Book · June 020 citations reads 12,253 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/181
Sana14.03.2023
Hajmi5,01 Kb.
#918920
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
 
 
 
1 2
3 4
 
 
 
 
5.1-rasm. Marketing bosqichlari 
1-bosqich – talab konyukturasini o’rganish. Korxona bozordagi iqtisodiy 
vaziyatni xar tomonlama o’rganadi, talab konyukturasini, shuningdek, xaridor 
imkoniyatlarini o’rganadi. 
2-bosqich – bozor sig’imini o’rganadi. Korxona ko’zda tutilgan savdo sig’imini 
aniqlaydi. Bu ushbu sohaga kapital sarflash uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. 
Marketing 
strategiyasini 
ishlash 
Talab kon- 
yunkturasini 
o‘rganish 
Korxona maq 
sadi va imko- 
niyatlarini 
aniqlash 
Bozorni taxlil 
etish 
Yangi texnika 
va texnolo- 
giyani joriy 
qilish 
Savdo faoliyatini 
boshqarish 
Bozorga kirib 
borish. Tovar 
xarakati turini 
tanlash 
Reklama va 
bozorni rag‘- 
batlantirish 
Tovar assor- 
timentini 
boshqarish 
Savdodan keyingi 
xizmat ko’rsatish 
Marketing faoliyatini 
nazorat qilish 


92 
3-bosqich – mavjud bozor sharoitida korxona maqsad va imkoniyatlarini 
aniqlash. Bozor ehtiyojlarini bilish ularni korxona imkoniyatlari bilan taqqoslashga 
imkon beradi. 
4-bosqich – marketing reja va strategiyasini ishlash. Ham maqsadga 
erishishning umumiy strategiyasi, ham korxona yo’nalishi va bo’linmalari uchun 
batafsil reja sifatida ishlanadi. 
5-bosqich – ilmiy-texnik va tajriba konstruktorlik ishlari. 4 ta bosqichda 
rivojlanish yo’llari belgilangandan so’ng bevosita sotish uchun mahsulot ishlab 
chiqarishga ilmiy-tadqiqot, tajriba va konstruktorlik ishlari, texnologiya, ishlab 
chiqarish rejasi, tajriba ishlab chiqarish va x.k.ga o’tiladi. Nixoyat, mahsulot 
yaratildi. 
6-bosqich – mahsulotni bozorga kiritish. Buning eng muhim sharti bozorga 
chiqishning eng maqbul yo’lini tanlash bilan birga, narx siyosatini ham belgilashdir. 
7-bosqich – reklamayu bozorda o’ylab samarali ish yuritmay muvaffaqiyatga 
erishib bo’lmaydi. Tovar xaqida xaridorlarga axborot berish va uni sotib olishga 
undash - murakkab va ma’suliyatli vazifa bo’lib, u bilan bir vaqtda savdoni 
rag’batlantirish xaqida ham g’amxo’rlik qilish kerak. 
8-bosqich – mahsulot assortimentini boshqarish. Talab xaridorning assortiment 
o’zgarishiga talabi o’zgarishini o’rganish. Assortimentni o’zgartirish, bozorga taklif 
etilgan dastlabki variantga tuzatish kiritish. 
9-bosqich – savdo faoliyatini boshqarish. Savdo, yukni tashish, yuklarni 
qadoqlashga aloxida e’tibor beriladi. 
10-bosqich – savdodan keyingi xizmat ko’rsatish, iste’molchiga servis xizmati 
ko’rsatish, tovardan foydalanishda ko’maklashish. 
11-bosqich – marketing faoliyatini nazorat qilish. Butun faoliyat dasturini 
nazorat qilish. Oxirgi bosqichning tugashi, birinchi bosqichning boshlanishini 
bildiradi. 
Marketing strategiyasini bilish «marketingni boshqarish» tushunchasiga ta’rif 
berishga imkon yaratadi. Marketingni boshqarish - bu ishlab chiqarish va bozorni 
foyda olish, savdo xajmini oshirish, bozordagi xissasini oshirish maqsadida xaridorlar 


93 
bilan foydali ayirboshlashni ta’minlash, mustaxkamlash maqsadida o’rganish va taxlil 
etishdir. 
Biznes-rejalarda marketing strategiyasini shakllantirish maqsadida quyidagi 
savollarni yoritilishi shartdir: 
- tanlangan bozor xaqida ma’lumotlar; 
- tanlangan bozor segmentlari; 
- tanlangan bozor xajmi va o’sishi sur’atlari; 
- tanlangan bozor rivojlanish tendensiyasi 
- raqiblar: nomi; xajmi; bozordagi xissasi; afzalligi va kamchiliklari; biznes 
tendensiyasi, to’g’ri va yondashma raqobatni baholash; bular korxonaning qay 
darajada raqobatbardoshligani bildiradi. 
- xaridorlar, ularning mahsulot to’g’risidagi fikrlari, sotib olishning asosiy 
sabablari; 
- xaridorlar, bozor segmenti bo’yicha mahsulot realizatsiya xajmi va foyda 
taxlili; 
- korxonaning xozirgi kundagi va kelgusida ko’zlangan bozordagi xissasi; 
- kafolat va sotishdan keyingi xizmatlar sohasidagi siyosati; 
- baho va kredit siyosati; 
- reklama strategiyasi va uni, bozorda xarakat qilish usuli; 
- mahsulot (ko’rsatilgan xizmat)lar uchun marketing sarflari; 
- joylarni tanlash taxlili; 
- marketingning tadqiqotlar o’tkazishning aniq usullari; 
- bahoni shakllanishi, bozor taxlilidan kelib chiqib uni belgilash

ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat xarajatlariga asoslash; 
- tovarlar
tashqi ko’rinishi, mahsulotlar sifatga tavsifnomasi; 
- mahsulotni taqsimlash usuli va yo’llari. 
- sotish strategiyasi; 
- imkoniyatli xaridorlar soni va ularni qayerda joylanishi; 
- qaysi bozorlarni to’g’ridan-to’g’ri sotish bo’yicha qamrab olish mumkin, 
qaysilarini tovar xom ashyo birjalari, brokerlar va distribyutorlar orqali; 


94 
- qay tartibda reklama tanlangan va bozorga moslashtirilganmi. 
Yuqoridagi ma’lumotlar
ilmiy jixatdan asoslangan bo’lishi foydadan xoli emas.
Bozorni tadqiq qilish - marketing tadqiqotlarining ma’lum bir qismidir, xolos. 
Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining asosi deb qabul 
qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi: 

bozorga kiritilayotgan yoki unda mavjud bo’lgan mahsulotning mumkin 
bo’lgan sotish miqdori; 

tovarning iste’mol xususiyatidagi va boshqa xarakteristikalarining 
o’zgarishi tendensiyasi; 

yoshi, jinsi, xududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni, o’zini tutishi, 
daromadi darajasi bo’yicha iste’molchilar guruhini aniqlash; 

assortimentni rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda 
xaridorlarning istagini aniqlash; 

mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor sig’imidagi ulushi 
(xududlar va segmentlar bo’yicha ham); 

firmaning raqobatdoshligini va uning bozordagi o’rni. 
Ko’rinib turibdiki, bozor to’g’risidagi ma’lumotlar miqdori katta va turli 
xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining 
mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin, 
firmalar bozorni iloji boricha tezroq o’zlashtirish maqsadida xarajatlardan 
qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bo’lishini oldini 
olish uchun qarshi choralar ko’radilar. Shuning tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning 
natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun 
qabul qilingandan so’ng tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu 
jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o’rnini aniqlovchi o’ziga 
xos omillarni o’rganishdir. 
Bozorni marketing nuqtai nazaridan o’rganish o’z oldiga kompaniyalar, firma 
(korxona) tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayish uchun yangi 
segmentlar, sifatini yaxshilash, zaxiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar 
talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo’yadi. Bu maqsadni amalga 


95 
oshirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing 
nuqtai nazaridan tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda chiqadigan 
tovarlarning bozor va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish