Boltayeva sayyoraning malakaviy ishi mavzu: tarix darslarida amir temurning obodonchilik ishlarining o



Download 371,15 Kb.
bet11/12
Sana31.12.2021
Hajmi371,15 Kb.
#250419
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Boltayeva sayyoraning malakaviy ishi mavzu tarix darslarida ami

Badiiy adabiyot. Amir Temur va temuriylar davri madaniyatining to‘laqonli mazmuni, manzarasi va ko‘lami o‘sha zamonda har taraflama gurkirab ravnaq topgan badiiy tafakkur samarasi-badiiy adabiyotda yaqqol namoyon bo‘ldi. Negaki Vatanimiz tarixining mana shu chinakam Uyg‘onish davrida o‘zlarining serqirra, serjil va ijodi bilan yuksak insonparvarlik, umumbashariy g‘oyalarni tarannum etgan ko‘plab zabardast adibu shoirlar, daho ijodkorlar yetishib chiqdilar. Eng muhimi shundaki, bu davrda badiiy tafakkurda an‘anaviy bayroqdor bo‘lib kelgan fors-tojik adabiyoti bilan yonma-yon turkiy-o‘zbek adabiyoti ham rivojlanib, uning namoyandalari safi ko‘payib bordi. Tarjima adabiyot vujudga keldi. Badiiy adabiyotning o‘sishi bilan uzviy bog‘langan holda adabiyotshunoslik ham taraqqiy etdi, nodir asarlar yaratildi.

Bu davrning badiiy adabiyoti, xususan o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan ushbu shoirlarning ilmiy merosi o‘zbek adabiyoti tarixida muhim o‘rin tutadi.

Ulug‘ o‘zbek shoiri, mumtoz she‘riyatimiz sultoni Alisher Navoiyning katta ijodi ham shu tarixiy davr bilan bog‘liqdir. Alisher Navoiy, Navoiy (taxalluslari; asl ismi Nizomiddin Mir Alisher) (1441 yil 9 fevral-Hirot-1501 yil 3 yanvar) – buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi. U 10-12 yoshlaridan she‘r yoza boshlagan. 15 yoshida esa shoir sifatida keng tanilgan. She‘rlarini turkiy (Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan) tillarida yozgan.

Buyuk insonparvar Alisher Navoiy o‘rta asrdagi Uyg‘onish davrining boshqa ulug‘ zotlari singari butun hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo‘lishi lozimligini ko‘rsatdi. U o‘z davridagi nohaqlikka, adolatsizlikka qarshi kurashdi, amaldorlarning o‘z vazifalarini suiiste‘mol qilishlarini va ta‘magirliklarini fosh etdi, ojiz, muhtoj kishilarni o‘z himoyasiga oldi. Sulton Husayn Boyqaro 1472 yilning fevral oyida Alisher Navoiyni o‘z saroyining bosh vaziri qilib tayinlaydi va unga «Amiri kabir» unvonini beradi. Alisher Navoiy yangi lavozimda avvalo butun kuchini mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga qaratdi. Vaqf ishlarini tartibga solishga kirishdi. Bu davrda hech bir mamlakatga qarshi bosqinchilik urushi olib borilmadi. Bosh vazir (1487 yilgacha) Alisher Navoiy madaniyat va san‘atning chinakam homiysi sifatida taniladi. Uning faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalarni to‘g‘ri hal etishga intilish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarga, barcha qavmlarga bir xil munosabatda bo‘lish, hech qaysi birini kamsitmaslik, hammaning manfaatiga barobar xizmat qiladigan jamoat binolarini qurishga alohida e‘tibor berish oldingi uringa chiqa boshladi. Xondamirning qayd qilishicha, 80-yillar davomida Alisher Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir necha madrasa, 40 ta rabot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki ta‘mirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi «Ixlosiya», «Nizomiya» madrasalari, «Xalosiya» xonaqohi, «Shifoiya» tibgohi, Qur‘on tilovat qiluvchilarga mo‘ljallangan «Dorul-huffoz» binosi, Marvdagi «Xusraviya» madrasasi, Mashhaddagi «Dorul-huffoz» xayriya binosi va boshqa noyob me‘morlik yodgorliklari bor.

Alisher Navoiyga Husayn Boyqaroning xurmati doimo baland bo‘lgan. Xususan, Navoiyga bir nechta yuksak lavozimlarni taklif qilingan. Ammo Alisher Navoiy rozi bo‘lmagach, unga «Muqarrabi hazrati sultoniy» («Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan rasmiy unvon beriladi. Bu bilan u davlatning hamma ishlariga aralasha olar va podshoh bilan ko‘rishish imkoniga ham ega bo‘lar edi. Bundan ko‘rinib turibdiki u badiiy ijod bilan qatorda davlat ishlaridan yiroqda bo‘lmagan.

Uning ijodiga nazar tashlar ekanmiz, bunda yuksak insonparvarlik, vatanparvarlik, yurtparvarlik va erksevarlik g‘oyalari butun tarovati bilan namoyon bo‘ladi. Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo‘lish mumkin: 1. Devonlari. 2. Dostonlari. 3. Forsiy tildagi she‘riy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.

Bu davrning icte‘dodli shoirlari va adiblari ichida Zahiriddin Muhammad Bobur (1483.14.2, Andijon - 1530.26.12, Agra) ning ijodi ham o‘ziga xos o‘ringa ega. U o‘z yurtida hukmronlikni to‘la qo‘lga kirita olmagan bo‘lsa-da, temuriy shahzoda ichida tanxo o‘zi Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi.

Bobur Mirzo davlat arbobi, iste‘dodli sarkarda bo‘lish bilan bir qatorda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili va buyuk shoir sifatida boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.

Boburning o‘z guvoxligiga ko‘ra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan; «Ul fursatlarda biror-ikkirar bayt aytur edim», deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular o‘rtasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar to‘plana boshlashi ham shu yillarga to‘g‘ri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur o‘rtasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizg‘in adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va ko‘p vaqti jangu jadallarda o‘tgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizg‘in davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chog‘larida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, san‘at va ijod ahlini o‘z atrofiga to‘plab, homiylik qilgan, ularni rag‘batlantirgan.

Bobur Mirzo 18-19 yoshlarida ruboiy va g‘azallar yoza boshlagan. Uning «Topmadim» radifli g‘azali va «Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi» misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi o‘sha yillardagi hayoti bilan bog‘liq. Bobur Mirzo ijodida ishq –muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzui ham salmoqli o‘rin tutadi. Uning o‘z she‘riy asarlarini to‘plab, devon holiga keltirgan sanani ko‘rsatuvchi aniqtarixiy ma‘lumotlar ma‘lum emas.

Hozirda uning 119 g‘azali, bir masnu she‘ri, 209 ruboiysi, 10 dan optiq tuyuq va qit‘alari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o‘rin olgan.

Shu bilan birga, XIV-XV asrlarda fors-tojik adabiyoti ham an‘anaviy tarzda rivojlanishda davom etdi. Bu adabiyot dovrug‘ini baland ko‘targan, yuksak badiiy ijod namunalarini yaratgan Kamol Xo‘jandiy (taxallusi; ismi Kamoliddin Mas‘ud, 1321-1401), Xofiz Sheroziy (taxalluslari; asl ism-sharifi Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad, 1326-1389), Abdurahmon Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad, 1414-1492), Binoiy (taxallusi; asl ismi Kamoliddin Ali Muhammad Sabz, 1453-1512), Hiloliy (taxallusi; to‘liq ism-sharifi Mavlono Badriddin Hiloliy CHig‘atoiy, taxm. XV asrning 70-yillari-1529) singari daho so‘z san‘atkorlari nomini alohida tilga olib o‘tish joizdir. Ularning yuksak badiiy tafakkur ila yaratilgan



Xulosa.

Shunday qilib biz, “Tarix darslarida Amir Temurning obodonchilik ishlarining o'rgatish usullari” mavzuidagi malakaviy ishimizda Buyuk Sohibquron Amir Temurning obodonchilik ishlarining, qurdirgan bino inshootlarini, olib brogan tiklanish harakatlarini ko`rdim. Ajdodlarimiz yashagan bu jonajon makonda qadimgi davrlardayoq kishilarning bunyodkorlik ishlarini amalga oshirib, yashagan xududlarda jamoaviy uyushmalardan yiriklari siyosiy birlashmalarga uyushib davlat asoslari tashkil qilib, o’zaro kurashlar zaminida qanday yo’sinda davlatga birlashganliklari va bu birlashmalar sinovlardan keyin tom ma’noda davlat shakllanishining evolyutsion jarayonlari hamda inqilobiy holatlarini ko’rdik.

Ma’lumki, ,,O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam shu muqaddas zaminda ayni Xorazm vohasida qo’yilgan”. Buni ko’plab tarixiy tadqiqotlar isbotlaydi. Shuningdek dastlabki davlatchalar bo’lmish Baqtriya, Parfiya, Girkaniya, Marg’iyona va Farg’ona kabi viloyatlar ham har biri o’ziga xos va, o’zaro farqli tarzda davlat birlashmalariga uyushib ko`pgina bunyodkorlik ishlarini qilishgan.

Ta’kidlash joizki, saltanatchilikning o’ziga yarasha ijobiy va salbiy oqibatlarini ko’rsatish zarur. Mamlakatni birlashtirish, xududiy yaxlitlikni ta’minlash, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, madaniy aloqalarni o’stirish, xalqaro maydonda izchil va faol siyosat yuritishda saltanatchilik shubhasiz, ijobiy ahamiyat kasb etadi.

Temuriylar davri yozma manbalaridan Hofizi Abruning "Geografiya" asarida ham Naxshab va Qarshi shaharlari tavsifi berilgan:

"Naxshab, uni Nasaf ham deydilar, hozir Qarshi nomi bilan mashhur. Bu qadimiy shahar tekislikda joylashgan. U yerdan toqqacha Kesh tomondan ikki marhala keladi; boshqa tomondan to Jayhungacha cho‘ldan iborat. Ul nohiyatning suvi Kesh suvining davomidir va u suvdan shaharning o‘rtasidan bir ariq oqadi. Naxshabning barcha qishloqlari ana shu suvdan foydalanadi; ekin ham ekiladi. Naxshab viloyatida bundan boshqa daryo yo‘q, bu ham goh oqadi, gohida qurib qoladi. Ayrim bog‘larni quduqlar (suvi)dan sug‘orishadi. Ularning tegirmonlarida hayvon kuchi yordamida un qiladilar. Meva-cheva va noz-ne’mat ul navohiyda farovon va arzon degan.



Davlatchilik tarixida munozarali davr o’zining ,,mayda davlatlari” birliklaridan iborat bo’lgan bo’lsa, islom davri jamiyatda boshqaruvning yagona mafkurasini shakllantirdi. ,,Davlatchilik” masalasining tadqiqotchisi Azamat Ziyo Amit Temur yashagan davrni davlatchiligimiz tarixidagi o’ziga xos ,,oltin davr” deydi. Shuningdek, navbatdagi o’ziga xos bir masala (oltin davr) boshqaruvning klassik shakllarini yuzaga kelishi, ilk uyg’onish” natijalari, ilm-fan rivoji, tarixiy bosqich sifatida belgilash zarur. Tarixda Temur va Temuriylar davri alohida bosqich tarzida qarash zarur. Bu davrda mamlakat butun dunyoning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-madaniy markaziga aylanib ulgirgandi.



Download 371,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish