Musofirning muqimga va muqimning musofirga iqtido qilishi
Musofir muqimga namoz vaqtida iqtido qilishi durust. Bu holda u muqim kabi namozni to‘liq o‘qiydi. Vaqt chiqqach, musofirning muqimga iqtido qilishi durust emas. Xoh vaqt ichida bo‘lsin, xoh vaqt chiqqanidan so‘ng bo‘lsin, muqimning musofirga iqtido qilishi durustdir.
Musofir muqimlarga imom bo‘lsa namozni boshlamasdan avval yoki salom bergach, "namozingizni tamomlang, men musofirman" deyishi mustahabdir. Muqim musofirga iqtido qilganida musofir namozni tamom qilganidan so‘ig qolgan ikki rakatini qiroat qilmasdan tamomlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |