Pedagogik mahorat
» atamasiga mavjud pedagogikaga oid manbalarda:
«
o‘qituvchi – tarbiyachining pedagogik qobiliyati
35
», «o‘qituvchining muaomala
madaniyati va nutq san'ati
36
», «pedagogik nazokat, odob va ahloq
37
», «turli kelib
chiqadigan pedagogik vaziyatlarga munosabat
38
», «o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z
ustida ilmiy ijodiy ishlash
39
» kabi tavsiflar berilgan.
Pedagogik mahorat- bu pedagogik (o‘quv - tarbiyaviy) jarayonining barcha
shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti
maqsadlari tomon yo‘llantirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni
shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik
uyg‘otishdir.
1
1
Очилов М. Педагогик маҳорат.-Тошкент: Ўқитувчи, 2003,-76-бет
2
2
Азизходжаева Н. Педагогик маҳорат ва педагогик технологиялар.- Тошкент: Молия,2008.-63-бет
3
3
Ҳасанбоев Ж. Педагогика.-Тошкент: Янги аср, 2008.-23-бет
4
4
Нишоналиев У. Педагогика.-Тошкент: Ўқитувчи, 1996.-43-бет
5
5
Ибрагимов Х., Абдуллаева Ш. Педагогика.-Тошкент: Фан ва ахборот технологиялари,2008.-69-бет.
306
Uzluksiz ta'limni amalga oshirishda pedagog, o‘qituvchi va tarbiyachilar
kadrlar bilan ishlash mahoratiga ega bo‘lmog‘i lozim. Shu sababli pedagogika
fanining qonuniyatlari va mazmunini har tomonlama o‘rganish, uni yosh avlod
tarbiyasida qo‘llash har bir ustoz, o‘qituvchidan mahorat talab etadi.
Mahorat
- shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati, biror sohasidagi
moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy
ko‘nikmalarning nazariy darajasidir. Mahorat – yoshlarni tanlagan kasbiga
hurmat uyg‘otish jarayonidagi kasbiy g‘ururni shakllantirishda xizmat qiladi.
Shu jihatdan barkamol avlod tarbiyasida o‘qituvchi-tarbiyachining mahorat
egasi bo‘lishi muhimdir.
Mahorat kasbga nisbatan tavsifnoma berishda, ta'lim jarayonidagi
o‘zlashtirish saviyasini egallashda, tarbiya jarayonida muayyan vazifani
bajarishdagi kasbiy hislatlarni ta'riflashda qo‘llaniladi.
Mahorat – va uning o‘ziga xos xususiyat va talablari borasidagi masalalarni
I.A Zyazyun, P.ye Reshetnikov, ye.I Ilin, Sh.A Amonashvili, N. Saidahmedov,
X.A To‘raqulov kabi olimlar o‘rganishgan va tadqiqotlarida o‘qituvchi
mahoratining turli yo‘nalishlarini tadqiq qilishgan.
Mahorat – san'at, mahorat izlanish, mahorat – pedagogik texnologiyalarni
qo‘llay bilish, mahorat - o‘qituvchining o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi
va o‘z-o‘zini tarbiyalashidir.
O‘qituvchining ko‘p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, zo‘r san'atkor va
fidoiy bo‘lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi
davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Shu sababli bo‘lajak
o‘qituvchilar pedagogik mahoratni egallashlari lozim.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni
yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ichki
dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg‘ularini his qila oladigan, ichki dunyosi
nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan,
307
donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga, chuqur ilmiy
tafakkurga ega bo‘lgan shaxslardir.
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm - farosat bilan bir qatorda
pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga kam kuch
sarflab, ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi.
Pedagogik mahorat pedagogdan odatdan tashqari kuch - g‘ayratni,
qat'iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga,
yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql-
idrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi.
«Pedagogik mahorat» kursi talabalarga bo‘lajak o‘qituvchi ixtisosligi
bo‘yicha bilimlarni egallashlari davomida o‘qituvchi shaxsidagi ma'naviy-
axloqiy tarbiyani; o‘z kasbi doirasida odob va axloq normalariga rioya qilish
xususiyatini, uning mohiyatini; muallim – ustoz odobining bola shaxsiga ta'sirini,
turli vaziyatlarda o‘z xulqini idora qilishning zaruriyatini; bo‘lajak
o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni, ko‘nikma va malakalarni, pedagogik
texnika elementlarini o‘zlashtirib, egallab borishlarini o‘rgatadi.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi pedagogika, psixologiya,
fiziologiya, axloqshunoslik, tarbiyaviy ishlar metodikasidan xabordor bo‘lishi
shart.
Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda
o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb.
Mohir o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina
yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon
etiladi. O‘qituvchining yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi.
Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik
nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng
bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va
ijodkorlikni talab etadi.
308
Davlatimiz xalq ta'limi sohasida o‘rtaga qo‘yayogan vazifalarni bajarish
ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim
to‘g‘risida” gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va jamiyat talabidan
kelib chiqib, bugungi kunda o‘qituvchilar oldida mas'uliyatli vazifalar turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |