Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
Diplomatik martaba 
O‘zbekiston  Respublikasi  Diplomatik  vakolatxonalari  va  Tashqi  ishlar 
vazirligi  xodimlarining  diplomatik  martabalari  to‘g‘risidagi  nizomga  muvofiq, 
Diplomatik  vakolatxonalarning  boshliqlariga,  elchixonalar,  missiyalar  va 
konsulliklarning  diplomatik  xodimlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar 
vazirligi markaziy apparati xodimlariga quyidagi diplomatik martabalar beriladi: 
- Favqulodda va Muxtor Elchi; 
- Birinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil; 
- Ikkinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil; 
- Birinchi darajali maslahatchi; 
- Ikkinchi darajali maslahatchi; 
- Birinchi darajali birinchi kotib; 
- Ikkinchi darajali birinchi kotib; 
- Birinchi darajali ikkinchi kotib; 
- Ikkinchi darajali ikkinchi kotib; 
- Uchinchi kotib; 
- Attashe. 

 
Diplomatik martabalar elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar va 
konsulliklar  huzuridagi  doimiy  vakolatxonalar,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga ijobiy attestatsiyaga, oliy 
ma’lumotga  ega  bo‘lingan  taqdirda,  ularning  malakasiga,  egallab  turgan 
lavozimiga  hamda  ish  stajiga  muvofiq,  shuningdek,  malaka  unvonlarini  va 
boshqa farqlovchi belgilarini hisobga olgan holda tadrijiy tartibda beriladi. 
 

 
Diplomatik martabalar quyidagi lavozimlarni egallab turgan shaxslarga 
beriladi 


66 
 
 
 
 Favqulodda va Muxtor Elchi 
-  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vaziriga, 
O‘zbekiston  Respublikasining  Favqulodda  va  Muxtor 
Elchisiga,  O‘zbekiston  Respublikasining  BMTdagi  Doimiy 
vakolatxonasi  boshlig‘iga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi 
ishlar 
vazirining 
o‘rinbosariga, 
O‘zbekiston 
Respublikasining Alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisiga 
 
Birinchi  darajali  Favqulodda  va 
Muxtor Vakil 
-  O‘zbekiston  Respublikasining  Favqulodda  va  Muxtor 
Elchisiga,  O‘zbekiston  Respublikasining  Favqulodda  va 
Muxtor  Vakiliga,  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro 
tashkilotdagi  doimiy  vakiliga,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Tashqi 
ishlar 
vazirining 
o‘rinbosariga,  O‘zbekiston 
Respublikasining Alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisiga 
 
Ikkinchi  darajali  Favqulodda  va 
Muxtor Vakil 
-  O‘zbekiston  Respublikasining  Favqulodda  va  Muxtor 
Elchisiga,  O‘zbekiston  Respublikasining  Favqulodda  va 
Muxtor  Vakiliga,  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro 
tashkilotdagi  doimiy  vakiliga,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Tashqi 
ishlar 
vazirining 
o‘rinbosariga,  O‘zbekiston 
Respublikasining Alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisiga 
 
Birinchi darajali maslahatchi 
-  Bosh  konsulga,  Elchixona  maslahatchisiga,  xalqaro 
tashkilot 
huzuridagi 
doimiy 
vakil 
o‘rinbosariga, 
Elchixonaning maxsus attashesiga, vazir maslahatchisiga 
 
Ikkinchi darajali maslahatchi 
-  Bosh  konsulga,  Elchixona  maslahatchisiga,  xalqaro 
tashkilot 
huzuridagi 
doimiy 
vakil 
o‘rinbosariga, 
Elchixonaning  maxsus  attashesiga,  Tashqi  ishlar  vazirligi 
boshqarmasi 
va 
mustaqil 
bo‘limi  rahbariga,  vazir 
maslahatchisiga 
 
Birinchi darajali birinchi kotib 
- Xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakil o‘rinbosariga, 
Elchixonaning  birinchi  kotibiga,  konsuliga,  Tashqi  ishlar 
vazirligi  boshqarmasi  va  mustaqil  bo‘limi  rahbariga,  rahbar 
o‘rinbosariga,  vazir  yordamchisiga,  Tashqi  ishlar  vazirligi 
bo‘limining birinchi kotibiga 
 
Ikkinchi darajali birinchi kotib 
- Elchixonaning birinchi kotibiga, konsulga, Tashqi ishlar 
vazirligi bo‘limining birinchi kotibiga 
 
 Birinchi darajali ikkinchi    
  kotib 
-  Elchixonaning  ikkinchi  kotibiga,  vitse-konsulga,  Tashqi 
ishlar vazirligi bo‘limining ikkinchi kotibiga 
 
  Ikkinchi darajali ikkinchi   
  kotib 
-  Elchixonaning  ikkinchi-uchinchi  kotiblariga,  vitse-
konsulga,  Tashqi  ishlar  vazirligi  bo‘limining  ikkinchi-


67 
 
uchinchi kotiblariga 
 
Uchinchi kotib 
-  Elchixonaning  uchinchi  kotibiga,  vitse-konsulga, 
konsullik  agentiga,  Tashqi  ishlar  vazirligi  bo‘limining 
uchinchi kotibiga 
 
Attashe 
-  Elchixonaning  uchinchi  kotibiga,  Tashqi  ishlar  vazirligi 
bo‘limining uchinchi kotibiga, attashega 
 
 

 
Favqulodda  va  Muxtor  Elchining,  birinchi  va  ikkinchi  darajali  Favqulodda  va 
Muxtor 
Vakilning 
diplomatik 
martabalari 
O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining Farmonlari bilan beriladi; 

 
Birinchi  va  ikkinchi  darajali  Maslahatchining,  birinchi  va  ikkinchi  darajali 
birinchi  kotibning,  birinchi  va  ikkinchi  darajali  ikkinchi  kotibning,  uchinchi 
kotib  hamda  atteshening  diplomatik  martabalari  O‘zbekiston  Respublikasi 
Tashqi ishlar vazirining buyruqlari bilan beriladi;  

 
Lavozimda ishlash muddatlari har bir diplomatik martaba uchun quyidagicha: 

 
attashe, uchinchi va ikkinchi kotiblari – 2-3 yil; 

 
birinchi kotib va maslahatchilar – 3-4 yil;   

 
Attashening  boshlang‘ich  diplomatik  martabasi  diplomatik  xizmatda  kamida 
bir yil ishlagan shaxsga beriladi;  

 
Favqulodda  va  Muxtor  Elchining,  birinchi  va  ikkinchi  darajali  Favqulodda  va 
Muxtor vakilining martabalari umrbod beriladi;  

 
Boshqa diplomatik martabalarga ega bo‘lgan shaxslarda ular ushbu mansabdor 
shaxslar  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi  tizimidan  pensiyaga 
chiqqan taqdirda ham saqlanib qoladi;  

 
 Diplomatik martabalarga, shu jumladan, Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi 
va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabalariga ega 
bo‘lgan  shaxslar  O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  manfaatlariga  qarshi 
qaratilgan,  shuningdek,  diplomatik  xizmat  talablariga  zid  xatti-harakatlar 
uchun mazkur unvonlardan mahrum etilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri: 
a)  oldingi  diplomatik  martabada  belgilangan  xizmat  muddati  o‘tgunga 
qadar ishda alohida namuna ko‘rsatilganlik uchun; 
b)  navbatga  rioya  qilmagan  holda,  ammo  xodimning  yuqori  lavozimga 
ko‘tarish  vaqtidagi  diplomatik  martabasidan  ko‘pi  bilan  ikki  diplomatik  martaba 
yuqori; 
v)  birinchi  marta  attestatsiyadan  o‘tkazilayotgan  xodimlarga,  egallab 
turgan lavozimda nazarda tutilganiga nisbatan bir diplomatik martaba past; 
g)  Tashqi  ishlar  vazirligining  mustaqil,  shu  jumladan,  xo‘jalik  hisobidagi 
bo‘linmalari  rahbarlariga,  xizmat  vazifalarini  muvaffaqiyatli  bajarganligi  va 
ishdagi katta yutuqlari uchun unvonlar berishga haqlidir. 

 
Bir diplomatik martabada belgilangan muddatda xizmat qilgan, biroq xizmat 
faoliyatida  yoki  xulq-atvorida  jiddiy  kamchiliklar  bo‘lgan  elchixonalar, 


68 
 
missiyalar,  xalqaro  tashkilotlar  huzuridagi  doimiy  vakolatxonalar  va 
konsulliklarning  diplomatik  xodimlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi 
ishlar  vazirligi  markaziy  apparti  xodimlariga  navbatdagi  diplomatik  martaba 
berilmaydi. 

 
Xizmat  burchini  qo‘pol  ravishda  buzganligi  yoki  xizmat  vazifalarini 
muntazam  ravishda,  zarur  darajada  bajarmaganligi  uchun  xodimning 
martabasi pasaytirilishi mumkin.  

 
Favqulodda  va  Muxtor  Elchi,  birinchi  va  ikkinchi  darjali  Favqulodda  va 
Muxtor  Vakil  martabasiga  ega  bo‘lgan  shaxslarni  diplomatik  martabadan 
mahrum  etish  yoki  martabasini  pasaytirish  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. 

 
Boshqa  diplomatik  martabalardan  mahrum  etish  O‘zbekiston  Respublikasi 
Tashqi ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.  

 
Elchixonalar, 
missiyalar, 
xalqaro 
tashkilotlar 
huzuridagi 
doimiy 
vakolatxonalar  va  konsulliklar  diplomatik  xodimlariga,  O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga diplomatik 
martaba  berish  uchun  attestatsiyadan  o‘tkazish  tartibi  O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.  

 
Diplomatik  martabalarga  ega  bo‘lgan  elchixonalar,  missiyalar,  xalqaro 
tashkilotlar  huzuridagi  doimiy  vakolatxonalar  va  konsulliklarning  diplomatik 
xodimlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi  markaziy 
apparati  xodimlariga  tasdiqlangan  namunadagi  guvohnoma  beriladi, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan 
miqdorlarda lavozim maoshlariga qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish