Book · October 020 citations reads 1,496 authors: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/221
Sana12.02.2022
Hajmi3,88 Mb.
#445779
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   221
Bog'liq
Hufena-iktisodiet

 
9.4. Mafiya jamoa sifatida
Mafiya ichki tashkiloti yuqorida ta’kidlanganidek, oddiy firma 
bilan sezilarli belgilarga (mehnat taqsimoti, iyerarxiklik) ega. Legal 
firma bozor munosabatlarining ishtirokchisi bo‘lib, o‘z ichki tarkibi 
bo‘yicha miniatyurali buyruqbozlik iqtisodiyoti hisoblanadi; shu 
singari jinoiy tashkilot ham boshqa tashkilotlar bilan raqobatlashadi, 
biroq uning ichkarisida raqobat unsurlari ongli ravishda to‘ldiriladi. 
Ammo mafiya oilalarida oddiy firmalarda bo‘lishi mumkin 
bo‘lmagan belgilar ham mavjud: mafiyaning doiraviy qo‘li xizmat 
ko‘rsatadigan korporatsiyalar oddiy loyalligidan ancha ustun bo‘ladi. 
Masalan, “jamiyat” uchun voz kechishga tayyorlik (masalan, hatto 
og‘ir jazolanish xavf solib turgan vaziyatda ham politsiya bilan 
hamkorlikni rad qilish) jinoiy hamkorliklar a’zolari xulq-atvorining 
me’yori hisoblanadi, buni legal firma xodimidan kutish qiyin bo‘lar 
edi. 
184
Eng yuqori monopollashgan kriminal soha kokain biznesi hisoblandi. Chunki 
koka barglari faqat “And uchburchagi” da o‘sadi (Peru, Boliviya, Kolumbiya). Biroq bu 
yerda ham mutloq monopoliya emas, balki qat’iy oligopoliya kuzatiladi: 1980-yy.da 
Medelinsk narkokarteli kokain eksportining taxminan 80% ini, Kali narkokarteli 20% ini 
ta’minladi; 1990 yy. da esa aksincha, Kali – 80%, Medelinsk karteli qoldiqlari - 10-20%. 


Birinchi me’yor «o‘yin konstitutsiyasi» o‘zaro hamkorlik 
maqsadlarini aniqlashga taalluqli, uni sha’n me’yori sifatida ifodalash 
mumkin. Mafiyaning avjiga chiqqan klassik davri (1890-1970 
yillar)da Italiya janubi aholisining asosiy maqsadi o‘zining 
foydaliligini oshirishdan emas, balki o‘z sha’nini va o‘z oilasining 
sha’nini saqlab qolishdan iborat bo‘lgan. Hatto o‘zini mafiya deb 
hisoblagan insonning o‘zini nomlashi – «sha’n odami» - uning 
faoliyati 
maqsadining 
an’anaviy 
xususiyatini 
tasdiqlagan. 
Kelishuvlar nazariyasi atamasidan foydalangan holda, sha’n 
me’yorini an’anaviy kelishuv jumlasiga kiritish mumkin, chunki gap 
oilaning sha’ni va obro‘si haqida, birinchi galda, er-xotinning sha’ni 
haqida ketayapti. Haqiqiy mafioz uchun hatto tijorat sohasidagi 
muvaffaqiyat ham mustaqil qadr-qimmat emas, balki sha’n belgisi 
sifatida ko‘rib chiqiladi. 
Sha’nni himoya qilish va tasdiqlashning asosiy vositasi – «hasad 
raqobatchiligi», erkaklar ega bo‘lgan zulm o‘tkazish salohiyatini 
doimiy ravishda taqqoslash (ta’kidlash lozimki, mafiyaning madaniy 
sohasi – «machizm», ya’ni erkakka sig‘inish)dir. Xufyona tadbirkor 
zarur hollarda zulm qo‘llanilishi bilan to‘xtab qolmaydi, oshkora 
tadbirkor esa zulm o‘tkazish uchun davlat monopoliyasi oqibatida 
erkinlikning ushbu darajasidan mahrum etilgan. Shuning uchun 
mafiya bilan bog‘liq korxonalarning raqobat jihatdan ustunliklari 
raqobat natijasida emas, balki yakka (alohida) monopoliyani hosil 
qilish va raqobatni cheklash natijasida yuzaga keladi
185

Navbatdagi me’yor – ishonch – an’anaviy xususiyatga ega, 
chunki u oila doirasida lokalizatsiyalashgan. Oila ichida ishonch 
bo‘lmasa, uning boshlig‘ining sha’ni tushunchasi o‘z kuchini 
yo‘qotadi. Shu nuqtai nazardan ishonch an’anaviy tarzda oila 
turmushining bazaviy tamoyillaridan birini aks ettiradi va uning 
tashqarisiga amal qilmaydi, demak, u bozor konstitutsiyasida ko‘zda 
tutilganidek, oqilona harakatning sharti bo‘lishi mumkin emas. 
Mafiyaning bazaviy tashkiliy birligi – sossa – 15-20 (ko‘pi bilan 70-
185
Qarang: Беркинов Б.Б. Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. 
Беркинов; ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тош. Давлат иқтисодиёт ун-
ти, Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. – 
71-бет. 


80, kamida 7) kishidan iborat va oila-qarindoshchilik aloqalari 
asosida shakllanadigan guruhni o‘zida namoyon etadi. Sossa faoliyati 
doirasiga tushgan barcha shaxslar uning a’zolari bilan do‘stona 
munosabatlar orqali bir-biriga bog‘liq. 
Mafiya bilan bog‘liq tadbirkorlarning raqobat jihatdan yana bir 
ustunligi bo‘lib ishonch asosida shartnoma munosabatlarini qurish 
hisoblanadi – mafiya shartnoma majburiyatlari bajarilishining eng 
yaxshi kafolati hisoblanadi. Shuningdek, ishonch yuqori bo‘lmagan 
sharoitda amalga oshiriladigan oshkora tovarlar bilan istalgan 
xufyona bitimlarga va taqiqlangan tovarlar (qurol, giyohvandlik 
moddalari) bilan istalgan bitimlarga ham e’tibor qaratiladi. Tovar 
sifatida ishonchning o‘ziga xos jihatini hisobga olgan holda, mafiya 
uni sotishni g‘ayrioddiy usul bilan – oila-qarindoshchilik, do‘stona 
yoki mijozlik aloqalari sohasiga manfaatdor tadbirkorni aralashtirish 
orqali amalga oshiradi. 
Bitimlar bo‘yicha hamkorlarni «o‘ziniki» va «begona» toifasiga 
bo‘lish prinsipial jihatdan muhim, bu yerda gap ikkita standart, ikki 
xil xatti-harakat haqida boradi. «O‘ziniki» doirasida sha’n va obro‘ga 
birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali erishiladi va himoya qilinadi, 
munosabatlar ishonch asosida quriladi. «O‘ziniki» va «begona» 
o‘rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo‘lishi muqarrar, ishonch esa 
dushmanlik va zulmga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Xatti-harakatning 
ikki yoqlama standarti mantig‘iga yana bir muhim me’yor – maxfiylik 
kiritiladi. Ushbu me’yor tashqi olam bilan, ayniqsa, davlat vakillari 
bilan munosabatlarda to‘liq yopiqlikni belgilab beradi, uning teskari 
tomoni sifatida to‘liq ochiqlik va oila a’zolaridan faqat haqiqatni 
gapirishni talab qilish ishtirok etadi
186

Jinoiy tashkilot monolitligini izohlashda odatda “omert” (jim 
turish qonuni) ning buzilishi o‘lim bilan (ko‘pincha nafaqat 
qonunbuzarning o‘zi, balki uning oila a’zolarining) jazolanishi 
to‘g‘risida gapiriladi. Biroq shafqatsiz jazolanishdan qo‘rqish – 
nafaqat yagona, balki gangsterlarni tekislashning asosiy sharti 
186
Qarang:Беркинов Б.Б. Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. 
Беркинов; ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тош. Давлат иқтисодиёт ун-
ти, Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. – 
72-бет. 


bo‘lishi ham mumkin. Nemis sotsiologi L.Paolining ta’’kidlashicha, 
eng avvalo, “og‘achilik” bitimidan kelib chiqadigan “ritual tug‘ilish” 
munosabatlari mafiya birlashmalarining asosi sifatida chiqib, uni 
aloqalarni hozirdan uzibgina qolmay, balki jinoiy guruh manfaatlari 
uchun zaruriyat tug‘ilganda, hatto o‘z jonidan kechishga ham majbur 
bo‘lishini anglatadi. Bu guruh ichida mukofotlar kutmagan holda 
arxaik jamoalardagi munosabatlar turiga ko‘ra, alturistik o‘zaro 
munosabatlar hukmronligini ko‘zda tutadi. Hatto firmaga yollashni 
emas, balki yangi a’zolarni qabul qilish dalolatnomasining o‘zi 
ko‘pincha ibtidoiy jamoalarda initsiatsion an’analarni eslatuvchi 
ritual bo‘lib qoladi
187
. Mafiyaning kichik a’zolari kattalarning 
farmoyishlarini bajarishdan voz kechish huquqiga ega emas. Fiktiv 
tug‘ilish munosabatlari kriminal tashkilotlarga ekstraordinar 
mustahkamlik berib, uni tadbirkorlik firmalaridan topish mumkin 
emas. 
Albatta, “mafiya birodarligi”, eng avvalo, to va ilk industrial 
jamiyatlardayoq vujudga kelgan “eski” jinoiy tashkilotlar (triadalar, 
yakudza, Sitsiliya mafiyasi) uchun xosdir. Jamoaviy kollektivizm 
ruhi oqibatida shaxsiy foydaga odatdagi intilish bilan almashtirgan 
holda ham ketma-ket ucha boshladi. Biroq “mafiya birodarligi” jinoiy 
tashkilotlarni yo‘q qilish tartibi qo‘rquvi kuchlariga samarali qarshilik 
ko‘rsatish bo‘lib xizmat qilar ekan, jamoaviy mentallik qonunlarga 
rioya qiluvchi fuqarolar oddiy olamiga qaraganda, ularda yanada 
mustahkamroq saqlanib qoladi. 
Shunday qilib, jinoiy tashkilotlarni nafaqat kriminal firmalar, 
yashirin hukumat deb, balki jamoaviy turdagi jinoiy og‘aynichilik, 
deb ham hisoblash lozim. Hozirgi zamon dunyosida mafiya 
tashkilotlarining asosiy “shaxsi” firma “shaxsi” bo‘lib, yashirin 
hukumatlar vazifalari esa jinoiy hamdir (og‘aynichilik keyingi 
o‘ringa o‘tadi, ammo yo‘qolib ketmaydi). 
187
Masalan, Sitsiliya mafiyasiga “yangi olingan” kishi tajribali “kishi sha’ni” 
salomlashish so‘zidan keyin budga o‘z qonini surtadi va “Agar men qasamimni buzsam, 
bu muqaddas timsol kuyganidek, mening avlodim ham kuyib ketsin” degan ritual 
qasamni takrorlagan holda qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazgan holda uni yoqadi. (Кальви Ф. 
Повседневная жизнь итальянской мафии. М., 2000. С. 44-45). 



Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish