Buxgalteriya tahlili usuli
hisobdagi nomuvofiqlik va og‘ishlarni
aniqlash uchun buxgalteriya hisobini (balans, hisoblar va ikki
yoqlama yozuv; baholash va kalkulyatsiya, invertarizatsiya va
hujjatlashtirish) tadqiq etishni nazarda tutadi.
Hujjatlashtirilgan tahlil usuli
deganda buxgalteriya hujjatlarini
tadqiq etish tushuniladi va hisob hujjatlarining tashqi ko‘rinish yoki
mazmunni namoyon etish xususiyatlari o‘rganiladi. Hujjatli tahlilning
maqsadi hujjatlardagi noaniqliklarni aniqlashdan iborat.
Iqtisodiy tahlil usuli
normal iqtisodiy faoliyatdan chetlashish
sabablarini aniqlashda yordam beradi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mos kelmasligini aniqlashda
quyidagi iqtisodiy jinoyatni aniqlash usullari qo‘llaniladi:
•
taqqoslashlar usuli;
•
maxsus hisob ko‘rsatkichlari usuli;
•
stereotiplar usuli;
•
to‘g‘irlanadigan ko‘rsatkichlar usuli.
Taqqoslashlar
usuliga
korxona
iqtisodiy
faoliyatining
xususiyatini ochib beruvchi va bir necha hisobot davrlaridagi
ko‘rsatkichlar tahlili davomida qarama-qarshiliklarni aniqlovchi
tanlanma ko‘rsatkichlar kiradi. Qarama-qarshiliklar quyidagi juft
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishida aniqlanishi mumkin: texnologik
ehtiyojlar va mahsulot ishlab chiqarish uchun elektroenergiya
iste’moli; foyda hajmi va mahsulot ishlab chiqarish; xom ashyo
iste’moli va mahsulot ishlab chiqarish. Ichki taqqoslash tahlilidan
foydalanishda bir necha muddat davomidagi korxona faoliyati
ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslanadi. Ushbu usul yashirin daromadlar
va pullarni poklab olish jarayonlarini aniqlashda samaralidir.
Taqqoslama tahlilning mohiyati shundaki, taqqoslanayotgan davrlar
uchun foyda hajmidagi o‘zgarishlar aniqlanadi va ushbu
og‘ishlarning sabablari tadqiq etiladi. Agar ushbu o‘zgarishlarni
tushuntirib beradigan ishonarli sabablar ko‘rsatilmasa, bu hol xo‘jalik
faoliyatidagi salbiy o‘zgarishlar va daromadlarni soliqqa tortishdan
yashirish, deb tan olinadi. Xo‘jalik faoliyatini tekshirish korxonada
qanday oborotlarga erishilganligi va natijada qanday daromadlar
olinganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Nazoratdagi
kalkulyatsiya daromadlarni yashirish yoki pullarni poklab olish yuz
berganini isbotlaydi.
Maxsus hisob ko‘rsatkichlari usuli
quyidagilarga asoslangan:
korxona faoliyatini tahlil qilish jarayonida iqtisodiy jinoyat
qilinganda albatta o‘zgaradigan hisob ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Maxsus hisob nomini olgan bu ko‘rsatkich normal sharoitda faoliyat
yuritayotgan korxona uchun hisoblanadi. Amaldagi va etalon
hisoblangan maxsus hisob ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqning
mavjud bo‘lishi jinoyat sodir etilganligining isbotidir.
Stereotiplar usuli
iqtisodiy faoliyatning oddiy sharoitlarida kam
uchraydigan va jinoyatchilik hodisalarini aks ettiruvchi iqtisodiy
ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi g‘ayrioddiy bog‘liqliklarni izlash uchun
mo‘ljallangan. Oddatda, bu usulning 5 ko‘rinishini ajratib
ko‘rsatishadi: “qizil bayroq” usuli, sof qiymat tahlili usuli, kassa
kamomadini hisoblash usuli, pul aylanishini hisoblash usuli,
xarajatlarni qoplashni hisoblash usuli.
“Qizil bayroq”
usuli eng ko‘p tarqalgan usul bo‘lib, sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklardan ogoh etadi. Masalan, kayting
25
kabi jinoyatchilikning belgisi – bu 1) bir kishi yoki kompaniyaga
muntazam ravishda tez-tez chek yozib berish; 2) cheklarni bir
kishining turli banklardagi hisob raqamlariga yozib berish; 3)
omonatchi o‘zining balansini tekshirishni so‘rab tez-tez murojaat
qilishi hisoblanadi.
Sof qiymat tahlili usulining
mohiyati: ma’lum bir davr davomida
soliq to‘lovchining turmush darajasi keskin o‘sib ketishi, birinchidan,
soliqqa tortilishi zarur bo‘lgan daromadlar evaziga, ikkinchidan,
soliqqa tortilmaydigan daromadlar evaziga, uchinchidan, bir
marotabalik pul daromadlari (yutuqlar, sovg‘alar, meros va boshq.)
evaziga amalga oshishi mumkin. Agar hisob-kitob qilinganda mol-
25
Kayting - inkassatsiyadan o‘tmagan summaga chek berish
mulk va shaxsiy iste’mol o‘sishi (qabul qilingan ustama va
ajratmalarni hisobga olgan holda) soliq to‘langan daromadlar
hajmidan katta bo‘lsa, mol-mulkning qo‘shimcha o‘sishi deklaratsiya
qilingan daromadlar qatoriga kirmaydi va noqonuniy xususiyatga ega
bo‘ladi.
Kassa kamomadini hisoblash usuli
. Bu tekshiruv usulidan kassa
kitobida hisobga olinadigan naqd pul mablag‘lari kelib tushadigan
kichik va o‘rta korxonalarni taftish qilayotganda foydalaniladi.
Kassadagi kamomadni hisoblashning mohiyati shundaki, korxona
egasi kassada mavjud bo‘lgan puldan oshig‘ini bera olmaydi. Agar
ma’lum bir muddat ichida amalga oshirilgan xarajatlar kassadagi
dastlabki mavjud summa va shu davr ichida kelib tushgan pul
tushumlaridan ortiq bo‘lsa, bu kassa kamomadi mavjudligidan dalolat
beradi va korxonani taftish qilishga asos bo‘ladi. Agar kassa
kamomadini
asoslovchi
sabablar
ko‘rsatilmasa, daromadlar
yashirilayotganligi taxmin qilinadi.
Pul aylanishini hisoblash usuli
daromadlar va xarajatlar tahlili
bilan bog‘liq. Pul aylanishini hisoblashning 2 turi mavjud:
•
ishlab chiqarish va xususiy sohaga xos umumiy pul
aylanishini hisoblash;
•
faqat ishlab chiqarish yoki faqat xususiy pul tushumlari va
to‘lovlari hisobga olinadigan pul aylnishini hisoblash.
Pul aylanishini hisoblash usuli quyidagini anglatadi – soliq
to‘lovchi ma’lum bir vaqt oralig‘ida daromad sifatida kelib
tushayotgan mablag‘dan ko‘proq mablag‘ sarflay olmaydi va to‘play
olmaydi.
Xarajatlarni qoplashni hisoblash usuli
tekshirilayotgan shaxsda
mavjud bo‘lgan summa bilan naqd ko‘rinishda amalga oshirilgan
to‘lovlarni taqqoslashga asoslangan. Bu usul pul aylanishini
hisoblash usulining soddalashtirilgan ko‘rinishidir. Xarajatlarni
qoplashni hisoblashda soliq to‘lovchining boshqa daromad manbalari
ham nazarda tutiladi.
Bu usul soliq to‘lovchining mol-mulki to‘g‘risida ma’lumot
yetarli bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
To‘g‘irlanadigan ko‘rsatkichlar usuli.
Ushbu usul korxona
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va u faoliyat yuritayotgan tashqi muhitni
tahlil etishdan iboratdir. Misol tariqasida biror-bir korxona tomonidan
ma’lum bir tovarni sotish hajmi dinamikasini va ushbu tovar bozori
kon’yunkturasi o‘zgarishini tahlil qilishni keltirish mumkin. Talab
pasayib borayotgan sharoitda mahsulot sotilishining hajmi sezilarli
o‘sishi yashirin iqtisodiy faoliyat mavjudligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |