Kishi qachon kafforat uchun vasiyat qiladi?
Kishi namoz o‘qishga va ro‘za tutishga kuchi yetgan holda o‘qiy olmagan namozining, tuta olmagan ro‘zasining kafforatini berishni vasiyat qilishi mumkin.
Qancha kafforat beriladi
Vafot qilganning valiyi (o‘zidan keyin mol- mulkidan sarflashga mas’ul kishi) u qoldirgan molning uchdan biridan vitr namozini ham qo‘shib, kuniga olti vaqt namozning har biri uchun va har kunning ro‘zasi uchun yarim so’ (1456 yoki 1664 gr.) bug‘doy yoki uning qiymatini beradi. Marhum vasiyat qilmagan taqdirda valiyi o‘z molidan uning kafforatini berishi joizdir. Faqat marhum tuta olmagan ro‘za va o‘qiy olmagan namoz o‘rniga ro‘za tutishi namoz o‘qishi durust emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |