Book · June 020 citations reads 3,563 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


“investitsiya loyihalarini boshqarish – bu



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/181
Sana23.04.2022
Hajmi2,84 Mb.
#577544
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

“investitsiya loyihalarini boshqarish – bu 
investitsiya loyihasida belgilangan natijalarga bajariladigan ishlar tarkibi, 
hajmi, qiymati, sifati va loyiha ishtirokchilari manfaatlari ta’minlanishi 
bo’yicha erishish uchun boshqaruvning zamonaviy usullari, texnika va 
texnologiyasidan foydalanish yo’li bilan loyiha maqsadlariga samarali erishishga 
yo’naltirilgan loyiha tsikli oralig’ida mehnat, moliyaviy va moddiy-texnikaviy 
resurslarni rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish san’ati. 
Qisqacha qilib aytganda, 
investitsiya loyihalarini boshqarish – bu 
investitsiya loyiha bo’yicha kapital qiymatini saqlash va uni ko’paytirishga 
qaratilgan samarali tadbirlar tizimi. 
Investitsiya loyihalarini boshqarishda asosiy vazifani bajaruvchi investitsion 
menejerning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat bo’ladi: 
- xo’jalik sub’ektining investitsiya faoliyatini ta’minlash; 
- investitsiya strategiyasi va taktikasini belgilab olish, aniqlash va tanlash; 
- investitsiya loyihasi biznes-rejasini tuzish; 
- risklarni pasaytirish va turli qo’yilmalar daromadliligini oshirish; 
- investitsiya maqsadlariga muvofiq holda xo’jalik sub’ektining moliyaviy 
holatini baholash; 
- investitsion qimmatli qog’ozlarning miqdori va sifatini aniqlash; 
- investitsion portfelni optimallashtirishga erishish; 


33 
- investitsion portfelning to’g’riligini ta’minlash; 
- aniq loyihlarning investitsion jozibadorligini baholash va tanlash olishni 
prognozash; 
- investitsiya loyihalari samaradorligini baholashni amalga oshirish; 
- aniq investitsiya loyihasining rejalashtirilishi va operativ boshqarilishini 
amalga oshirish; 
- investitsiya jarayoni muvofiqligini ta’minlash. 
Bu esa, o’z navbatida, investitsion menejerning o’ta tajribali, yuqori malakali, 
kuchli bilimga ega mutaxassis bo’lishini talab etadi. Shunga ko’ra, u investitsiya 
menejmenti nazariyasi, buxgalteriya hisobi, mikro va makroiqtisodiyot, texnik va 
fundamental tahlillar tamoyillari, matematik modellashtirish, asosiy qonunchilik va 
me’yoriy hujjatlar, shu jumladan, soliqqa tortishga oid qonunchilikni juda yaxshi 
bilishi lozimdir. Bu menejer loyihaga taalluqli axborotlarni izlab topish, to’plash, 
guruhlash, ularni tahlil qilish va shu asosda biznes-reja tuzish tajribasi va amaliyotiga 
ham ega bo’lishi zarur.
Investitsiya loyihalarini boshqarishning zarurligi quyidagilarga asoslanadi: 
1. Moliyaviy nobarqarorlik sharoitida loyiha bo’yicha investitsiyalashning 
amalga oshirilishi uning samaradorligini pasaytirib yuborish xavfini kuchaytiradi. Bu 
esa, loyihadan kutiladigan samarani ta’minlashda uni boshqarishga bo’lgan ehtiyojni 
kuchaytiradi. 
Loyiha samaradorligi uni baholashning bir qancha zamonaviy usullarini 
qo’llash asosida aniqlanadi. Bu loyiha boshqaruvida muhim o’rin egallaydi va uning 
natijalariga asolanib loyiha rahbari, ta’sischilar, investorlar va boshqa ishtirokchilarda 
loyihaga tegishli o’zgartirishlar kiritish yoki, pirovardida, undan o’z vaqtida voz 
kechish yuzasidan qarorlar qabul qilish imkoniyatini tug’diradi. 
(debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarning oshib ketishi, xom ashyo va 
materiallar bahosidagi o’zgarishlar, aylanma kapital etishmovchiligi, xaridorlar 
moliyaviy ahvolining yomonlashishi kabilar) 
2. Investitsiya loyihalarini boshqarish vaqt jarayoni bilan amalga oshiriladi. Bu, 
o’z navbatida, vaqtning loyiha natijalariga ta’sirini maqbullashtirishda muhim o’rin 


34 
egallaydi. Pulning vaqt mobaynida o’z qiymatini yo’qotib borishi investitsiya 
jarayonida kapitalning investor loyihadan kutgan samarani hosil qilishini ta’minlash 
yo’lida to’g’ri va optimal ishlatilishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi va 
oshiradi. 
Investitsiyalash bo’sh pul mablag’larini jalb qilish evaziga yuz beradi 
(foydalanishdagi kapitalni bir vaqtning o’zida boshqa investitsiya maqsadlarida 
ishlatib bo’lmaydi, jumladan, uchinchi shaxs kafolatidagi mulkni ham). Harakatda 
bo’lmagan pul resurslari o’z qiymatini yo’qotib boraveradi. Bu yo’qotish aniq 
maqsadga ega bo’lmagan va samarasi tahlil qilinmagan investitsiyalashda ko’proq 
yuz beradi. Biroq, turli omillar ta’siri sharoitida vaqt o’tishi bilan puxta ishlab 
chiqilgan investitsiya loyihasiga yo’naltirilgan investitsiyalashda ham kapital qiymati 
o’zgarishi yoki o’zgarishsiz qolishi mumkin. 
3. Loyihani amalga oshirishning yakuniy natijasiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim 
omillardan biri inflyatsiya hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, foiz stavkasining surunkali 
o’zgarib borishi, valyuta kursining o’zgarishi, talab va taklifning o’zgarishi, 
qonunchilikdagi nobarqarorlik (depozit va kreditlar bo’yicha foiz stavkalari, majburiy 
zaxira, qayta moliyalashtirish stavkasi, valyuta siyosati, bojxona siyosati (ichki 
bozorni ixotalash) va sh.k.) kabilar natijasida yuzaga keladi. 
4. Turli noaniqliklarning mavjudligi va ta’siri sabab. Noaniqlik omillarini 
hisobga olgan holda investitsiya loyihalarini, jarayonlarini samarali boshqarishning 
zamonaviy tamoyillari, mexanizmlari va usullarini bilish hamda ulardan optimal 
foydalanish iqtisodiyot, iqtisodiy tizimning iqtisodiyo rivojlanishning yangi sifatiga 
o’tish imkonini beradi. 
5. Har qanday loyihaning kuchli va ojiz tomonlari bo’lishini hisobga olgan 
holda ularnin moliyaviy tahlil qilish va diagnostika qilish orqali loyihani amalga 
oshirish jarayonida duch kelinadigan risklar, krizisli vaziyatdan chiqib ketish 
yuzasidan qarorlar qabul qilish, chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim bo’ladi. Bunda 
ko’riladigan zararlardan o’zini-o’zi sug’urtalash amaliyotini kuchaytirishga e’tibor 
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 


35 
Investitsiya loyihalarini boshqarishda risklar muhim o’rin tutganligi bois, 
ularni bartaraf etishda o’zini-o’zi sug’urtalash katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur 
sug’urtalashda korxona 2 turdagi zararni ko’rishi mumkin: bevosita va bilvosita. 
Bevosita zarar kutilayotgan yillik yo’qotishda aks etadi. Bu kutilayotgan yo’qotishda 
tashqari korxonada kutilayotgan yo’qotishni qoplash maqsadida rezerv fondiga 
mablag’lar yo’naltirilgan bo’lishi lozim. O’zini-o’zi sug’urtalashda korxona xususiy 
risklarni saqlab qoladi va uning uchun rezerv fondini tashkil etadi. Faraz qilaylik, 
rezerv fondida ishlab chiqarishga investitsiyalangan aktivlarga nisbatan birmuncha 
likvidli shakldagi aktivlar saqlanadi va shuning uchun ular kamroq daromad keltiradi. 
Rezerv fondida saqlangan aktivlar investitsiyalanmaganligi sababli ular hisobidan 
olinadigan foyda (daromad) boy beriladi. 
Shunngdek, 
korxona 
tomonidan 
risklarni 
sug’urtalashda 
sug’urta 
kompaniyalariga murojaat qilish ham mumkin. Ushbu va o’zini-o’zi sug’urtalashda 
ham ko’riladigan zararni bir xil darajada qoplash imkoniyati mavjud.
Risklar sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urtalanganida ko’riladigan zarar 
korxona qiymatiga ta’sir ko’rsatmaydi, sababi, uning o’rni to’lanadigan sug’urta 
qoplamasi hisobiga to’ldiriladi. Agarda korxonaning o’rtacha daromadligigi sug’urta 
xarajatlarini qoplay olmasa, u holda korxona qiymati pasayadi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish