Namozni buzish lozim bo‘lgan va bo‘lmagan hollar
1. Qiyin ahvolda qolgan kishining yordam so‘rab chaqirishini eshitganida, yordam berish maqsadida namozni buzish vojibdir.
2. Bir dirham kumush qiymatida bo‘lgan narsaning, boshqa kishiniki bo‘lsa ham, o‘g‘irlanishidan qo‘rqqan paytda, namozni buzish joizdir.
3. Farz namoz o‘qiyotgan kishining ota-onasidan biri chaqirganida namozni buzishi joiz emas.
5. Bolaning o‘lib qolishidan qo‘rqqan enaganing namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, uni buzishi vojibdir, o‘lim xavfi bo‘lmagan paytda ham, enaganing vaqti kirgan namozni kechiktirib, bola bilan mashg‘ul bo‘lishining zarari yo‘q.
6. Musofir o‘g‘rilar yoki qaroqchilardan qo‘rqqanida namozni kechiktirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |