I BOB. O‘ZBEKIS
ТО
N RESPUBLIKASI S
О
LIQ
Т
IZIMI
1.1. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI, ZARURLIGI VA
FUNKSIYALARI
Soliqlar va soliqqa tortish ma
х
sus kursini o‘qitishning zaruriyati
va predmeti.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yuksaltirish davrida soliqlar va ularga
tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar davlat xazinasining asosiy daromad
manbasi hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar soliq to‘lovchi
yuridik va jismoniy sha
х
slardan soliq qonunchiligiga ko‘ra belgilangan
tartibda undiriladi. O‘zbekiston Respublikasi bosh qomusi-mamlakat
konstitutsiyasining 51 va 123-moddalarida ham fuqarolarning burch
va majburiyatlaridan biri sifatida qonun bilan belgilangan soliqlar va
mahalliy yig‘imlarni to‘lashning majburiyligi belgilab qo‘yilgan. Ushbu
majburiyatlarni bajarish uchun esa har bir fuqaro soliqlar va soliqqa
tortish munosabatlariga doir yetarli darajada bilim va ko‘nikmaga ega
bo‘lishlari lozim bo‘ladi.
Bu kursni o‘qitishning zarurligi bozor iqtisodiyoti munosabatlari
ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o‘sib borayotganligidan
kelib chiqadi. Soliq va soliqqa tortish ma
х
sus kursi soliq voqeliklarini
(harakatlarini) chuqur o‘rganish asosida zaruriy
х
ulosalar chiqarib, ularni
amaliyotga tatdbiq etish yo‘llarini o‘rgatadi.
Har qanday fan yoki kurs o‘zining predmetiga ega bo‘lishi kerak.
Soliq va soliqqa tortish ma
х
sus kursining predmeti soliq harakatini
o‘rganishdir. Soliqqa tortishda soliq me
х
anizmi ishga solinadi. Uning
harakatlanishi pul munosabatlari orqali sodir bo‘ladi. Bu pul munosabatlari
soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy sha
х
slar) bilan soliq undiruvchi
(oluvchi) davlat o‘rtasida bo‘ladi.
«Soliqlar va soliqqa tortish» ma
х
sus kursini o‘qitishdan maqsad
talabalarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘risidagi tasavvurni
hosil qilish va soliq to‘lovchilardan undiriladigan soliq hamda majburiy
to‘lovlarning huquqiy asoslarini, soliq majburiyati, soliq nazorati, soliqqa
oid huquqbuzarliklar va ular ga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari
bo‘yicha bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.
Ma
х
sus kurs oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar soliqlarning mohiyatini,
ularning zarurligini, soliq elementlari va funksiyalarini, soliq siyosatini,
soliqqa tortish va to‘lash tartiblarini,
х
orijiy mamlakatlar soliq tizimlarini,
soliq tizimining nazariy jihatlarini o‘rgatish va amaliy ko‘nikmalarini
shakllantirshdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |