Uchinchidan, ashyoviy huquqlarning majburiyat huquqidan farqlovchi
muhim belgisi, bu ular ro’yxatining aniq belgilanganligi hisoblanadi.Majburiyat
turlari bir qancha shakllarda uchraydi. Ular qonunda nazarda tutilgan shartnomalar
va boshqa bitimlardan, shuningdek, garchi qonunda nazarda tutilgan bo’lmasa-da,
lekin unga zid bo’lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan vujudga keladi (FK
ning 8-m,2-q; 234-m). Ashyoviy huquq bilan bog’liq munosabatga oid masala
boshqacha hal etilgan.Ularning ro’yxati faqat qonunda belgilab qo’yilgan. Taraflar
o’zaro kelishib shartnoma va bir tomonlama bitimda (qonunda ko’zda tutilmagan)
qandaydir ashyoviy huquq turini belgilashga haqli emaslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |