Mead D. С, Morrisson С.
The Informal Sector Ele-pfant // World
Development. 1996. Vol. 24. No. 10. P. 1611-1619.
Lotin Amerikasidagi ikki mamlakat (Ekvador, Yamayka),
Afrikadagi to‘rt mamlakat (Jazoir, Tunis, Nigeriya, Svazilend) va
Osiyodagi bir mamlakat (Tailand) lardagi tadqiqot natijalari bo‘yicha
axbortlardan
foydalanib
D.Mid
va
K.Morrissonlar
ushbu
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
kichik
biznesning
legalliligi
(ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash va mehnat qonunchiligiga
rioya qilish) va kapital sig‘imkorligini solishtirishgan. Ushbu
tadqiqotning natijalari juda qiziqarlidir.
Korxonalarda band bo‘lganlar soniga qarab guruhlashtirib
tadqiqotlar olib borish shuni ko‘rsatdiki, o‘rganilayotgan mamlakatlar
o‘rtasida kichik korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi bo‘yicha
keskin farqlar mavjud. Masalan, Jazoirda deyarli barcha mayda ishlab
chiqaruvchilar va savdogarlar maxsus sertifikatlarga egalar;
sertifikati yo‘qlarni qat’iy jazo kutadi. Ekvador va Nigeriyada 10
kishidan kam band bo‘lgan korxonalar eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgandir,
1 ta xodim ishlaydigan korxonalarning deyarli yarmi ro‘yxatdan
o‘tkazilgandir. Boshqa mamlakatlarda kichik korxonalarni ro‘xatdan
o‘tkazilishi darajasi juda past bo‘lib 25%ga ham yetmaydi (Tunis
bundan mustasno).
Shundan kelib chiqib, D.Mid va K.Morrisslar quyidagi xulosaga
keldilar: “korxona hajmidan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish
darajasi indikatori sifatida foydalanish bitta xodimli korxonalar bilan
chegaralanganda ba’zi mamlakatlarda qo‘l keladi”
114
. Bunday mayda
korxonalar ro‘yxatdan o‘tishdan voz kechishmaydi. Bandlar soni
oshgan sari ro‘yxatdan o‘tish darajasi oshib boradi (turli
mamlakatlarda turlicha darajada).
Ba’zi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan soliq to‘lanishi
o‘rtasida to‘liq muvofiqlik namoyon bo‘ladi, chunki ro‘yxatdan
o‘tkazish vaqtida registratsiya to‘lovi to‘lanadi. Ammo bu hol doimo
va barcha soliq to‘lovlari bilan amalga oshmaydi. Masalan,
Nigeriyada daromad va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan
korxonalar soni ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar sonidan ancha kamdir,
Svazilend va Tailandda esa aksincha, soliq to‘lovchilarni soni
ro‘yxatdan o‘tganlarning sonidan ko‘pdir. Bu hol quyidagini
114
Mead D. С, Morrisson С.
Op. cit. Р. 1613.
isbotlaydi: “ro‘yxatdan o‘tkazish soliqlar to‘lanishining majburiy va
yetarli sharti emas. Ro‘yxatdan o‘tkazish mezoniga asoslanadigan
norasmiy sektorni ta’rifi faqatgina korxona registratsiya to‘lovidan
tashqari soliqlarni ham to‘lashini qayd etishi mumkin”
115
.
Mehnat qonunchiligiga rioya qilish mezoni bo‘yicha holat ham
bir xillikdan ancha uzoqdir: ba’zi mamlakatlarda (Jazoir, Nigeriya)
ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning kamchiligi mehnat me’yorlariga
amal qiladi, boshqa mamlakatlarda (Tunis, Svazilend, Tailand)
aksincha, norasmiy sektor korxonalari ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsalar
ham mehnat kodeksiga amal qiladilar. Bu yana bir bor korxonalarni
ro‘yxatdan o‘tkazish ularni tartibga solinuvchi tizimga kiritilishini
anglatmaydi
116
. Shu sababdan rasmiy va norasmiy biznes o‘rtasida
chegara o‘tkazish murakkabdir.
D.Mid va K.Morrissonlar mavjud ma’lumotlar kichik biznesda
jismoniy va “inson” kapitalining o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalarni
olib borish uchun yetarli emasligini ta’kidlashadi. “Inson” kapitali
haqida to‘xtalsa, Ekvador va Yamaykada tadbirkorlarning yarmidan
oshig‘i o‘rta va oliy ma’lumotga egalar, Tailandda bilimlilik darajasi
ancha pastdir. Bu ma’lumotlar norasmiy sektorda, asosan,
ma’lumotga ega emas odamlar ishlaydi degan tushunchani inkor
etadi. Tailand va Tunisda ko‘pchilik (50-70%) kichik korxonalar
jismoniy kapitalga investitsiyalarni amalga oshirsalar, Jazoirda esa
kamchilik (15-30%) korxonalar bunday investitsiyalarni amalga
oshiradilar, bu ushbu mamlakatda norasmiy sektor korxonalarida
modernizatsiya jarayonlarini past darajada ekanligidan dalolatdir.
D.Mid va K.Morrissonlar xulosasiga ko‘ra “uchinchi dunyo”
mamlakatlarining deyarli barchasida ko‘pchilik korxonalar quyidagi
umumiy xususiyatlarga egadirlar: band bo‘lganlarni soni kam, soliq
va boshqa qoidalarga rioya qilmaslik, past darajada kapital
sig‘imkorligi. Ammo bu xususiyatlarning barchasi birdaniga
uchramasligi mumkin, shu sabab norasmiy sektorning universal
ta’rifini ishlab chiqish murakkablashmoqda. “Norasmiylik”ni o‘ziga
xos mozaikaga o‘xshatish mumkin, uning elementlari ichida qonuniy
115
Mead D.
С,
Morrisson С.
Op. cit. Р. 1613.
116
O‘sha yerda
va tasodifiylarini ajratib olish juda murakkabdir. Ushbu holatni
e’tiborga olib, tadqiqotchilar tahlilchilarni turli mamlakatlarning
ma’lumotlarini tanqidiy baholashlari va har bir holatda norasmiy
sektor tushunchasiga qanday mazmun berilayotganing aniq
ko‘rsatishlarini so‘rashmoqda. Chunki har bir mamlakatda norasmiy
sektorga turli holatda turli mazmun berilmoqda.
Har qanday holatda “uchinchi dunyo” tadqiqotchilari norasmiy
sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egaligini
yakdillik bilan tan olishmoqda. Ba’zi mamlakatlarda u hatto rasmiy
iqtisodiyotdan ham oshib ketgan (7.1.4- va 7.1.5-jadvallar).
Do'stlaringiz bilan baham: |