Sanogen tafakkur
– (
lotincha: «sanus»- sog‘lom: va yunon tilida:
«genezis»-
rivojlanish)-
his-hayajon
va
emotsiyalarni
boshqaruvchi,
sog‘lomlashtiruvchi tafakkur.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda sog‘lom
avlodni voyaga yetkazish, ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil etish,
oilaviy tarbiyani sog‘lomlashtirish va ularni muvofiqlashtirish asosida
jamiyatimizda voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va nazoratsizlikni
oldini olishga qaratilgan tadbirlarni jonlantirish vazifalari yetakchilik qilmoqda.
Shu jihatdan olganda o‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilar orasida
huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda sanogen tafakkurni
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Insonning tafakkuri qanchalik sog‘lom bo‘lsa, uning ruhiyati, jismi
shunchalik sog‘lom ezgulikka yo‘nalgan bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha sof
erkin bo‘lsa, u shuncha zararsiz fikrlaydi, shukrli, sabrli va beg‘araz bo‘ladi.
Bugungi kunda go‘zal xulq, to‘g‘ri aqida asosida tarbiyalangan, ehtiyotkor,
sog‘lom fikrlay oladigan farzand hayotda aql-idrok bilan ish tuta oladi. Iymon
e'tiqodda sobit turadi, erkin va mustaqil fikrlay oladi, har xil aldovlarga uchmaydi
hamda g‘arazli tashviqotlarga berilmaydi. Bunday sifatlarga ega shaxs sanogen
tafakkur egasi sanaladi. Demak, farzand yoshligidan sog‘lom e'tiqodli, bilimli,
odobli va shijoatli bo‘lib voyaga yetishi uchun foydali ilm va ko‘nikmalar bilan
band bo‘lishi muhim vazifadir.
149
Sanogen fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini ijobiy asoslaydi, kerak
bo‘lganda himoya qilib, to‘g‘ri xulosa chiqaradi, o‘z burchini adolatli baholaydi.
Sanogen tafakkurga ega inson ichki nizoni ijobiy bartaraf etadi. Shuning uchun
yurtimizda sanogen tafakkurga ega shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga
alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ma'lumki, o‘smirlik yoshi 10-11 yosh, 14-15 yoshni tashkil etadi.
Ko‘pchilik o‘quvchilarda o‘smirlikning o‘tish davri asosan maktab pallasining
murakkab bo‘lgan 4-5-sinfiga to‘g‘ri keladi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin
o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir.
Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va u bilan bog‘liq ravishda
barcha a'zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm
tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar
bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda
ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning
faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya
bezlarining, ya'ni qalqonsimon bez, buyrak usti, oshqozon osti, jinsiy bezlar
ishini kuchaytiradi. Natijada bola bo‘yining o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga
yetish jarayoni amalga osha boradi. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga
harakat qiladilar. Ular o‘zlarining qobiliyat va imkoniyatlarini ma'lum darajada
o‘rtoqlari hamda ustozlariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni maktab
o‘qituvchisi kundalik dars jarayonida kuzatishi mumkin.
15-25 yoshlilar esa o‘spirinliklik davriga mansub shaxslar hisoblanadi. Ilk
o‘spirinlik bosqichi 15-17, o‘rta o‘spirinlik bosqichi 17-22 va katta o‘spirinlik
bosqichi 22-25 yoshdagi davrlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil
davlatimizning tayanchi va kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama
rivojlantirishda, mustaqillik mafkurasini ularning ongiga singdirishda, ijtimoiy
faolligini o‘stirishda, jamiyatimizga yot, zararli g‘oyalardan ularni avaylab-
asrashimizda oila tarbiyasi muhim o‘rin egallaydi.
150
O‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni
rivojlantirish o‘ziga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarga bog‘liq. Bunda
o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo‘llarini va unga
ta'sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni, bevosita ta'sirini tadqiq etishni davr
taqoza etmoqda. Bunda birinchi navbatda, oila tarbiyasidagi ota-onalar
diagnostikasini o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika va psixologiya sohasida ota-onalar bilan ish olib borishga doir
turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan K. Leongard, Myunstenberg, Dembo-
Rubinshteyn, ye. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munavvarov, O. Musurmonova,
L. Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda
yaratilgan ma'rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va
mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma'lum tizim asosida
yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta'lim dasturlari ham ishlab
chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini
faollashtirishga muvaffaq bo‘linmoqda.
Ma'lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‘z samarasini
beradi, shuning uchun muayyan ijtimoiy- pedagogik yordamga muhtoj oilalarni
ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko‘rsatish, ya'ni
oilada valeologik sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‘g‘ri
tarbiya berish maqsadga muvofiqdir.
Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy-
pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spetspraktikumlar) muhim
ahamiyatga ega.
Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish
quyidagicha amalga oshiriladi:
-maqsadni belgilash, ya'ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga
suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini
hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash;
151
-harakatlar algoritmi, ya'ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘rnatishga
doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko‘ra
ota-onalarni kichik guruhlarga ajratish va tashhis natijalari bilan tanishtirish kabi
faoliyatdir;
-diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik
xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Oila diagnostikasini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlarning
psixologik holatini, muhitni o‘rganishga doir »Oilada pedagogik muhitni
aniqlash», «Tipik oilaviy hayot», «To‘gallanmagan jumlalar», «Oilaning kinetik
rasmi» nomli mashhur metodikalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik,
avlod-ajdod xislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs
sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |