25
Pedagogika tarixi va nazariyasi asosini tashkil qiluvchi birinchi guruhning
uchta pedagogik fan tarmoqlariga umumiy tasnif beradigan bo‘lsak,
bularning
uchalasi boshqa pedagogik fan tarmoqlariga asos bo‘lib, o‘zaro aloqadordir.
Didaktika va umumiy pedagogikada ishlab chiqilgan asosiy prinsiplar,
qoidalar va maxsus tushunchalar maktab hamda maxsus pedagogika
guruhlaridagi pedagogik fan tarmoqlari, didaktika prinsiplari va umumiy
pedagogikadagi
qonun-qoidalarni, ta'lim-tarbiya berishning o‘ziga xosligidan
kelib chiqib o‘zgartiradilar va o‘z sohasiga moslashtiradilar.
Pedagogika insonlar orasidagi munosabatlarni va ijtimoiy muhitning insonga
ta'sirini tadqiq etuvchi fan sifatida iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishining o‘ziga
26
xosligi hamda ularning inson shaxsi shakllanishiga ta'sirini o‘rganadi. Shu bilan
birga, pedagogika o‘quv muassasasi tizimining tashkiliy jihatlaridagi ko‘pgina
masalalarni hal etishga, shaxslarni tarbiyalashda o‘quv muassasasi, oila va
jamoatchilikning o‘zaro hamkorlikda ish olib borishiga yordam beradi.
«Pedagogika» fani tarbiya jarayonini ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganar ekan, tabiiy
ravishda jamiyatdagi barcha fanlar bilan bog‘liqdir. Pedagogika (fan sifatida)
falsafa fani zamirida rivojlandi. Har qanday fan yakka holda o‘zi mukammalikka
erisha olmaydi. U boshqa fanlar bilan aloqada, ularning yutuqlaridan foydalangan
holda mazmunan boyib boradi. Xuddi shuningdek
pedagogika fani ham hozirgi
kunda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqidagi
ma'lumotlarga tayanadi. U tabiat va jamiyat rivojlanishi qoidalari to‘g‘risidagi
ma'lumotlarga asoslanadi, o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib, insonning
ijtimoiy kamolotiga xizmat kiladi.
U falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya,
sotsiologiya, etika, estetika, biologiya, madaniyatshunoslik,
siyosatshunoslik va
boshqa fanlar bilan uzviy aloqadadir .
Falsafa -
jamiyat, tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tashkil
etadigan, ya'ni pedagogikaning taraqqiy etib borishiga imkon beradigan ilmiy
manbadir. Shu bilan birga, faylasuflar va pedagogika fanlari vakillari tomonidan
ishlab chiqilgan bir qator umumiy masalalar falsafada ham, pedagogikada ham
barobar mavjuddir.
Bular jumlasiga tarbiya bilan boshqa ijtimoiy xodisalar orasidagi o‘zaro aloqalar;
dunyoqarashni, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani
shakllantirish masalalari;
shaxs va jamoa munosabatlari; ta'lim jarayoni mohiyatini tushunish hamda
bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq
Falsafa pedagogika fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Falsafa pedagogikani ilmiy uslublar bilan boyitadi, ta'lim va tarbiyaning ob'ektiv
qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo‘ladi.
Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi sohasi bo‘yicha
ma'lumot beradi. Bu fanlar o‘quvchining axloqi, odobi, xulqi me'yorlarini
27
aniqlash, belgilash hamda nafosatli qilish uchun hayotning jozibali, nafis
qirralariga bevosita rag‘bat uyg‘otish borasida pedagogika fani bilan aloqadadir.
Etika
falsafaning ahloqiy va tarbiya masalalari bilan bevosita bog‘liqdir.
Ularni xal etishda pedagogika axloqning umuminsoniy qadriyatlariga suyanadi.
Estetika
(nafosat tarbiyasi) insonning estetik
ideallarini shakllantirish,
madaniyatga va voqyelikka estetik munosabatlari umumiy qonuniyatlarini
o‘rganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat qiladi. Bu
asoslarni pedagogika fani ishlab chiqadi, yoshlarni go‘zallikni xis qila olish,
tushunishga o‘rganish vositalari va yo‘llarini belgilab beradi.
Pedagogikaning falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligini, hal
etadigan ilmiy masalalarning umumiyligini pedagogikaning ijtimoiy xususiyati,
uning mafkuraviy yo‘nalishga ega ekanligini ta'kidlab turadi. Tarbiyaning hamma
muammolarini
boshqa siyosiy, ijtimoiy masalalar bilan bir qatorda hal etish
zaruriyatini ko‘rsatib beradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga bilim berish, ma'lumotli qilish, tarbiyalash
maqsadida ularga tizimli ta'sir ko‘rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy
omillarga asoslanadi. Ya'ni ta'sirning samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi,
idroki, tasavvur, dikkat va tafakkur - fikrlash jarayonining qanday kechayotganini
bilishga
asoslanib, ta'sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniksa, yosh davrlari
psixologiyasini, bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda
tarbiyalanuvchiga yondashadi va unga samarali ta'sir ko‘rsata oladi. Bunda
psixologiya turkumidagi fanlar pedagogika uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: