Reja turlari
Loyihalarni boshqarish uslubiyatida quyidagilar rejalar tizimi shakllangan.
Loyiha to’rtta asosiy darajada boshqariladi:
- kontseptual;
- strategik;
- taktik, u o’z navbatida quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- joriy
- operativ.
Har bir daraja uchun mos reja ishlab chiqarish kerak. Kontseptual darajada
loyiha maqsadlari, vazifalari aniqlanadi, belgilangan natijalarga erishish bo’yicha
xarakatlarning salbiy va ijobiy qirralarining bahosi bilan ko’rib chiqiladi, fan sohasi
ishlar va ularning rivojlanishi yiriklashtirilgan tuzilmasining tasvirlanishi, resurslarga
bo’lgan ehtiyoj, ularning bahosi va davomiyligini dastlabki baholashni qo’shgan
holda loyihani amalga oshirishning kontseptual yo’nalishlari belgilanadi.
Strategik reja quyidagilarini aniqlaydi:
maqsadli ob’ektlarni ishga solish muddatlari bilan xarakterlanadigan
maqsadli bosqichlar va asosiy davrni, mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan ishlab
chiqarish quvvatlarini ishlar majmuasi (boshlang’ich sikl, karkas montaji va
157
boshqalar) ni tugatish muddatlari, mahsulotni yetkazib berish muddatlari, ish joyini
tayyorlash muddatlari bilan xarakterlanadigan loyiha jarayonlarini bajaruvchi
tashkilotlarining kooperatsiyalashuvi, yil, kvartal bo’yicha taqsimot bilan material,
texnika va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni. Bu darajada rejaning asosiy
maqsadi (vazifasi) ni amalga oshirishning oraliq bosqichlari qay tarzda loyihaning
so’nggi maqsadi yo’nalishi bo’yicha bajarilishini ko’rsatishdan iborat, Strategik reja
ichki va tashqi muhitni, loyiha komandasi uchun maqsadlarni belgilab beradi va
loyihaning umumiy ko’rinishining ta’minlaydi.
Loyiha menejeri alohida bosqichlarni investor bilan loyihaning yagona bir
strategiyasida birlashtiradi.
Shuningdek bu darajada komandaning bo’limlari bo’yicha ishlarni
taqsimlashga yordam beradigan oraliq bosqichlarga e’tibor jamlanadi, bo’limlari
bosqichlarni bajarish bo’yicha vazifalar oladi va loyiha komandasining boshqa
a’zolariga qaramay o’z ishini rejalashtiradi. Ular loyihaning bosqichlarini ma’lum bir
muddatda bajarishlari lozimligini bilishadi.
Taktik darajada:
-
joriy reja - ishlar majmuasining bajarilish muddatlarini resurslarga bo’lgan
ehtiyojni aniqlaydi, bajaruvchi tashkilotlar javob beradigan ishlar o’rtasidagi
chegaralarni yil va kvartallar bo’yicha aniq belgilaydi.
operativ reja - ishlar majmuasi bo’yicha ishtirokchilarga vazifalarni oy,
xafta, sutkaga detallashtirib beradi.
Rejalar boshqarish funksiyalari bo’yicha detallashtirilishi mumkin. Funksional
reja (tayyorlov ishlari. Material va uskunalarni keltirish, qurilish boshlanish davri va
ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish) har bir yoki bir tashkilot tomonidan
bajariladigan ishlarni majmuasiga ishlab chiqariladi.
Shuningdek loyiha ishlarini qamrab olish darajasi bo’yicha rejalarni farqlash
lozim:
1.
jamlama, majmuaviy, asosiy (loyiha barcha ishlariga);
2.
ishtirokchilar tashkilotlari bo’yicha detallashtirilgan (xususiy);
3.
ishlar turlari bo’yicha detallashtirilgan (xususiy).
158
Kalendar rejalarning turlari rejalashtirishdan ko’zlangan maqsadlar loyihaning
xususiyatlari va boshqarishni tashkillashtirishga qarab tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |