Book · November 019 citations reads 2,947 authors



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/377
Sana10.02.2022
Hajmi3,68 Mb.
#441454
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   377
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Sanogen tafakkur
– (
lotincha: «sanus»- sog‘lom: va yunon tilida: 
«genezis»- 
rivojlanish)-
his-hayajon 
va 
emotsiyalarni 
boshqaruvchi, 
sog‘lomlashtiruvchi tafakkur. 
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda sog‘lom 
avlodni voyaga yetkazish, ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil etish, 
oilaviy tarbiyani sog‘lomlashtirish va ularni muvofiqlashtirish asosida 
jamiyatimizda voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va nazoratsizlikni 
oldini olishga qaratilgan tadbirlarni jonlantirish vazifalari yetakchilik qilmoqda. 
Shu jihatdan olganda o‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilar orasida 
huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda sanogen tafakkurni 
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Insonning tafakkuri qanchalik sog‘lom bo‘lsa, uning ruhiyati, jismi 
shunchalik sog‘lom ezgulikka yo‘nalgan bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha sof 
erkin bo‘lsa, u shuncha zararsiz fikrlaydi, shukrli, sabrli va beg‘araz bo‘ladi. 
Bugungi kunda go‘zal xulq, to‘g‘ri aqida asosida tarbiyalangan, ehtiyotkor, 
sog‘lom fikrlay oladigan farzand hayotda aql-idrok bilan ish tuta oladi. Iymon 
e'tiqodda sobit turadi, erkin va mustaqil fikrlay oladi, har xil aldovlarga uchmaydi 
hamda g‘arazli tashviqotlarga berilmaydi. Bunday sifatlarga ega shaxs sanogen 
tafakkur egasi sanaladi. Demak, farzand yoshligidan sog‘lom e'tiqodli, bilimli, 
odobli va shijoatli bo‘lib voyaga yetishi uchun foydali ilm va ko‘nikmalar bilan 
band bo‘lishi muhim vazifadir.


149 
Sanogen fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini ijobiy asoslaydi, kerak 
bo‘lganda himoya qilib, to‘g‘ri xulosa chiqaradi, o‘z burchini adolatli baholaydi. 
Sanogen tafakkurga ega inson ichki nizoni ijobiy bartaraf etadi. Shuning uchun 
yurtimizda sanogen tafakkurga ega shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga 
alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ma'lumki, o‘smirlik yoshi 10-11 yosh, 14-15 yoshni tashkil etadi. 
Ko‘pchilik o‘quvchilarda o‘smirlikning o‘tish davri asosan maktab pallasining 
murakkab bo‘lgan 4-5-sinfiga to‘g‘ri keladi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin 
o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. 
Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va u bilan bog‘liq ravishda 
barcha a'zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm 
tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar 
bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda 
ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning 
faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya 
bezlarining, ya'ni qalqonsimon bez, buyrak usti, oshqozon osti, jinsiy bezlar 
ishini kuchaytiradi. Natijada bola bo‘yining o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga 
yetish jarayoni amalga osha boradi. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga 
harakat qiladilar. Ular o‘zlarining qobiliyat va imkoniyatlarini ma'lum darajada 
o‘rtoqlari hamda ustozlariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni maktab 
o‘qituvchisi kundalik dars jarayonida kuzatishi mumkin. 
15-25 yoshlilar esa o‘spirinliklik davriga mansub shaxslar hisoblanadi. Ilk 
o‘spirinlik bosqichi 15-17, o‘rta o‘spirinlik bosqichi 17-22 va katta o‘spirinlik 
bosqichi 22-25 yoshdagi davrlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil 
davlatimizning tayanchi va kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama 
rivojlantirishda, mustaqillik mafkurasini ularning ongiga singdirishda, ijtimoiy 
faolligini o‘stirishda, jamiyatimizga yot, zararli g‘oyalardan ularni avaylab-
asrashimizda oila tarbiyasi muhim o‘rin egallaydi. 


150 
O‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni 
rivojlantirish o‘ziga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarga bog‘liq. Bunda 
o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo‘llarini va unga 
ta'sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni, bevosita ta'sirini tadqiq etishni davr 
taqoza etmoqda. Bunda birinchi navbatda, oila tarbiyasidagi ota-onalar 
diagnostikasini o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogika va psixologiya sohasida ota-onalar bilan ish olib borishga doir 
turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan K. Leongard, Myunstenberg, Dembo-
Rubinshteyn, ye. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munavvarov, O. Musurmonova, 
L. Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda 
yaratilgan ma'rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va 
mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma'lum tizim asosida 
yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta'lim dasturlari ham ishlab 
chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini 
faollashtirishga muvaffaq bo‘linmoqda. 
Ma'lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‘z samarasini 
beradi, shuning uchun muayyan ijtimoiy- pedagogik yordamga muhtoj oilalarni 
ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko‘rsatish, ya'ni 
oilada valeologik sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‘g‘ri 
tarbiya berish maqsadga muvofiqdir.
Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy-
pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spetspraktikumlar) muhim 
ahamiyatga ega. 
Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
-maqsadni belgilash, ya'ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga 
suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini 
hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash; 


151 
-harakatlar algoritmi, ya'ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘rnatishga 
doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko‘ra 
ota-onalarni kichik guruhlarga ajratish va tashhis natijalari bilan tanishtirish kabi 
faoliyatdir; 
-diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik 
xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi. 
Oila diagnostikasini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlarning 
psixologik holatini, muhitni o‘rganishga doir »Oilada pedagogik muhitni 
aniqlash», «Tipik oilaviy hayot», «To‘gallanmagan jumlalar», «Oilaning kinetik 
rasmi» nomli mashhur metodikalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik, 
avlod-ajdod xislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs 
sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi. 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish