Book · January 017 citations reads 5,818 authors


Kiyim va mehmonning tashqi ko‘rinishi



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
Kiyim va mehmonning tashqi ko‘rinishi 
Rasmiy  qabul  marosimi  taklif  etilgan  mehmonning  tashqi  ko‘rinishi 
muhim  rol  o‘ynaydigan  tantanali  marosimlar  turiga  kiradi.  Qadim  zamonlardan 
bugungi  kungacha  qabul  marosimlarida  kiyiladigan  kiyimlarni  tanlashning 
qoidalariga  qat’i  amal  qilish  urf-odati  saqlanib  kelmoqda.  Ushbu  qoidalarga  rioya 
qilish zaruriyligi hamon zamon talabidir. 
Erkak  kishilarning  kiyimi  konservativ  ekanligi,  qat’i  cheklanganligi 
bugungi  kunda  ham  o‘z  dolzarbligini  yo‘qotmagan.  Rasmiy  tadbirlar  uchun  erkak 
kishilarga smoking, frak yoki klassik kostyum kiyish tavsiya etiladi. 
Smoking  va  frak  —  bugungi  kunda  kechki  kostyumlarning  turi  bo‘lib, 
dunyo protokol tajribasida yanada keng foydalanib kelinmoqda. 
Frak  majburiy  bo‘lgan  hollarda,  rasmiy  taklifnomalarda  “oq  galstuk”  deb 
belgilanadi. Oxirgi paytlarda bu libos kam kiyiladi (frakni erkaklar, asosan, Nobel 
mukofoti  bilan  taqdirlash  tantanali  marosimlarida,  Qirol  va  Podshohlarning  saroy 
qabullarida,  La  Skala  premyera  spektakllarida,  ba’zi  mamlakatlarda  ishonch 
yorliqlarini  topshirish  marosimlarida  kiyadilar).  Klassik  frak  uchun  oq  kamzul  va 
oq  ‘kapalak-bo‘yinbog‘’  kerak  bo‘ladi  (qora  ‘kapalak-bo‘yinbog‘’  va  frak  faqat 
ofitsiantlar  yoki  orkestr  musiqachilari  tomonidan  kiyiladi).  Frak  kiyganda  qo‘l 
soati taqilmaydi. Erkaklar paypoqlarining rangi kostyum rangidan to‘qroq bo‘lishi 
kerak  va  bu,  o‘z  navbatida,  kostyum  va  oyoq  kiyim  rangining  uyg‘unlashishini 
ta’minlaydi. 
Taklifnomada “qora bo‘yinbog‘” deb belgilansa, smoking kiyish  majburiy 
hisoblanadi. Smoking pidjagi bir yoki ikki bortli bo‘lib, tik yoqali yoki keng yoqa, 
astari  shoyi  matodan  tikilgan  bo‘ladi.  Shimlarning  ikki  chekkasiga  shoyi  kant 
tikiladi. Klassik smoking qora rangda bo‘ladi. 
Smoking  ichidan  oq  kraxmallangan  tik  yoqali,  old  qismi  “plisse”dan 
iborat, yengi “zaponka” taqiladigan ikki majetli ko‘ylak kiyiladi. 


55 
 
“Kapalak  bo‘yinbog‘”  qora  yoki  to‘q  ko‘k  rangda  bo‘ladi.  Shim  belbog‘i 
ham  to‘q  rangda  bo‘lishi  kerak.  Ko‘krak  cho‘ntagiga  oq  shoyi  matodan  tikilgan 
dastro‘molcha solib qo‘yiladi. 
Erkaklar paypoqlari shoyi matodan va qora rangda bo‘lishi kerak. 
qora lakli botinkalar faqat smoking bilan birga kiyiladi. 
Davlat  rahbari  va  uning  rafiqasi  nomidan  o‘tkaziladigan  rasmiy  qabul 
marosimlarida protokol tajribasiga ko‘ra klassik kostyum kiyiladi. 
Kostyumga  bo‘lgan  talablar  oddiydir:  kostyum  yaxshi  bichilgan  va  sifatli 
matodan tikilgan, odmi rangda bo‘lishi kerak. Rasmiy kostyum bir rangda bo‘lishi 
lozim. 
Kechki  tadbirlar  uchun  to‘q  ko‘k  yoki  to‘q  kul  rangdagi  kostyum 
nihoyatda  mos  keladi  (u  bilinar-bilinmas  yo‘l-yo‘l  bo‘lishi  ham  mumkin).  Qora 
rangdagi  kostyum  kiyish  maqsadga  muvofiq  emas.  Soat  20.00  dan  ilgari 
boshlanadigan  tadbirlarga  och  rangdagi  kostyumlarni  kiyish  mumkin.  Ko‘ylak  va 
galstuk  kechki  kiyimning  ajralmas  qismi  hisoblanadi.  Barcha  rasmiy  tadbirlarga 
erkaklarga oq ko‘ylak va bosiq ranglardagi galstuk tavsiya etiladi. 
Germaniyada erkaklar odatda “dvoyka” – ikki kiyimlik kostyumlar kiyadi, 
ularning rangi to‘q ko‘k yoki to‘q kul rang bo‘lishi mumkin.  
Ayollar  kiyimi  erkaklarnikiga  nisbatan  hamisha  tikilish  turi  va  rangiga 
bo‘lgan talablarga ko‘ra ko‘proq erkinlikka ega bo‘lib kelgan. Erkaklar kiyimidan 
farqli o‘laroq, ayollar kiyimiga cheklashlar kiritish nisbatan qiyin, lekin shuni esda 
tutish lozimki, ayollar rasmiy kiyimining asosini klassik shakllar va ranglar tashkil 
etishi kerak. 
Ayollar kiyimi davr va moda talablari bilan hamnafas bo‘lishi darkor. 
Kunduzgi qabul  marosimlariga (agar taklifnomada kiyim  borasida  maxsus 
yo‘riqnomalar  mavjud bo‘lmasa) ayollar oddiy  uzunlikdagi  ko‘ylak yoki ko‘ylak-
kostyum kiyishlari mumkin. Kechki qabullarga (agar taklifnomada kiyim borasida 
maxsus  yo‘riqnoma  mavjud  bo‘lmasa)  kechki-bayramona,  oddiy  uzunlikdagi 
ko‘ylaklar  yoki  ko‘ylak-kostyumlar  kiyish  mumkin.  Tushlik  yoki  kechki 
qabullarga  berilgan  taklifnomada  “kechki  libos”  deb  ko‘rsatilgan  bo‘lsa,  ushbu 
tavsiyaga rioya qilish maqsadga muvofiq. 
Ayollarning  kechki  liboslari  ikki  xil:  o‘rtacha  uzunlikda  (yerdan  15-20sm 
balandlikda)  va  uzun  (yergacha)  bo‘ladi.  Oxirgi  paytlarda  uzun  ko‘ylaklar  kam 
kiyilmoqda.  Kunduzgi  qabullar  va  “kokteyl”  yoki  “furshet”  qabullariga  qulay 
poshnali  oddiy  tufli  kiyiladi.  Kechki  bayramona  ko‘ylaklarga  baland  poshnali 
zamsh,  parcha,  oltin  yoki  kumush  rangli  charmdan  qilingan  tuflilar  kiyiladi. 
Kechki  ko‘ylakka  mos  qilib  shoyi  qo‘lqop  kiyish  mumkin.  Agar  ko‘ylak  yenglari 
uzun bo‘lsa, qo‘lqop kiyilmaydi. 
Zeb-u  ziynatlarga  kelganda,  ko‘p  mamlakatlarda  kunduzgi  qabullarga 
bijuteriya,  kechqurungilariga  esa  asl  qimmatbaho  zeb-u  ziynatlarni  taqish  odat 
tusiga kirgan. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish