Book · October 020 citations reads 1,496 authors: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/221
Sana12.02.2022
Hajmi3,88 Mb.
#445779
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   221
Bog'liq
Hufena-iktisodiet

Buxgalteriya tahlili usuli 
hisobdagi nomuvofiqlik va og‘ishlarni 
aniqlash uchun buxgalteriya hisobini (balans, hisoblar va ikki 
yoqlama yozuv; baholash va kalkulyatsiya, invertarizatsiya va 
hujjatlashtirish) tadqiq etishni nazarda tutadi. 
Hujjatlashtirilgan tahlil usuli 
deganda buxgalteriya hujjatlarini 
tadqiq etish tushuniladi va hisob hujjatlarining tashqi ko‘rinish yoki 
mazmunni namoyon etish xususiyatlari o‘rganiladi. Hujjatli tahlilning 
maqsadi hujjatlardagi noaniqliklarni aniqlashdan iborat. 
Iqtisodiy tahlil usuli
normal iqtisodiy faoliyatdan chetlashish 
sabablarini aniqlashda yordam beradi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mos kelmasligini aniqlashda 
quyidagi iqtisodiy jinoyatni aniqlash usullari qo‘llaniladi: 
• 
taqqoslashlar usuli; 
• 
maxsus hisob ko‘rsatkichlari usuli; 
• 
stereotiplar usuli; 
• 
to‘g‘irlanadigan ko‘rsatkichlar usuli. 
Taqqoslashlar 
usuliga 
korxona 
iqtisodiy 
faoliyatining 
xususiyatini ochib beruvchi va bir necha hisobot davrlaridagi 
ko‘rsatkichlar tahlili davomida qarama-qarshiliklarni aniqlovchi 
tanlanma ko‘rsatkichlar kiradi. Qarama-qarshiliklar quyidagi juft 
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishida aniqlanishi mumkin: texnologik 
ehtiyojlar va mahsulot ishlab chiqarish uchun elektroenergiya 
iste’moli; foyda hajmi va mahsulot ishlab chiqarish; xom ashyo 
iste’moli va mahsulot ishlab chiqarish. Ichki taqqoslash tahlilidan 
foydalanishda bir necha muddat davomidagi korxona faoliyati 
ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslanadi. Ushbu usul yashirin daromadlar 
va pullarni poklab olish jarayonlarini aniqlashda samaralidir. 
Taqqoslama tahlilning mohiyati shundaki, taqqoslanayotgan davrlar 
uchun foyda hajmidagi o‘zgarishlar aniqlanadi va ushbu 
og‘ishlarning sabablari tadqiq etiladi. Agar ushbu o‘zgarishlarni 


tushuntirib beradigan ishonarli sabablar ko‘rsatilmasa, bu hol xo‘jalik 
faoliyatidagi salbiy o‘zgarishlar va daromadlarni soliqqa tortishdan 
yashirish, deb tan olinadi. Xo‘jalik faoliyatini tekshirish korxonada 
qanday oborotlarga erishilganligi va natijada qanday daromadlar 
olinganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Nazoratdagi 
kalkulyatsiya daromadlarni yashirish yoki pullarni poklab olish yuz 
berganini isbotlaydi. 
Maxsus hisob ko‘rsatkichlari usuli
quyidagilarga asoslangan: 
korxona faoliyatini tahlil qilish jarayonida iqtisodiy jinoyat 
qilinganda albatta o‘zgaradigan hisob ko‘rsatkichi aniqlanadi. 
Maxsus hisob nomini olgan bu ko‘rsatkich normal sharoitda faoliyat 
yuritayotgan korxona uchun hisoblanadi. Amaldagi va etalon 
hisoblangan maxsus hisob ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqning 
mavjud bo‘lishi jinoyat sodir etilganligining isbotidir. 
Stereotiplar usuli 
iqtisodiy faoliyatning oddiy sharoitlarida kam 
uchraydigan va jinoyatchilik hodisalarini aks ettiruvchi iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi g‘ayrioddiy bog‘liqliklarni izlash uchun 
mo‘ljallangan. Oddatda, bu usulning 5 ko‘rinishini ajratib 
ko‘rsatishadi: “qizil bayroq” usuli, sof qiymat tahlili usuli, kassa 
kamomadini hisoblash usuli, pul aylanishini hisoblash usuli, 
xarajatlarni qoplashni hisoblash usuli. 
“Qizil bayroq”
usuli eng ko‘p tarqalgan usul bo‘lib, sodir bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklardan ogoh etadi. Masalan, kayting
25
kabi jinoyatchilikning belgisi – bu 1) bir kishi yoki kompaniyaga 
muntazam ravishda tez-tez chek yozib berish; 2) cheklarni bir 
kishining turli banklardagi hisob raqamlariga yozib berish; 3) 
omonatchi o‘zining balansini tekshirishni so‘rab tez-tez murojaat 
qilishi hisoblanadi. 
Sof qiymat tahlili usulining
mohiyati: ma’lum bir davr davomida 
soliq to‘lovchining turmush darajasi keskin o‘sib ketishi, birinchidan, 
soliqqa tortilishi zarur bo‘lgan daromadlar evaziga, ikkinchidan, 
soliqqa tortilmaydigan daromadlar evaziga, uchinchidan, bir 
marotabalik pul daromadlari (yutuqlar, sovg‘alar, meros va boshq.) 
evaziga amalga oshishi mumkin. Agar hisob-kitob qilinganda mol-
25
Kayting - inkassatsiyadan o‘tmagan summaga chek berish 


mulk va shaxsiy iste’mol o‘sishi (qabul qilingan ustama va 
ajratmalarni hisobga olgan holda) soliq to‘langan daromadlar 
hajmidan katta bo‘lsa, mol-mulkning qo‘shimcha o‘sishi deklaratsiya 
qilingan daromadlar qatoriga kirmaydi va noqonuniy xususiyatga ega 
bo‘ladi. 
Kassa kamomadini hisoblash usuli
. Bu tekshiruv usulidan kassa 
kitobida hisobga olinadigan naqd pul mablag‘lari kelib tushadigan 
kichik va o‘rta korxonalarni taftish qilayotganda foydalaniladi. 
Kassadagi kamomadni hisoblashning mohiyati shundaki, korxona 
egasi kassada mavjud bo‘lgan puldan oshig‘ini bera olmaydi. Agar 
ma’lum bir muddat ichida amalga oshirilgan xarajatlar kassadagi 
dastlabki mavjud summa va shu davr ichida kelib tushgan pul 
tushumlaridan ortiq bo‘lsa, bu kassa kamomadi mavjudligidan dalolat 
beradi va korxonani taftish qilishga asos bo‘ladi. Agar kassa 
kamomadini 
asoslovchi 
sabablar 
ko‘rsatilmasa, daromadlar 
yashirilayotganligi taxmin qilinadi.
Pul aylanishini hisoblash usuli
daromadlar va xarajatlar tahlili 
bilan bog‘liq. Pul aylanishini hisoblashning 2 turi mavjud:
• 
ishlab chiqarish va xususiy sohaga xos umumiy pul 
aylanishini hisoblash; 
• 
faqat ishlab chiqarish yoki faqat xususiy pul tushumlari va 
to‘lovlari hisobga olinadigan pul aylnishini hisoblash. 
Pul aylanishini hisoblash usuli quyidagini anglatadi – soliq 
to‘lovchi ma’lum bir vaqt oralig‘ida daromad sifatida kelib 
tushayotgan mablag‘dan ko‘proq mablag‘ sarflay olmaydi va to‘play 
olmaydi. 
Xarajatlarni qoplashni hisoblash usuli 
tekshirilayotgan shaxsda 
mavjud bo‘lgan summa bilan naqd ko‘rinishda amalga oshirilgan 
to‘lovlarni taqqoslashga asoslangan. Bu usul pul aylanishini 
hisoblash usulining soddalashtirilgan ko‘rinishidir. Xarajatlarni 
qoplashni hisoblashda soliq to‘lovchining boshqa daromad manbalari 
ham nazarda tutiladi. 
Bu usul soliq to‘lovchining mol-mulki to‘g‘risida ma’lumot 
yetarli bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. 
To‘g‘irlanadigan ko‘rsatkichlar usuli. 
Ushbu usul korxona 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va u faoliyat yuritayotgan tashqi muhitni 


tahlil etishdan iboratdir. Misol tariqasida biror-bir korxona tomonidan 
ma’lum bir tovarni sotish hajmi dinamikasini va ushbu tovar bozori 
kon’yunkturasi o‘zgarishini tahlil qilishni keltirish mumkin. Talab 
pasayib borayotgan sharoitda mahsulot sotilishining hajmi sezilarli 
o‘sishi yashirin iqtisodiy faoliyat mavjudligidan dalolat beradi.

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish