Book · November 019 citations reads 2,947 authors



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/377
Sana10.02.2022
Hajmi3,68 Mb.
#441454
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   377
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

 
emas, balki bir 
nechta
 
pedagogik vazifalar qo‘yadi va ularni faoliyati mobaynida pedagogik 
vaziyatlarga, jumladan, pedagogik vazifalarning qo‘yilishi va hal qilinishi 
sharoitlari
 
va boshqalarga bog‘liq ravishda tuzatib boradi. Bunday vaziyatlar 
rejali (masalan, muammoli dars, tarbiyaviy tadbir) va tasodifiy (tarbiyasi qiyin 
o‘smirnnng qo‘qqisdan namoyon bo‘ladigan xulqi) bo‘lishi mumkin. Mohir 
o‘qituvchi pedagogik vaziyatni to‘la boshqarishga intiladi va ayni shu vaqtning 
o‘zida bolalarning tashabbusiga keng yo‘l ochadi. Zaruriyat, tug‘ilganda u har 
qanday kutilmaganda yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni pedagogik 
vaziyatga aylantira oladi.
O‘qituvchining faoliyati quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
-
o‘z-o‘zini rivojlantirish; 
-
o‘quv faoliyatini ilg‘or texnologiyalar asosida qurish; 
-
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning qaror topishiga 
zamin yaratish; 


313 
- o‘quv faoliyatining o‘quvchilar ichki motivga asoslangan izlanuvchanlik 
yo‘nalishining kasb etishini ta'minlash va boshqalar. 
Pedagogik faoliyat o‘quvchilarga uch xil pedagogik ta'sir ko‘rsatishni 
nazarda tutadi: 
nimani o‘qitish, kimni
 
o‘qitish va qanday o‘qitish?
. Demak, mohir 
o‘qituvchi o‘quv predmetidan material tanlash va uni guruhlarga ajratish uquvini 
oshirishi; o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlari, ta'limning umumiy maqsadlarini 
amalga oshirib, o‘quvchilarga ta'sir ko‘rsatishning shakl, usul va metodlarini 
oqilona tanlashi va qo‘llashi lozim. Tabiiyki, o‘qituvchi o‘zining shaxsiy 
faoliyatini o‘zi tahlil qilib boradi. Ish davomida o‘quvchilar va o‘zining shaxsiy 
mehnati va sarflangan vaqtini hisobga olish, ishdagi kemtik joylarni ko‘ra bilish 
va ularni bartaraf etish yo‘llarini tanlash, o‘z tajribasini va hamkasblarining 
ishlarini tahlil qilish o‘ta muhim. Agar pedagogik faoliyatning barcha sanab 
o‘tilgan tarkibiy qismlari mavjud bo‘lsa, u holda uni psixologik jihatdan to‘la va 
yetuk, deb hisoblash mumkin.
Faoliyat jarayonida inson shaxsining har tomonlama yaxlit
rivojlanishi, tevarak-atrof, olamga munosabati shakllanadi. Inson faoliyati
maqsadga muvofiq amalga oshishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish va oqilona
yo‘naltirish lozim. Lekin ko‘p hollarda shaxsning rivojlanishi
imkoniyatlaridan foydalanilmaydi, tarbiyalanuvchilar ko‘pincha ijtimoiy
mehnat, bilish faoliyatini faol tashkil eta olmaydilar, hayotda sust harakat 
qiladilar. 
O‘quvchilar faoliyatining asosiy turlariga o‘yin, o‘qish, mehnatni
kiritgan holda uning asosiy yo‘nalishlari - ijtimoiy, sport, badiiy, texnik,
hunarmandchilik, emotsional faoliyatlariga ajratish mumkin.
Faoliyat faol va passiv bo‘ladi, faqat faol faoliyat o‘qituvchi va 
o‘quvchi shaxsining barcha imkoniyatlarini ruyobga chiqarishga yordam
beradi. Bunday faoliyat insonda qoniqish hosil qiladi, inson kuch-quvvatga
to‘ladi. 


314 
O‘qishda faollik ijtimoiy tajribalarni tezroq o‘rganib, anglab olishga,
kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishga, o‘zini o‘rab turgan atrof-olamga
munosabatini shakllantirishga olib keladi. Bilish faolligi esa bolaning
intellektual rivojlanishini ta'minlaydi.
O‘qituvchi mehnatida faollik shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishga
undaydi, uni yanada muvaqqiyatli mehnat qilishga yo‘llaydi.
Rivojlanayotgan shaxsni doimiy faollikka undash ancha murakkab va qiyin 
kechadi. Zero, o‘quvchining turli yoshida uning faoliyati o‘zgarib boradi.
Shuning uchun bu borada maktabdagi ommaviy tadbirlar bilan birga har
bir o‘quvchining invidual va yosh xususiyatlarini hisobga oladigan ishlar
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Pedagogik faoliyat davomida pedagogik vazifa (pedagogik maqsad)larni 
qo‘yish va uni o‘zgartirish, pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va 
klassifikatsiyalash, qaror qabul qilish, pedagogik tafakkur va pedagogik 
intuitsiya), tahlil etish, baholash, o‘zini o‘zi tuzatish (pedagogik refleksiya) va 
boshqalar kabi muhim kasbiy sifatlar mujassamlanadi. 
Shaxsning rivojlanishi bevosita uning faoliyatida ro‘y beradagan
o‘zgarishlar, motivlar, maqsadlar, yangi vositalarni qo‘llash, usullar hamda
faoliyat dasturi bilan bog‘liq holda kechadi. Turli pedagogik o‘zgarishlar 
asosida o‘qituvchi faoliyatining faolligi shakllanadi. Faoliyat pedagogikada
psixologik qonuniyatlarga tayangan holda turli shakl va metodlar orqali,
maxsus didaktik tomoyillarni qo‘llash asosida tashkil etiladi. Agar o‘quvchi
faoliyati o‘quv jarayonida bilimlarni o‘rganish, malaka va ko‘nikmalar hosil
qilish asosida tashkil qilinsa, o‘qituvchi faoliyati pedagogik vazifalarni quyish,
maqsadga erishish, faoliyat predmeti, vositalarini aniqlash, ularni bajarish 
usullarini oqilona tanlash, o‘quvchi faoliyatini boshqarish, o‘zaro hamkorlikka 
asoslangan ta'lim-tarbiyani tashkil qilish natijasida amalga oshadi.
Ta'limda faoliyat va uni boshqarishga yangicha yondashuv talab 
etiladi, didaktik tomoyillar yangi mazmun kasb etadi va o‘qitish


315 
texnologiyasini o‘zgartiradi. An'anaviy didaktikada buni amalga oshirib 
bo‘lmaydi. “O‘quv faoliyati”, “aqliy faoliyat” hozirgi davr pedagogikasining
eng muhim konsepsiyasi sifatida maydonga chiqmoqda. Uning asoschilari
L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, D.B.El'konin, V.V.Davidov,
P.Ya.Galperinlar pedagogik-psixologiyada ta'limga faoliyatli yondashuv
nazariyasini yaratdilar. 
41
Faoliyatning asosiy psixologik nazariyasi va ta'limga faoliyatli
yondashuv quyidagi g‘oyalar va tamoyillarni o‘zida qamrab oladi: 
1.
Faoliyatga metodologik asos bir tomondan ob'ektiv dunyo, ikkinchi
tomondan miyaga ruhiyatning ta'siri natijasida vujudga keladi. 
(A.N.Leontev). 
1.
Ruhiy ta'sirning faollik kasb etishi – bu sub'ektning ehtiyoji asosida
amalga oshadi (E.G‘oziev). 
1.
Moddiy dunyoda sub'ektni faoliyatga yo‘naltirish, faoliyatning o‘zi 
ham ijtimoiy munosabatlarda tarkib topadi (L.S.Vigotskiy). 
1.
Inson faoliyati ruhiyatining ijtimoiy tarixiy tabiatiga bog‘liq bo‘lib, 
bu jarayon ijtimoiy hayotning o‘zida amalga oshadi(D.B.Elkonin). 
1.
Inson faoliyatida ruhiyat ichki faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi 
(P.Ya. Galperin). 
Mazkur metodologik asoslar o‘quvchilarga nimani o‘rganish bilan
birga qanday o‘rgatishni ham tavsiya etadi.
Ta'lim jarayoni o‘quvchilar faoliyatini tizimli tashkil etishni taqozo 
etadi (-rasm). Ta'limning barcha tarkibiy qismlari uning o‘quvchi faoliyatini
tizimli tashkil etish- bu ta'lim maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari,
vositalari, ta'lim mahsuli, bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zaro aloqasida
amalga oshadi. 
Faoliyatning rivojlanishi ta'limda ma'lum didaktik prinsiplar asosida
yuzaga keladi. Bular ilmiylik, uzviylik, tizimlilik, qulaylik, ta'limda faollik,
41
Рубинштейн С.Л. “Основы общей психологии”- Москва: Знание, 2003 -106 с. 


316 
onglilik kabilardan iborat bo‘lib, ta'lim tizimidagi nuqsonlarni bartaraf etib,
unda o‘zgarishlar qilishni taqoza etadi.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish