Pedagogik muhit
– ta'lim –tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan
shaxslararo (o‘qituvchi – tahsil oluvchi; o‘qituvchi-o‘qituvchi; tahsil oluvchi-
tahsil oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil
oluvchi-ota-ona va boshqalar) orasidagi munosabatlar majmui.
Suhbat
– savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, aqliy
fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi.
Tarbiya
– uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi
o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va
rivojlantiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |