Tarkibiy-iqtisodiy “kul rang hududlar”
. Xalqaro moliya
biznesi butun dunyoda sekin-asta kul rang tus olmoqda. Harom
pullarni yuvish va daromadlarni yashirish bilan bog‘liq mojarolarda
faqatgina Kayman orollarining banklari emas, balki Shveysariya,
AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarning e’tiborli moliyaviy
tuzilmalari
ham
aralashib
qolishmoqda.
Ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotning jadal o‘sib boruvchi natijasi hisoblanmish xalqaro
Internet-iqtisodiyot ham borgan sari kul rang tus olmoqda.
Globallashuv jarayonining raqiblari birinchi navbatda, ularning
fikri bo‘yicha, global totalitarizm xavfini olib keluvchi “yangi xalqaro
tartib”dan tashvishlanishadi. Umuman olganda, globallashuv jarayoni
“xalqaro tartib”dan tashqari jinoiy globallashuv ko‘rinishidagi
“xalqaro tartibsizlik”ga ham olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |