Book · June 020 citations reads 12,253 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Sertifikatlashtirishni o’tkazish tartibi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/181
Sana14.03.2023
Hajmi5,01 Kb.
#918920
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Sertifikatlashtirishni o’tkazish tartibi 
Sertifikatlashtirishni sinalishi sinash laboratoriya markazlarida, akkreditlangan 
RFning belgilangan joylarida o’tkaziladi. 
Sertifikatlashtirishdagi ketgan barcha harajatlarni tayyorlovchilar yoki mol 
yetkazib beruvchilar (importda) o’z hohishiga ko’ra qoplaydilar. 
To’lov o’rnatilgan tartibda tarif bo’yicha yoki kelishuvga asosan ularning 
yo’qligida o’tkaziladi. 


195 
10.3. Tugallangan qurilish ob’ektini ekspluatatsiyaga qabul qilish va 
uning sifatini baholash. Texnologiyalarga bo’lgan talab va uning sifatini 
tekshirish. 
Qurilish ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasi, ya’ni qurilish tarmog’i 
mahsuloti 
bo’lib, 
mamlakat 
xalq 
xo’jaligi 
tarmoqlari 
asosiy 
fondlarini 
shakllantiruvchi 
korxonalar, 
binolar 
va 
inshootlarning 
ekspluatatsiyaga 
(foydalanishga) tayyorligi va tugallangan qurilish hisoblanadi. 
Asosiy fondlarni barpo etishdan tashqari kapital qurilish funksiyasiga 
korxonalardagi mavjud asosiy fondlarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirish ham 
taalluqlidir.
Ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida kapital qurilish quyidagi kompleks 
ishlarni bajarish asosida korxonalar, bino va inshootlarni barpo etishni (yaratishni) 
tavsiflaydi: uskunalar montaji; loyiha-qidiruv ishlari; qurilish maydonini tayyorlash; 
sanitar-texnik qurilmalarni (kanalizatsiya, suv o’tkazgichlar va h.k.) barpo etish va 
boshq. 
Qurilish mahsuloti hisoblangan binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar ko’p 
qirrali, konstruksiyasi murakkab bo’lgan ob’ektlar hisoblanadi. Bu esa qurilish 
ishlarini ishlab chiqarishning xususiyatlari bilan xarakterlanadi. 
Qurilish ishlab chiqarishning asosiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi. 
Birinchidan, sanoat ishlab chiqarishdan farqli holda qurilish mahsuloti ko’chmasligi 
va qayerda yaratilgan bo’lsa, o’sha yerda ishlatilishi bilan xususiyatlanadi. Faqat 
quruvchilar va mehnat qurollari (qurilish mashinalari va uskunalar) ko’chishi yoki 
joylashtirilishi mumkin. Mehnat resurslari va mehnat qurollari qurilish 
tugallangandan keyin bir ob’ektdan boshqa ob’ektga olib o’tiladi. Qurilishning bu 
xususiyati boshqaruvning o’ziga xos tashkiliy shakllarini, qurilish texnikalari va 
mehnat resurslarini bir qurilish maydonidan boshqa qurilish maydoniga ko’chirishda 
vaqtning yo’qotilishi va xarajatlarni minimumga keltirish uchun qurilish 
tashkilotlarini to’g’ri joylashtirishni talab qiladi. 
Ikkinchidan, qurilish mahsulotini tayyorlash jarayoni uzoq muddatni ko’zda 


196 
tutadi va shuning uchun qurilish jarayoniga ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi 
uzoq muddatga jalb qiliniadi.
Uchinchidan, qurilish ishlab chiqarish ko’plab tarmoqlar va korxonalar 
(firmalar,uyushmalar) bilan bog’liq bo’ladi. Ma’lum bir tarmoq korxonalaridan 
qurilish mahsulotini tayyorlash uchun xom ashyo, materiallar va uskunalar oladi. 
Boshqa tarmoq korxonalari bilan bog’liqligi shundaki, buyurtmachi-korxonalar 
topshirig’iga binoan buyurtma asosida tegishli ishlarni amalga oshiradi.
Kapital qurilishning alohida tarmoqlari, o’z navbatida, alohida xususiyatlarga 
ega bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligi qurilishi sanoat qurilishidan, shaharsozlik 
qurilishi – qishloq qurilishdan farq qiladi. 
Qurilishning asosiy xususiyati uning industrlashganligi bilan belgilanadi. 
Qurilishni industrlashtirish – qurilish tarmog’ida ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy 
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilish industriyasi deganda sanoat ishlab 
chiqarish bloklari va konstruksiyalar holatidan kelib chiqib, qurilish ishlab 
chiqarishini 
bino 
va 
inshootlarni 
montaj 
qilish 
va 
yig’ish 
jarayonini 
mexanizatsiyalashtirishga aylantirish tushuniladi. 
Qurilishni industrlashtirish qurilish ishlarining texnologiyasi bo’yicha keng 
ko’lamdagi o’zgarishlarni olib kiradi. Qurilishni industrlashtirishning asosiy 
elementlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: yig’ma qurilishni rivojlantirish; qurilish-
montaj ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; qurilish ishlab 
chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish. 
Kapital qurilish ko’p aloqalarni xarakterlaydigan murakkab jarayondir. Uning 
asosiy xususiyati: ob’ektlarni qurishning texnik va tashkiliy jihatdan murakkabligi; 
moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlarining ko’pligi hamda ishlab chiqarish 
siklining davomiyligidir.
Kapital qurilishning asosiy vazifasi ijtimoiy-madaniy ahamiyatga doir 
ob’ektlar, uy-joy, bino va inshootlarni zamonaviy texnik asosda qurish, 
mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishdan iboratdir.
Aholi farovonligining oshishi, moddiy ishlab chiqarish barcha tarmoqlarining 
yanada rivojlanishi kapital qurilishning hajmi va samaradorligiga bog’liq bo’ladi. 


197 
Kapital qurilish o’z vazifasini bajara turib, investitsion jarayonlarda muhim rol 
o’ynaydi. Investitsion jarayonlarda kapital qurilishning o’rni va ahamiyatini aniqlash 
uchun kapital qo’yilmalarning texnologik tarkibiga murojaat qilish zarur bo’ladi.
10.1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2007-2017 yillarda 
respublikamizda asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarning texnologik tarkibida 
qurilish-montaj ishlarining salmog’i 9,9 foizli punktga oshgan. Ushbu shchsish 
uskunalar, instrumentlar, inventarlarga qilingan xarajatlar salmog’ining kamayishi 
hisobiga yuz bergan. Mazkur holat iqtisodiyotning real sektori korxonalarini 
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashda asosiy fondlarning 
ko’chmas mulk shakli yaratalishi ulushi ortishi nuqtai nazaridan ijobiy holat 
hisoblanadi. Chunki, bu holat so’ngi illarda respublikamizning barcha hududlarda 
aholi farovonligini oshirish uchun amalga oshirilayotgan uy-joylar qurilishi 
jarayonining faollashuvi bilan bevosita bog’liqdir. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish