Do‘kon
Do‘kondagi xarid jarayonida sotuvchini ikkilanishdan paydo bo‘lgan turli
injiqliklar bilan qiynamaslik joiz. Kassaga yaqinlashganda qiymat aniqlangach,
oxirgi daqiqalarda karmon yoki sumka kavlab vaqt ketkazmaslik uchun xarid
taxminiy hisob bo‘lishi lozim. Qaytimni tekshirib, uzoq qolib ketish ham nojoiz.
Hayotning zamonaviy tizimi bizdan aniq va tez harakatlarni talab qiladi. Do‘kon
eshigida avval chiqayotganlarni o‘tkazib yuborib, so‘ng kirish tiqilinchni paydo
qilishning oldini oladi.
Katta
do‘konlar va boshqa ko‘pchilikka xizmat ko‘rsatadigan
muassasalarda bosh kiyim yechilmaydi. Ammo individual xizmat ko‘rsatilayotgan
mijoz (masalan: atelye, sberkassa yoki pochta) bosh kiyimini yechishi va xizmatchi
bilan ko‘rishmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |