Oqsaroy (Shahrisabz, 1380-1404)
Shahrisabzdagi me‘moriy yodgorlik. Amir Temurning onasi Takina xotun sharafiga qurilgan. Shaharning Shimoliy-Sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Me‘mor Muhammad Yusuf. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli bo‘lgan bu saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtog‘i, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi ko‘rinishi ham salobatli va go‘zaldir. Bu salobatlilik va go‘zallikka g‘ishtlarning yaxlit bo‘lib ko‘rinishini ta‘minlash-old va Shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravog‘ining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. 20 yil davomida qurilgan ushbu me‘moriy yodgorlikning ranglari oy yorug‘ida jilolanib-oqarib ko‘rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan. Saroyning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri-tom tepasiga ishlangan hovuzdir. Hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan.
S amarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgach, unda Isfahon, Sheroz, Xalab, Xorazm, Buxoro, Nasaf va Keshning me‘moru binokorlari qo‘li bilan saroylar masjidlar, maqbara va xonaqohlar qurildi. 1403-1404 yillarda Samarqandda bo‘lgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo (?-1412.2.4) Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan.
Jumladan, mo‘g‘ullar bosqinida butunlay vayron etilgan va aksari aholisi qirib tashlangan va qisman qul qilingan Samarqand shahri Amir Temur hukmronligi davrida o‘zining qadimgi o‘rni Afrosiyobdan birmuncha janubroqda butunlay yangidan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qal‘a devori bilan o‘ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza o‘rnatildi. Shahar arkida Amir Temurning qarorgohi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroylar bino kilindi. Ko‘ksaroy 4 qavatli bo‘lib, gumbazlari va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun u Shunday atalgan. Ko‘ksaroyda xonlarni podsholik taxtiga chiqarish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga olib o‘tqazadigan toshdan taxtkursi-Ko‘ktosh qo‘yilgan edi. Bulardan tashqari arkda davlat devonxonasi, qurol-yarog‘lar ustaxonasi va aslahaxona, tangalar chekiladigan zarbxona kabi imoratlar joylashgan.
Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o‘nlab sug‘orish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, go‘zalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog‘i lozim edi.
XIV asrning oxiri-XV asrlarda Samarqandda ko‘rkam va muhtasham binolardan tashqari shahriston yoki rabodi doxidda turli-tuman kasbdagi hunarmandlar mahallalari qad ko‘taradi. Amir Temur mamlakatda, xususan uning poytaxti Samarqandda hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida e‘tibor beradi. Ispan elchisi Klavixoning yozishicha, Sohibqiron hunarli biror kishini ham Movarounnahrni tashlab ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Aksincha, Amir Temurning amri-farmoni bilan Damashqning eng mohir to‘quvchilari, Halabning mashhur paxta yigiruvchilari, Anqaraning movut to‘quvchi korxonalari, Turkiya va Gurjistonning zargarlari, xullas, ko‘p kasb-hunar sohiblari boshqa shaharlardan Samarqandga ko‘chirib olib kelindi. O‘sha davrda shaharda turli din va mazhablardagi kishilar istiqomat qilardi. Klavixoning ma‘lumotiga ko‘ra, Samarqandda 150 mingdan ziyodroq aholi yashagan. Shahar maydoni Ispaniyaning SHibliya (Sevilya) shahridan kengroq bo‘lgan. Lekin uning bu ma‘lumotida shahar arki bilann qal‘a, ya‘ni ichki shahar kismlarigina ko‘zda tutilgan xolos.
Samarqanddagi me‘moriy yodgorlik. Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi bo‘lib, xalq orasida Shohizinda («Tirik shoh») nomi bilann mashhur. Ansambl bir-biri bilan yo‘lak orqali bog‘langan 3 guruh binolardan iborat.
XIII asrda mo‘g‘ullar istilosi davrida Afrosiyob vayron bo‘lgach, xalq bu yerni tark qilgan. Amir Temur va Ulug‘bek davrida bu yerda qurilish ishlariga ahamiyat berilgan. Arxeologik qazishlardan aniqlanishicha, Afrosiyobning qadimiy qal‘a devori yon bag‘rida qilingan zina XVIII asrda vayron bo‘lgan, keyinchalik 40 pog‘onali g‘ishtin yangi zina va Chortoq qurilgan, bular hozirgacha saqlangan. Shohizinda ansamblidagi inshootlarning ko‘pchiligi XIV asrga taalluqli. Ansamblning bosh darvozasi janubda ko‘chaga qaratib qurilgan. Darvozaxonani Ulug‘bek hijriy 838 (milodiy 1434-1435) yidda o‘g‘li Abdulazizga atab qurdirgan. Unda qo‘yidagi so‘zlar bitilgan: «Abdulaziz Baxodir ibn Ulug‘bek ibn Shohrux ibn Temur».
Amir Temurning bog‘ qurish an‘anasini temuriylar shahzodalar ham davom ettirishgan. Masalan, Ulug‘bek rasadxona etagida bobosi Amir Temur an‘anasiga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek ikkita bog‘ qurdiradi. Ularning biri Bog‘i maydon, ikkinchisi CHinnixona nomi bilan ataladi. Bog‘i maydon o‘rtasida qurilgai bino ikki qavatli bo‘lib, devor va ustunlariga marmardan sayqal berilgan. CHinnixona-arxeologik yodgorlik, saroy. Samarqandda CHo‘ponota tepaligining janubiy-g‘arbida joylashgan. XV asrning 40-yillarida Ulug‘bek rasadxonasiga yaqin joyda qurilgan. Saroy devorlari chinni bilan qoplangani uchun ham CHinnixona deb atalgan. Ulug‘bek va olimlar shu yerda samoviy kuzatuv, ilmiy tadqiqotlardan so‘ng hordiq chiqarishgan. CHinnixonadagi imoratlarning biri toshdan, ikkinchisi chinnidan bo‘lgan. CHinni 1422 yilda Xitoydan keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |