Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari
1. Erkaklar uchun bomdod namozini so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qish.
2. Peshin namozini yoz paytida jazirama issiq yo‘qolgunigacha kechiktirish, qish paytida esa tezroq o‘qish, faqat havo bulutli bo‘lganida biroz kechiktirish.
3. Asr namozini, quyoshga qaralsa, ko‘z qamashmaydigan paytdan biroz avvalgi vaqtgacha kechiktirish, lekin havo bulutli kunlarda tezroq o‘qish.
4. Shom namozini havo ochiq kunlarda tezroq (vaqt avvalida), havo bulutli kunlarda biroz kechiktirib o‘qish.
5. Xufton namozini tunning uchdan bir qismi o‘tguniga-cha kechiktirish, havo bulut kunlari tezroq o‘qish. Uyg‘onishiga ishonganlarning vitr namozini tunning so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qishi. Bu hukmlar soati bo‘lmaganlar uchundir.
Do'stlaringiz bilan baham: |