33
- investitsion portfelning to’g’riligini ta’minlash;
- aniq loyihlarning investitsion jozibadorligini baholash va tanlash olishni
prognozash;
- investitsiya loyihalari samaradorligini baholashni amalga oshirish;
- aniq investitsiya loyihasining rejalashtirilishi va operativ boshqarilishini
amalga oshirish;
- investitsiya jarayoni muvofiqligini ta’minlash.
Bu esa, o’z
navbatida, investitsion menejerning o’ta tajribali, yuqori malakali,
kuchli bilimga ega mutaxassis bo’lishini talab etadi. Shunga ko’ra, u investitsiya
menejmenti nazariyasi, buxgalteriya hisobi,
mikro va makroiqtisodiyot, texnik va
fundamental tahlillar tamoyillari, matematik modellashtirish, asosiy qonunchilik va
me’yoriy hujjatlar,
shu jumladan, soliqqa tortishga oid qonunchilikni juda yaxshi
bilishi lozimdir. Bu menejer loyihaga taalluqli axborotlarni izlab topish, to’plash,
guruhlash, ularni tahlil qilish va shu asosda biznes-reja tuzish tajribasi va amaliyotiga
ham ega bo’lishi zarur.
Investitsiya loyihalarini boshqarishning zarurligi quyidagilarga asoslanadi:
1. Moliyaviy nobarqarorlik sharoitida loyiha bo’yicha investitsiyalashning
amalga oshirilishi uning samaradorligini pasaytirib yuborish xavfini kuchaytiradi. Bu
esa, loyihadan kutiladigan samarani ta’minlashda uni boshqarishga bo’lgan ehtiyojni
kuchaytiradi.
Loyiha samaradorligi uni baholashning bir qancha zamonaviy usullarini
qo’llash asosida aniqlanadi. Bu loyiha boshqaruvida muhim o’rin egallaydi va uning
natijalariga asolanib loyiha rahbari, ta’sischilar, investorlar va boshqa ishtirokchilarda
loyihaga tegishli o’zgartirishlar kiritish yoki,
pirovardida, undan o’z vaqtida voz
kechish yuzasidan qarorlar qabul qilish imkoniyatini tug’diradi.
(debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarning oshib ketishi, xom ashyo va
materiallar bahosidagi o’zgarishlar, aylanma kapital etishmovchiligi, xaridorlar
moliyaviy ahvolining yomonlashishi kabilar)
2. Investitsiya loyihalarini boshqarish vaqt jarayoni bilan amalga oshiriladi. Bu,
o’z navbatida, vaqtning loyiha natijalariga ta’sirini maqbullashtirishda muhim o’rin
34
egallaydi. Pulning vaqt mobaynida o’z qiymatini yo’qotib borishi investitsiya
jarayonida kapitalning investor loyihadan kutgan samarani hosil qilishini ta’minlash
yo’lida to’g’ri va optimal ishlatilishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi va
oshiradi.
Investitsiyalash bo’sh pul mablag’larini jalb qilish evaziga yuz beradi
(foydalanishdagi kapitalni bir vaqtning o’zida boshqa investitsiya maqsadlarida
ishlatib bo’lmaydi, jumladan, uchinchi shaxs kafolatidagi mulkni ham).
Harakatda
bo’lmagan pul resurslari o’z qiymatini yo’qotib boraveradi. Bu yo’qotish aniq
maqsadga ega bo’lmagan va samarasi tahlil qilinmagan investitsiyalashda ko’proq
yuz beradi. Biroq, turli omillar ta’siri sharoitida vaqt o’tishi bilan puxta ishlab
chiqilgan investitsiya loyihasiga yo’naltirilgan investitsiyalashda ham kapital qiymati
o’zgarishi yoki o’zgarishsiz qolishi mumkin.
3. Loyihani amalga oshirishning yakuniy natijasiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim
omillardan biri inflyatsiya hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, foiz stavkasining surunkali
o’zgarib borishi, valyuta kursining o’zgarishi, talab va taklifning o’zgarishi,
qonunchilikdagi nobarqarorlik (depozit va kreditlar bo’yicha foiz stavkalari, majburiy
zaxira, qayta moliyalashtirish stavkasi, valyuta siyosati, bojxona siyosati (ichki
bozorni ixotalash) va sh.k.) kabilar natijasida yuzaga keladi.
4. Turli noaniqliklarning mavjudligi va ta’siri sabab. Noaniqlik omillarini
hisobga olgan holda
investitsiya loyihalarini, jarayonlarini samarali boshqarishning
zamonaviy tamoyillari, mexanizmlari va usullarini bilish hamda ulardan optimal
foydalanish iqtisodiyot, iqtisodiy tizimning iqtisodiyo rivojlanishning yangi sifatiga
o’tish imkonini beradi.
5. Har qanday loyihaning kuchli va ojiz tomonlari bo’lishini
hisobga olgan
holda ularnin moliyaviy tahlil qilish va diagnostika qilish orqali loyihani amalga
oshirish jarayonida duch kelinadigan risklar, krizisli vaziyatdan chiqib ketish
yuzasidan qarorlar qabul qilish, chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim bo’ladi. Bunda
ko’riladigan zararlardan o’zini-o’zi sug’urtalash amaliyotini kuchaytirishga e’tibor
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
35
Investitsiya loyihalarini boshqarishda risklar muhim o’rin tutganligi bois,
ularni bartaraf etishda o’zini-o’zi sug’urtalash katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur
sug’urtalashda korxona 2 turdagi zararni ko’rishi mumkin: bevosita va bilvosita.
Bevosita zarar kutilayotgan yillik yo’qotishda aks etadi. Bu kutilayotgan yo’qotishda
tashqari korxonada kutilayotgan yo’qotishni qoplash
maqsadida rezerv fondiga
mablag’lar yo’naltirilgan bo’lishi lozim. O’zini-o’zi sug’urtalashda korxona xususiy
risklarni saqlab qoladi va uning uchun rezerv fondini tashkil etadi. Faraz qilaylik,
rezerv fondida ishlab chiqarishga investitsiyalangan aktivlarga nisbatan birmuncha
likvidli shakldagi aktivlar saqlanadi va shuning uchun ular kamroq daromad keltiradi.
Rezerv fondida saqlangan aktivlar investitsiyalanmaganligi sababli ular hisobidan
olinadigan foyda (daromad) boy beriladi.
Shunngdek,
korxona
tomonidan
risklarni
sug’urtalashda
sug’urta
kompaniyalariga murojaat qilish ham mumkin. Ushbu va o’zini-o’zi sug’urtalashda
ham ko’riladigan zararni bir xil darajada qoplash imkoniyati mavjud.
Risklar sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urtalanganida ko’riladigan zarar
korxona qiymatiga ta’sir ko’rsatmaydi, sababi, uning o’rni to’lanadigan sug’urta
qoplamasi hisobiga to’ldiriladi. Agarda korxonaning o’rtacha daromadligigi sug’urta
xarajatlarini qoplay olmasa, u holda korxona qiymati pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: