Book · October 021 citations reads 555 authors


Yashil mog‘or (penisillyoz)



Download 2,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet120/129
Sana08.04.2023
Hajmi2,8 Kb.
#925705
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   129
Bog'liq
Fitopotologiya

Yashil mog‘or (penisillyoz)
. Qo‘zg‘atuvchi och tusli gifomiset 
Penicillium digitatum 
turidir. Bu kosmopolit tur ko‘p mamlakatlarda 
sitrus mevalarida eng ko‘p zarar keltiradigan zamburug‘dir va u ko‘k 
mog‘or qo‘zg‘atuvchisiga nisbatan ko‘p tarqalgan. Meva qobig‘i 
ustida oldin diametri 6-12 mm keladigan dog‘ hosil bo‘ladi, 24-36 
soat ichida uning kattaligi 2-4 sm ga yetadi. Mevalarning to‘qimasi 
yumshoq, suv shimganga o‘xshash, barmoq bilan oson teshiladigan 
bo‘lib qoladi, ularning ustida miseliy koloniyasi paydo bo‘ladi. 
Koloniya diametri ~2,5 sm ga yetganda, uning o‘rtasida zaytun-
yashil tusli, dumaloq shaklli, changuvchi konidial sporalash sektori 
hosil bo‘ladi, bu sektor zamburug‘ning millionlab konidiyalaridan 
iborat bo‘lib, uning atrofida keng, oq hoshiyali miseliy saqlanib 
qoladi. Zamburug‘ konidiyalari havo oqimlari bilan atroflariga 
tarqalib ketadi, boshqa, sog‘lom mevalarga tushib, ularni ham 
zararlaydi. Miseliy atrofidagi to‘qima yumshaydi. Quruq ob-havoda 
meva burishib, mumiyolanib qoladi. Nam ob-havo sharoitida 
zararlangan joylarga boshqa mog‘or zamburug‘lari va bakteriyalar 
kirib oladi va meva bo‘tqa shakliga kirib, butunlay chiriydi. 
Zamburug‘ning konidioforalari uchlarida konidiya zanjirchalari hosil 
bo‘ladi. Konidiyalar silindr, shar yoki boshqacha shaklli, 6-8x4-7 
mkm. Konidiyalar ekin ichida mavsum davomida va bir mavsumdan 
ikkinchisigacha saqlanadi, mevalarga shamol bilan tarqaladi va 
ularning qobig‘iga har xil jarohatlar orqali kirib oladi. Qo‘zg‘atuvchi 
uchun qulay harorat 24
o
S atrofida, 30
o
S dan yuqori va 10
o
S dan past 
haroratda kam rivojlanadi, 1
o
S da o‘sishdan butunlay to‘xtaydi.
Kulrang mog‘or (botritioz)
. Kasallikni och tusli gifomiset 
Botrytis cinerea
qo‘zg‘atadi. Qo‘zg‘atuvchining belgilari oldingi 
bo‘limlarda keltirilgan. Kasallik O‘zbekistonda sabzavot ekinlari, 


181 
uzum va boshqa substratlarda qayd etilgan, sitrus mevalarida ham 
uchrashi ehtimol qilinadi. Kasallik limon mevalari qobig‘ida 
Sclerotinia sclerotiorum,
Trichoderma viride 
va 
Phytophthora 
spp. 
zamburug‘lari
 
hosil qiladiganga o‘xshash qo‘ng‘ir, terisimon chirish 
belgilarini paydo qilishi mumkin. Keyinroq zararlangan qobiq 
qismlari 
ustida, 
qo‘zg‘atuvchining 
miseliy, 
konidiofora 
va 
konidiyalaridan tashkil topgan kulrang-qo‘ng‘ir-zaytun tusli mog‘or 
rivojlanadi. Saqlash davrida kasallik zararlangan mevalardan 
sog‘lomlariga kontakt usuli bilan (mevalar bir-biriga tekkanda) oson 
tarqaladi. Mevalaridan tashqari, qo‘zg‘atuvchi sitrus ekinlarining 
gullarini zararlaydi va meva tugunchalari to‘kilishiga olib keladi. 
Qo‘zg‘atuvchining konidiyalari salqin, sernam ob-havo sharoitida 
o‘simlik qoldiqlarida hosil bo‘ladi. Ular yomg‘ir va shamol bilan 
gullarga tushadi va ularni zararlaydi. Qo‘zg‘atuvchi zararlangan 
to‘qimalarda tinim davriga kirib, yosh meva ustida saqlanishi 
mumkin. Zamburug‘ sog‘lom to‘qimalarni zararlashi meva 
yetilganida va mevalarni saqlash vaqtida kuzatiladi.

Download 2,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish