Azonning makruhlari
1. Azon kalimalarini noto‘g‘ri talaffuz qilish yoki qo‘shiqqa o‘xshati` aytish (talqin).
2. Tahoratsiz azon va takbir aytish.
3. Junub holatda azon aytish.
4. Balog‘atga yetmagal bolaning, telba, mast, ayol, fosiq (gunohi kabira qilib, shariat amrlarini bajarmagan kishi) va o‘tirgan shaxslarning azon aytishlari ham makruhdir. Bunday hollarda azonni takror aytish mustahabdir. Takbir takror aytilmaydi. Juma kuni (uzr bilan juma namozini qazo qilganlar) peshin namozi uchun azon va takbir aytishlari makruhdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |