Ta'limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili
o‘qitishni shunday tashkil
etishni nazarda tutadiki, bunda o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda
qo‘llash usullarini ongli va faol egallab olishlari lozim. Bilimlarni ongli ravishda
o‘zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: o‘quv motivlari,
o‘quvchilarning faollik darajasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil
etilishi, o‘qituvchi tomonidan qo‘llanuvchi ta'lim metodlari va vositalarining
samaradorligi va boshqalar. O‘quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy
xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur tamoyil o‘quvchilarning
tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |