Book · October 020 citations reads 1,496 authors: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Sotuvchilar xulq-atvorining tahlili: risklar va xarajatlar



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/221
Sana12.02.2022
Hajmi3,88 Mb.
#445779
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   221
Bog'liq
Hufena-iktisodiet

1. Sotuvchilar xulq-atvorining tahlili: risklar va xarajatlar. 
Ushbu konferensiyada qator chiqishlar narxlar ustidan davlat nazorati 
sharoitida norasmiy yo‘llar bilan tovarlar sotish va ularning bozor 
bitimlariga ta’sirida ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar qiladigan 
xarajatlar tabiatini tahlil qilishga bag‘ishlandi. Xususan, S. 
Devareydjen, K. Djons va M. Romerlar noqonuniy bozorlarda o‘z 
tovarlarini sotish orqali narxli tartibga soladigan va uning nolegal 
savdolar ko‘lamiga ta’sirini hisobga oladigan sotuvchilarda vujudga 
keladigan risklarning sabablari muammosiga to‘xtalib o‘tadilar
143

Adabiyotlarda riskning miqdori, ya’ni topilish va jazolanish ehtimoli 
faqat mutanosib bozorda sotilgan tovarlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, 
degan fikr bildiriladi. S. Devareydjen, K. Djons va M. Romerlar yo 
(1) taklif qilingan tovar umumiy miqdori narxli nazoratning 
intensivligi bilan belgilanib, unga bog‘liq ravishda tovarning katta 
yoki kichik qismi legal bozordan nolegal bozorga o‘tishini; yoki (2) 
narxlar ustidan nazorat o‘rnatishda butun savdo to‘lig‘icha mutanosib 
bozorga o‘tishini aniqladilar. Umuman, nolegal va legal sotuvlarni 
hisobga olib, bozorda tovarlar taklifining muvozanatli hajmi 
quyidagicha shakllanadi. Dastlab “ishlab chiqaruvchilar cheklangan 
xarajatlari mutanosib va rasmiy narxlar o‘rtasidagi tafovut bilan 
taqqoslanmas ekan, o‘zlarining mutanosib bozordagi harakatlari 
orqali (o‘z tovarini) mutanosib bozorda sotadilar”
144
. Mutanosib 
bozordagi 
sotuvlarda 
ustuvorlik 
yo‘qolganda, mahsulotning 
cheklangan xarajatlarini (riskni istisno etadigan) rasmiy narxlar bilan 
142
“mutanosib bozorlar” tushunchasi - “norasmiy iqtisodiyot” tushunchasining 
sinonimlaridan biridir. 
143
Devarajan S., Jones С, Roemer М. 
Markets under Price Controls in Partial and 
General Equilibrium // World Development. 1989. Vol. 17. No. 12. P. 1881-1894. 
144
O‘sha yerda. P. 1864. 


taqqoslab bo‘lmas ekan, ishlab chiqaruvchilar rasmiy bozorda o‘z 
tovarlarini sotishda davom etadilar. 
Nolegal bozorda riskning roli to‘g‘risidagi masala kontrabanda 
iqtisodiy tahlili bilan bog‘liq ravishda birinchi marta adabiyotlarda 
ko‘tarib chiqildi. M. Pitt 1980-yillarning boshlaridayoq 
kotrabandachilar tomonidan aralash strategiya – legal va nolegal 
savdoni qo‘shishni qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqdi
145
. U 
kontrabandachini ushlab turish riski faqat kontrabanda orqali 
keltirilgan tovarlarning ko‘payishi tomonigagina emas, balki qonuniy 
savdo o‘sganda, kamayishi tomoniga ham o‘zgarishi mumkin, deb 
ko‘rsatdi. Rasmiy yo‘llar bo‘yicha tovarlar bir qismini sotish 
biznesmenga legal maqomini ta’minlaydi va mutanosib bozorda 
boshqa qismini sotish to‘g‘risidagi hukumatning gumonini ifodalashi 
mumkin. S. Devareydjen, K. Djons va M. Romer mutanosib 
bozorning 
amal 
qilishi 
umumiy 
modelini 
qurishi 
va 
kontrabandistlarning umumiy “mahsulot chiqarish” riskining oddiy 
modelida bo‘lishi zarur bo‘lgan miqdordan oshib ketishini ko‘rsatishi 
uchun riskning mazkur xususiyatidan foydalanadilar. Qonuniy savdo 
jarima jazolariga tortilish riskini kamaytirgan va ishlab chiqaruvchiga 
mahsulotning cheklangan xarajatlarini rasmiy narxlarga teng 
bo‘ladigan nuqtadan yuqori ko‘tarish imkonini bergan holda 
tushumlarni ko‘paytiradi. 
«Agar sotuvchilarning xarajatlari (shu jumladan, risklar, 
jarimalar va poralar) davlat tomonidan tartibga solinadigan bozor 
xarajatlariga nisbatan kam bo‘lsa, - deb ta’kidlaydi K. Djons va M. 
Romer, - sotilayotgan (tovar) lar umumiy soni oshib borar ekan, ular 
tovarni fermerlardan yuqori narxlarda sotib olish va uni 
iste’molchilarga belgilanganidan past narxlarda sotish orqali bozorda 
belgilangan “soliq” larni qoplashlari mumkin. Sotilganlar (tovar) 
umumiy soni mutanosib (bozor) yo‘l mavjud bo‘lmaganda, bozor 
mexanizmi orqali sotilgan miqdordan oshib ketgan (bunda) bo‘lar 
edi»
146

145
Qarang: 
Pitt M. 
Smuggling and Price Disparity // Journal of International 
Economics. 1981. Vol. 11. P. 447-458. 
146
Jones С, Roemer М. 
Modeling and Measuring Parallel Markets in Developing 
Countries // World Development. 1989 Vol. 17. No. 12. P. 1865. 


Mutanosib 
bozorlar 
bo‘yicha konferensiyaning boshqa 
ishtirokchilari mutanosib bozordagi risklar yoki operatsiyalarning 
boshqa xarajatlari o‘zaro aloqadorligi hamda ko‘lamdan tejamkorlik 
muammosiga e’tibor qaratdi. Kontrabanda yoki noqonuniy savdo 
cheklangan xarajatlari sotuvlar hajmi bilan oshib borayotganligi 
ko‘rsatildi, ya’ni faoliyat ko‘lamidan salbiy tejamkorlik mavjud, 
biroq pora berishda yoki nolegal iqtisodiyotda ko‘lamdan tejamkorlik 
amal qilishi mumkin. Xarajatlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin: 
sotuvchilar nazoratni qanday amalga oshirishni yaxshi biladilar, 
mutanosib 
bozor 
muassasalari 
xarajatlarni 
salbiy 
tejashga 
moslashadilar. 
J.P. Azam va T. Beslilar o‘z asarlarini nolegal savdodagi 
ko‘lamdan tejamkorlik samarasi empirik tadqiqotiga bag‘ishlab, ular 
yashirin bozor modelini Gana iqtisodiyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
bo‘yicha qurdilar
147
. Ganada kakao rasmiy narxi jahon narxlaridan 
past. Fermerlar o‘z hosilining bir qismini Togo yoki Fil suyagi 
qirg‘og‘i qo‘shni davlatlaridagi kontrabanda orqali tovar 
keltirayotgan 
norasmiy 
savdogarlarga 
sotadilar. 
Transport 
vositalarini tanlagan va zaruriy porani to‘lagan holda sotuvchilar 
faqat taqchil iste’mol tovarlarini kontrabanda orqali tashishda 
foydalaniladigan yuk mashinalaridan kakaoni kontrabanda orqali olib 
kelish uchun foydalanganlarida pastroq xarajatlar qiladilar. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish