. Strategik rejalashtirish jarayonining ahamiyati. Strategik boshqaruv jarayoni. Strategiyani belgilashga ta’sir etuvchi omillar: ichki omillar, tashqi omillar. Strategiyani amalga oshirishda menedjerning o‘rni. Ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirish jarayonini boshqarish.
Mavzu. Agrobiznesni boshqarish samaradorligi
Samara va samaradorlik tushunchalari. Iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy samardorlik tushunchalari. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari. Menejmentning samaradorlik mezonlari. Menejment tizimning iqtisodiy samaradorligini baholashning uslubiy asoslari. Menejmentning iqtisodiy samaradorligini oshirish, rahbar xodimlarning boshqarish samaradorligini oshirish tadbirlari.
Modul Qishloq xo‘jaligida investitsion faoliyat
Mavzu. “Qishloq xo‘jaligida investitsion faoliyat” fanining predmeti, vazifasi
va o‘rganish usullari
“Qishloq xo‘jaligida investitsion jarayonlarni boshqarish”faninng predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi. Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo‘yilmalarning roli. Moliyaviy va real investitsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi.Jamg‘armalar – investitsiyalar manbasi sifatida. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.
Mavzu. Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati
Investitsion faoliyat tushunchasi. Investitsiya faoliyatining tarkibiy tuzilishi. O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli. Investitsiya faoliyatiga ta’sir etish omillari va usullari. O‘zbekistonda investitsion faoliyatning me’yoriy- qonuniy bazasi. “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiya faoliyatini tashkil etish. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsion faolligini ta’minlash vazifalari. Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo‘nalishlari va amalga oshirish bosqichlari. Globallashuv va chet el kapital migratsiyasining kuchayishi. Zamonaviy investitsion siyosatni amalga oshirishda chet el investitsiyalari ko‘chishini hisobga olish.
Mavzu. Investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari
Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo‘nalishlari. Investitsiyalash ob’ektlarini tanlash. Real investitsiyalarni amalga oshirish. Real investitsiyalarni o‘zlashtirish jarayonlari. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv
Mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli
Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlari. Xorijiy investitsiyalarni O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va shakllari. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli. “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining mazmuni, maqsadi va ahamiyati. Xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar va kafolatlar.
Mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning o‘rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish
Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasi mazmuni, jarayoni hamda milliy iqtisodiyotning rivojida uning xalqaro integratsiyasini ta’minlash va faollashtirishning zarurligi va ahamiyati. Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining asosiy yo‘nalishlari va hozirgi talablari. Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlantirishda uning faol xalqaro integratsiyasini ta’minlashning xorij tajribalari. O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadi va yo‘nalishlari. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning tutgan o‘rni va ulardan samarali foydalanish yo‘nalishlari. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy
institutlarning tutgan o‘rni va ularning hamkorlik aloqalari. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini faollashtirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning ishtiroki. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar harakatini tartibga solishning mazmuni, zarurligi va ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |