Book · January 017 citations reads 5,818 authors


Kelinning  kiyinish  madaniyati



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   165
Bog'liq
Etiket

Kelinning  kiyinish  madaniyati. 
Yaxshi  kiyinish  ham  o‘ziga  xos  san’at 
hisoblanadi.  Yaxshi  did,  avvalo,  kiyimlarni  bir-biriga  moslab  kiyishda  namoyon 
bo‘ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma’lum sharoitga munosib, kishining  mashg‘uloti, 
voqea,  muhit  va  shu  kabilar  bilan  muvofiq  hamda  vaqti  va  joyiga  qarab  bashang 
bo‘lishi mumkin. 
Moda  deganda,  muayyan  ijtimoiy  guruh,  kishilar  orasida  ularning  ta’biga, 
didiga  mos  kiyinish  odatining  ma’lum  vaqtgacha  urf  bo‘lishi  tushuniladi.  Moda 
liboslarning o‘zgarishigina bo‘lib qolmay, o‘ziga xos estetik uslubni qidirib topish, 
yurish-turish  tarzi,  did  va  ichki  madaniyatning  namoyon  bo‘lishi  hamdir.  Moda 
uzoq  tarixga  ega.  Turkiy  xalqlar  ayollarida  asosiy  bosh  kiyim  –  do‘ppi,  ro‘mol, 
oyoq  kiyimi  –  mahsi,  kavush,  ich  kiyim  –  ko‘ylak,  ust  kiyim  –  kaltacha,  kamzul, 
nimcha, chopon bo‘lgan.  
Respublikamiz iqlimi issiq bo‘lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun 
eng  qulay  moda  –  ko‘krak  burma  va  pasti  yaxlit  bichimli  “o‘zbekcha”  ko‘ylak 
hisoblanadi.  Buning  afzalligi  shundaki,  issiq  avjiga  chiqib,  kishi  terlab  turganda 
ham  kiyim  badanga  yopishib  qolmaydi.  Shuning  uchun  ham  ko‘krak  burma 
ko‘ylak  hech qachon  modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o‘zgartirilib, 
zamonaviy tus berilgan holda yangilanaveradi.  
Chiroyli  atlas,  tovor  kabi  matolar  qadimdan  o‘zbek  ayollari  sevib 
kiyadigan  milliy  matolardir.  Qancha-qancha  zamonlar  o‘tib  ketsa  ham,  bu 
matolardan  o‘z  davriga  moslab  yarashtirib,  xoh  o‘zbekcha,  xoh  yevropacha 
tikilgan  kiyimlar  hamisha  modada.  Qaddi-qomati  kelishgan  ayollarga  moda 
jurnalidagi  modellarning  har  biri  to‘g‘ri  kelaverishi  mumkin.  To‘ladan  kelgan 
ayollarga  belning  past  qismidan  ulangan  va  keng  etak  bo‘lib  tushgan  ko‘ylaklar 
kiyish  tavsiya  etilmaydi.  Ozg‘in  ayollar  esa  tor  badanga  yopishib  turadigan 
ko‘ylaklar  kiymasliklari  lozim.  Bo‘yni  uzun  ayollar  ko‘proq  yelkalik  ko‘ylak 
kiyganlari  ma’qul.  Bo‘yni  kalta  ayollarga  tik  yoqali  va  bo‘yin  atrofidan  o‘yilgan 
ko‘ylaklar yarashmaydi. 
Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo‘lishi kerak. Ayollar ko‘pincha 
kiyimlar rangini  o‘zlarining soch  va teri  ranglariga  moslab oladilar.  Ammo bunda 
gap  rangning  kishiga  tushishidadir.  Katak-katak  kiyimlarni  yo‘l-yo‘l  matolardan 
tikilgan  kiyimlarni  birga  kiyish  tavsiya  etilmaydi.  Bo‘ylamasiga  yo‘l  bo‘lib 
tushgan  gazlamalar  ayollarning  qaddi-qomatini  nozik,  bo‘y-bastini  uzaytirib 
ko‘rsatadi, ularni to‘ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya etish mumkin. Ozg‘in 
va baland bo‘yli ayollar bunday  matodan kiyim kiymaganlari  ma’qul, ko‘ndalang, 
yo‘l-yo‘l ko‘ylaklar qaddi-qomatni to‘laroq ko‘rsatadi. 
Rang  va  ranglarning  bir-biriga  mos  tushishi  ham  o‘ziga  xos  ahamiyatga 
ega. To‘q va qora ranglar jussaning to‘laligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada 
to‘laroq  ko‘rsatadi.  Yashil,  binafsha,  ko‘k  rang  qaddi-qomatni  rostlab  ko‘rsatsa, 
sariq,  jigarrang,  qizil  va  rangdor  rasmlar  jussani  bir  muncha  to‘la  qilib  o‘rsatadi. 
Ortiqcha  bezaklar  kiyimni  bachkanalashtirib  yuboradi.  Uy  kiyimlari,  asosan, 
yuvilishi oson  ip  gazlamalar, shtapel  matolardan tikiladi,  u keng  va qulay bo‘lishi 


111 
 
lozim.  Yoz  paytlarida  uyda  odmi  rangli  mayin  gulli  ko‘ylak  va  xalatlar  kiyish 
maqsadga  muvofiq.  Ish  kiyim  qulay,  kundalik  kiyishga  mos  va  qulay  bo‘lishi, 
ayniqsa,  ko‘ylak-kostyumlar  kiyish  ko‘pdan  urf  bo‘lib  keladi.  Ozodalik,  orastalik, 
pokizalikni  bir  umr  o‘ziga  hamroh  qilgan  kelinlar,  shoshib  qolmaydilar,  ayniqsa 
ishlasalar yoki o‘qisalar – bu fazilatlar insonga o‘ziga ishonch va ruhiy muvozanat 
baxsh etadi.  
Parcha-yu kimxoblardan kiyim, zeb-ziynatlar taqib, bir davraga kirsangiz-
u,  birinchi  tabassumingizda  tishingizni  sarig‘i  o‘rinsa,  kishilarning  siz  haqingizda 
fikri  o‘zgaradi.  Eng  so‘nggi  moda  bilan  kiyinsangiz-u,  sochlaringiz  to‘zib  yotgan 
bo‘lsa, hech qachon sizni orasta deyishmaydi. Yangi kiyimlar, chiroyli liboslar bu 
nuqsonlarni yashira olmaydi.  

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish